75
Polivinil-
butirolli
B/l-2
20
0,25
Qora va rangli
metalldan tayyorlangan
buyumlar sirtida atmosfera ta’siriga
chidamli qoplamlar hosil qilishda ish-
latiladi.
Epoksidli
EF1-09T
150
1,0
Qora va rangli metalldan tayyorlangan
buyumlar sirtida atmosfera ta’siriga
chidamli qoplamlar hosil qilishda ish-
latiladi.
Melaminfor-
maldegidli
E-083
150
0,3
Qora
metallardan
tayyorlangan
buyumlar sirtida moy va benzin ta’siriga
chidamli
qoplamlar
hosil
qilishda
ishlatiladi.
Metall sirtlar uchun gliftalli va fenolli TO-073, TO-089, CW1-03K
gruntovkalaridan, yog‘och sirtlar uchun suv emulsion I10-099, CWI-093, BAY-
0150 gruntovkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘p hollarda avtomobillarni
bo‘yashda TCD-020 gruntovkasidan foydalaniladi. ED-083 epoksid gruntovkasi
barcha talablarga javob beradi.
Tarkibida fosfor kislota bo‘lgan fosfatlovchi B/l-02, B/l-08, B/l-023
gruntovkalari anchagina afzalliklarga ega. Ular
metall sirtiga surtilganda
korroziyaga qarshi fosfat pardasi hosil bo‘ladi. Fosfatlovchi gruntovkalar ustidan
TcD-020, 0/1-63k kabi gruntovkalarni surtish lozim.
Gruntovkalar purkash, cho‘tka yordamida yoki botirish yo‘li bilan surtiladi.
Gruntovka 15—20 mkm qalinlikda surtiladi. Gruntovkalangandan so‘ng ishlov
berilgan buyum yaxshilab quritilishi kerak.
Yengil avtomobillarning
kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va umumiy
shpatlyovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo`yoqdan iborat bo`ladi. YUk
avtomobillarining kuzovlarini bo`yashda gruntovka, mahalliy shpatlyovka va 2-3
qatlam bo`yoq beriladi. Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o`tkazgich
quvurlar 1-2 qatlam bo`yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) iborat bo`ladi va metallni
korroziyadan, yog`ochni chirishdan himoyalaydi.