4.3. Asosiy lak-bo‘yoq materiallarning turlari
Bo‘yoqlar deb mayin maydalangan pigmentlar va to‘diruvchilarning parda
hosil qiluvchi moddalar eritmalari bilan ma’lum nisbatdagi aralashmasiga aytiladi.
Odatda bo‘yoqlarning himoya hossalari sof parda hosil qiladigan laklarning
himoya hossalaridan ancha yuqori turadi. Bo‘yoqlarning himoya hossalari
anorganik pigmentlar qo‘shib oshiriladi.
79
Bo‘yoqlar va ular hosil qilgan qoplamalar qator talablarga javob berishi
kerak. Yaxshi quyiluvchanligi, tez qotishi, yaxshi adgeziyalanishi va tashqi
ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kabi hossalardan tashqari, ular ma’lum rangga, qattiq
zarralarning (pigment va to‘ldiruvchilarning ) disperslik darajasiga, yuqori
darajada berkituvchanlikka va uzoq vaqt saqlanish kabi hossalarga ham ega
bo‘lishi kerak.
Parda hosil qiluvchi moddaning xiliga qarab bo‘yoqlar moyli, elimli,
emulsion, emalli va boshqa bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Moyli bo‘yoqlar deb - pigmentlarning quriydigan moylardagi aralashmasiga
aytiladi. Quriydigan moylar deb havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasida
qattiq va elastik pardalar xosil qila oladigan ba’zi o‘simlik moylariga (zig‘ir,
kanop, tunga) aytiladi. Bo‘yoq tayyorlashda alif eng ko‘p ishlatiladi. Moyli
bo‘yoqlar juda uzoq vaqt quriydi. Odatda qoplamalarning 20
o
C haroratdagi
qurish muddati kamida bir sutkaga boradi. Qurish jarayonini tezlashtirish
maqsadida, alif tayyorlash vaqtida uning tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Moyli bo‘yoqlar tabiiy va sun’iy aliflarga quruq bo‘yovchi moddalar va
to‘ldiruvchilar qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Quyuq bo‘yoqiarni ishlatishda ularga
20—50 foizgacha alif qo‘shib, kerakli qovushoqlikkacha suyultiriladi. Keyinggi
vaqtlarda bo‘yoqlarning qovushoqligini kamaytirish va ularning bahosini
arzonlashtirish maqsadida ularga oz miqdorda (5—10 foiz) uayt-spirt yoki skipidar
qo‘shilmoqda.
Moyli tarkiblar uchun bog‘lovchi modda sifatida aliflar va moyli loklar
ishlatiladi.
Alif - moyli suyuqlik bo‘lib, u yuzaga surkalganda qurib mustahkam elastik
parda hosil qiladi. Aliflar tabiiy, yarim tabiiy va sunoiy aliflarga bo‘linadi.
Tabiiy (natural) aliflar o‘simlik moylarini (zig‘ir, kanop, kungaboqar, paxta)
200
0
S temperaturada sikkativlar (alifni qotishini tezlatuvchi modda) qo‘shib
qizdirish orqali olinadi. Bu aliflar mustahkam va chidamli parda hosil qilib quriydi,
shuning uchun sifatli moyli bo‘yoqlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Lekin, isteomol
moylaridan olinganligi uchun uni ishlab chiqarish chegaralangan
80
Yarim tabiiy (yarim natural) aliflarning yarimi 130-150
0
S da kislorod bilan
to‘yintirilgan, zichlashtirilgan o‘simlik moyini organik erituvchilardagi
aralashmasidir. Bu aliflardan tayyorlangan bo‘yoqlar yaltiroqligi va mustahkamligi
yuqori, lekin atmosfera taosiriga unchalik chidamaydi.
Sun’iy aliflar tabiiy aliflarga 65 % gacha neftp mahsulotlari qo‘shib
tayyorlanadi. (gliftalli alif) yoki slanets moylaridan olinadi. Bu aliflarni rangi
qoramtir bo‘lib, namga chidamsiz.
Moyli bo‘yoqlar yuzalarga odatda ikki qatlamda sepiladi (yoki surtiladi),
ko‘pchilik hollarda birinchi qatlam quritilgandan so‘ng grunt vazifasini bajaradi.
Moyli bo‘yoqlar asosi-da hosil qilingan qoplam yuqori adgezion xususiyatga ega
bo‘lib, atmosfera ta’siriga chidamli, elastikligi yuqori va neft mahsulotlari ta’sirida
erimaydi. Shu bilan birga moyli bo‘yoqlar bir qator kamchiliklarga ega, jumladan,
hosil qilingan qoplam quritilgandan so‘ng va hatto jilolangandan keyin ham etarli
darajada yaltiramaydi, qoplamni quritish uchun ko‘p vaqt (24—48 soat) sarflanadi;
kimyoviy mustahkamligi yuqori emas va tez eskiradi.
Shuning uchun avtomobillarni bo‘yashda moyli bo‘yoqlar sof holda
ishlatilmaydi. Avtotransport korxonalarida qop-lamalarni tiklashda ishlatiladigan
bo‘yoqlar tarkibidagi parda hosil qiluvchilar aralashma holida bo‘ladi, masalan,
alif (o‘simlik moyi) va qattiq parda hosil qiluvchi (smolalar) aralashmasidan
foydalaniladi.
Yelimli bo‘yoqlar deb - oqsilli elimlar: kazein va glyutin elimlarini suvdagi
eritmasiga qorilgan pigmentlar aralashmasiga aytiladi. Yelimli bo‘yoqlar ishlatish
joyida tayyorlanadi. Yelimli bo‘yoqlarning eng yaxshisi kazein asosida
tayyorlangan bo‘yoq hisoblanadi.
Moyli laklar tabiiy va sunoiy smolalarning tarkibida sikkativlar va
erituvchilar bo‘lgan quriydigan o‘simlik moyidagi eritmasidir. Smola bo‘yoq
pardasini yalitroq va qattiq qiladi. Moyli laklar emal bo‘yoqlari tayyorlashda
ishlatiladi.
81
Suvli bo‘yovchi tarkiblar uchun mineral bog‘lovchilar va elimlar ishlatiladi.
Mineral bog‘lovchilar sifatida - oq rangli portlandsementlar, ohak, suyuq
shishalardan foydalaniladi.
|