Bo`lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda, sifatli




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana13.03.2024
Hajmi0.61 Mb.
#170579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hamkorbank Ustav, Документ 20, 1 Spektroskopiya turlari


93 
1.4.8. AutoCAD dasturi - avtomatik loyihalashning xalqaro standarti
AutoCAD dasturining yaratilganligiga 30 yilga yaqinroq, grafik dasturlari 
orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi 
mukammal va ommabop, hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan dastur 
bo`lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda, sifatli 
bajaradi. Shuningdek, bu dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini 
to`la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab loyihachi 
mutaxassislar, olimlar, injener-texniklar va talabalar, ya`ni dunyoning 80 dan ortiq 
mamlakatlari 18 tilda loyihalash ishlarini bajarishda AutoCAD tizimidan 
foydalanishlari odatiy holga aylanib qoldi. 
AutoCAD dasturi 1982 yilda yaratilganligiga va uning millionlab 
fodalanuvchilari bo`lishiga qaramay, Respublikada maktab o`quvchilari va 
talabalar «Informatika» va «Chizmachilik» fanlarini o`qish jarayonida grafik 
dasturlardan «Paint», «Microsoft Office Word» dasturining «Risovanie» va 
«Beysik» dasturining grafik tahrirlaridan foydalanishni o`rganadilar. Lekin, 
bunday grafik dasturlarda grafik yasashlarni avtomatlashtirish imkoniyatlari past 
bo`lib deyarli yo`qdir. Ushbu o`quv qo`llanmada loyihalash ishlarini 
avtomatlashtirishning grafik dasturi bo`lgan, AutoCAD tizimi imkoniyatlari bilan 
tanishib, xatto maktabda ham, chizmachilik, naqqoshlik kabi mashg`ulotlarda 
grafik buyruqlar yordamida chizma primitivlarining elementlarini, ya`ni tarkibiy 
qismlarining chizmalarini 1-2-3 va 4-mashg`ulotlarda bajarishga o`rganib chiqib, 
olingan bilim, ko`nikma va amaliy malaka asosida 1-grafik ish-«Tutashuv» 
vazifasini bajarishlari mumkin.
AutoCAD tizimida grafik axborotlarning elementlari, ularga mos bo`lgan 
tayyor buyruqlar paketidan foydalanib, berilgan o`lchamlarini komp`yuterga 
kiritib, bevosita muloqatlar ketma-ketligi asosida tasvirlar bajariladi.
Muhandislik komp`yuter grafikasi mashg`ulotlarining mavzularini tanlashda 
o`quvchilarni chizma primitivlarini komp`yuterda bajarishga o`rgatishdan 
boshlash, maqsadga muvofiq deb belgilandi. Chunki, chizma primitivlarini 


94 
komp`yuterda bajarishni yaxshi o`zlashtirib olgan o`quvchi yoki talabalar, har 
qanday murakkablikdagi tasvirlarni ham komp`yuterda bajara oldilar.
Ma`lumki, AutoCAD tizimiga oid ko`plab zamonaviy adabiyotlar 
yaratilgan. Birinchidan, ular juda katta hajmda chop etilgan bo`lib, kamida 400-
450 sahifadan iborat va bizga etib kelganlari rus tilida yozilgan. Bunday 
darsliklardan o`quvchi va talabalarning foydalanishlari juda ham noqulaydir. 
AutoCAD dasturining darsligi ham rus yoki ingliz tilida yozilgandir. Shuning 
uchun, biz bu risolani yaratishga va barcha o`quv maskanlarida muhandislik 
grafikasi fanini o`kitishni tubdan yaxshilashga o`z hissamizni qo`shishga kirishdik. 
Ma`lumki, har qanday grafik axborotlar nuqta, kesma, to`g`ri chiziq, 
ko`pburchak, aylana, yoy va turli usullarda yasaladigan egri chiziqlar to`plamidan 
iborat bo`ladi. Bu primitivlarni bo`yash, unga tur berish, yo`g`onlashtirish, aylana 
chizish asosida tutashmalar yasash, ortiqcha chiziqlarni o`chirish, tasvirni surish
ko`paytirish yoki aks-simmetrik tasvirini yasash, matn yozish, o`lcham qo`yish 
hamda bajarilgan chizmani, yozilgan matnini taxrir qilish kabi buyruqlaridan 
amaliy foydalanishga o`rgatish, shu jumladan, komp`yuterda chizma bajarish 
malakasini oshirish maqsad qilib qo`yilgan.

Download 0.61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo`lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda, sifatli

Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish