83
Gliftalli va pentaftalli qoplamalar (bunday bo‘yoqlar
yordamida birinchi
klass qoplama hosil qilish uchun kamida uchta qatlam bo‘yoq berish lozim,
nitroemal yordamida bunday qoplam hosil qilish uchun
5-6 qatlam bo‘yoq berish
kerak) yuqori adgezion xususiyatga, atmosfera ta’siriga
chidamliligi yuqori, katta
mustahkamlikka, etarli darajadagi elastiklikka, hosil qilingan qoplama jilolanganda
oyna darajasida yaltiroqlik berish xususiyatiga ega.
YUqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qoplamalar hosil qilish
uchun pentaftalli bo‘yoq qatlami 80°C va undan yuqori, gliftalli bo‘yoq esa 100°C
va undan yuqori haroratlarda quritilishi lozim. Xona haroratida quritilganda hosil
bo‘ladigan qoplama sifati nisbatan past bo‘ladi.
4.6.Parda hosil qiluvchilarning aralashmalar asosidagi lak-bo‘yoq
materiallari.
Lak-bo‘yoq materiallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning
aralashmalaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. YUqorida
keltirilgan alkidli
smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Masalan, qoplamaning
adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroqligini oshirish uchun emallarga gliftalli
smolalar qo‘shiladi. Bunday modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza
nitroemalga xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan
nitrogliftalli emal olinadi.
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar jumlasiga ML-
12 turdagi melaminalkidli emallar ham kiradi. Melaminalkidli emallarni
avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular
alkidli
va
melaminformaldegidli
smolalar
aralashmasidagi
pigmentlar
suspenziyasidan iborat bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning qovushoqligini
ta’minlashda sorbent yoki maxsus erituvchilardan (№ 651 va boshqalar)
foydalaniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli qoplamalar hosil qilish
uchun ularni yuqori haroratlarda (120—140°C) quritish lozim.
Ular jilolamasdan
turib yaxshi yaltiraydigan, suv va neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, elastik,
qattiq qoplama olish imkonini beradi. ML-12 turidagi emallar taxminan 100 xil
rangda ishlab chiqariladi.
84
Avtomobil sanoatida ML-12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari boshqa turdagi
parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi bo‘yoqlardan ham
foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar jumlasiga quyidagilar kiradi: melaminalkidli
gruntovkalar GF-017 (fosfatlangan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni bo‘yashda
ishlatiladi); ML-152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda
ishlatiladi); ML-197 va ML-1100 emallari (engil
avtomobillarning kuzovi,
qanotlari va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); mochevina-alkidli emallar MSH-123
(avtomobil ramalari, g‘ildirak disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda
ishlatiladi); MSH-145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini
bo‘yashda ishlatiladi); fenolformaldegid-alkidli emal. FL-787 (yonilg‘i baklarining
ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); alkidli-stirolli shpatlyovka MC-006, emal
MC-17 (dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar.
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli emallar
metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Hosil bo‘lgan
pardalar
yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft mahsulotlari tegadigan sharoitda ham
ishlay oladi. Perxlorvinilli emallar xona haroratida 2—3 soat mobaynida quriydi.
Akril smolalar asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular
epoksid asoaidagi gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6
yilgacha yaroqli holatda
saqlanadi.
Ko‘pgina lak-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit laki kabi
termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikatorli emallar 200—300°C gacha
haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida)
qurishi mumkin. Agar qoplama 110—140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari
yaxshilanadi.
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar ishlab
chiqariladi. Ishlab chiqariladigan laklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va ularni
belgilashda bir xillik yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan
holda ushbu material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur.