Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lak-bo‘yoq materiallar




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
 
4.4.Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lak-bo‘yoq materiallar. 
Ushbu materiallaridan keng foydalaniladi. Bunday materiallar jumlasiga 
laklar, gruntovkalar, shpatlyovkalar va emalli bo‘yoqlar kiradi. Bu materiallarning 
assortimenti juda ham xilma-xildir. Shuning uchun quyida avtomobillarni 
bo‘yashda ishlatiladigan gruntovkalar, shpatlyovkalar va emalli bo‘yoqlarning 
asosiy turlarigagina to‘xtalamiz. 
Nitroemallarning asosiy parda hosil qiluvchisi nitrotsellyulozadir (sellyuloza 
va azot kislotasining murakkab efiri). Ularni erituvchilarda eritib nitrotsellyuloza 
laki yoki qisqacha nitrolak olinadi. Erituvchi sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, 
benzol va ular hosilalarining aralashmalaridan foydalaniladi. Bunday ko‘p 
komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli erituvchilari ishlatiladi. 
Lak- bo‘yoq mahsulotlarining alohida guruppasini tashkil qilib, smolali 
uchuvchan tarkibga ega. Ularning qurish jarayoni erituvchining bug‘lanishi 
natijasida smolaning qotib qolishidan iborat bo‘ladi. Bunda bo‘yoqlarda bog‘lovchi 
moddalar miqdori ko‘paytirilsa, bo‘yoq pardasining yaltiroqligi ortadi yaxshiroq 
yopilib tekislanadigan bo‘ladi. Bunday bo‘yoqlar emallar deb ataladi. Ular tez (1-3 
soatda) quriydi. Ularning perxlorvinilli, polivinilxloridli, nitroselulozali va boshqa 
smolalar asosida tayyorlanadi. 
Nitrolak va pigment aralashmasi nitroemalli bo‘yoq deb yuritiladi. 
Nitroemallar asosida hosil qilingan qoplamalar bir qator afzalliklarga ega, 
jumladan: xona haroratida ham tez quriydi; jilolangandan so‘ng neft mahsulotlari 
ta’siriga uzoq vaqt chidaydi. 
Shu bilan birga nitroemallar qator kamchiliklarga ham ega, jumladan, 
qoplamalarning mexanik mustahkamligi etarli darajada emas (shuning uchun 
ularni jilvirlash va jilolashga ancha vaqt sarflanadi); nitroemal asosidagi 
qoplamalar 75°C gacha bo‘lgan harorat ta’siriga chidamli bo‘lib, 140°C gacha 


82 
qizdirilganda emirilib o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin; nitroemallar metallga 
yomon ilashadi, shuning uchun ularni yaxshilab gruntovkalangan sirtlarga 
surtiladi. 
Emal tarkibida parda hosil qiluvchi qattiq modda kam bo‘lganidan, 
pardaning qalinligi 0,01 mm dan oshmaydi, shu sababli emallar 4—6 qatlam qilib 
surtiladi. 
Nitroemallarning yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf etish uchun 
ularning tarkibiga asosiy parda hosil qiluvchidan tashqari qo‘shimcha parda hosil 
qiluvchilar (modifikatorlar) qo‘shiladi. Bu usul asosida hozirgi zamonaviy 
nitroemallarning barchasi, jumladan, avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan NU-
11 turidagi nitroemallar ishlab chiqarilmoqda. 
Nitroemallar juda keng tarqalgan bo‘yoqlar jumlasiga kiradi. Engil 
avtomobillarning kuzovi, qanotlari va yuk avtomobillarining kabinalarini 
bo‘yashda nitroemallardan foydalanilar edi. Keyinggi yillarda. esa bu maqsadlarda 
sintetik (jumladan, alkidli smolalar) parda hosil qiluvchilar asosidagi bo‘yoqlardan 
foydalanilmoqda. 

Download 1,92 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lak-bo‘yoq materiallar

Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish