85
Erituvchilar bo‘yoqlar zarur bo‘lgan konsistensiyasi
berish uchun
ishlatiladigan suyuqliklardan iborat. Vazifasiga qarab ular moy bo‘yoq eritgichlari
(benzin, uayt-spirt, skipidar), gliftalp va bitum laklari va bo‘yoqlari erituvchilar
(solpvent-nafta, skipidar), perxlorvinil bo‘yoqlari erituvchilari (atseton), elim va
suv emulg‘sion bo‘yoqlari eritgichlarga (suv) bo‘linadi.
Erituvchi sifatida butil va etil spirtlar, sorbent, toluol, atseton, ksilol, uayt-
spirt (benzinning 165—200°C bo‘lgan tor fraksiyasi)
va ularning aralashmalari
ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda hosil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda
chiqariladigan P-4, P-5, Ns648, 646, 647,651, PBfl, PE-1, P-40 va boshqa
suyuqliklardan foydalanish mumkin. Bularning hammasi
tarkibida turli miqdorda
etil, butil spirti, atseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritmalardir.
To‘liq ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘yoqni ketkazish
zarur. Buning uchun turli erituvchi va yuvish suyuqliklaridan foydalaniladi.
ATCp-1 suyuqligining ta’siri kuchli bo‘lib bo‘yoqlarni 20 minut ichida
parchalaydi. Bu suyuqlikni ish o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun
atseton, spirt, toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30—
40°C gacha isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi.
Zanglarni ketkazish uchun tarkibida kislotalar organik to‘ldirgichlar bo‘lgan
ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. Sanoatda tarkibida ortofosfor kislota, etil va butil
spirtlar, gidroxinon bo‘lgan “1120” raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota
zangni eritib, sirtda fosfat pardasi hosil qiladi. Bu parda metallning emirilishiga
to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich bilan surtiladi va 2—4
minutdan so‘ng yuvib tashlanadi. Shundan keyin ishlov berilgan sirt quritiladi va
kislota qoldiqlari 107 raqamli suyuqlik (ammiak bilan etil spirtning suvdagi
eritmasi) bilan neytrallanadi.
Agar zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa,
uni tayyorlash
mumkin. Buning uchun shisha bankaga 40-50 g kartoshka kraxmali va shuncha
suv solinib, massa yaxshilab aralashtiriladi. Olingan aralashmani aralashtirib
turgan holda asta-sekin 100 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta
quyilib, tiniq holatga o‘tadi. Ishlov beriladigan sirtga tarkib cho‘tka bilan surtiladi
86
va 2-3 minutdan so‘ng olib tashlanadi. Tozalangan metall sirt kuchsiz ishqor bilan,
masalan, ichimlik sodaning 3 foizli eritmasi bilan neytrallanadi va quriguncha
artiladi. Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar bo‘ladi.
Shuning uchun
ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi, ochiq havoda shamol
esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foydalanish zarur.
Sirtlarni bo‘yashga tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi operatsiya
yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda uayt-spirit yoki benzin-erituvchidan foydalanish
mumkin. YUvish vositalari tarkibidagi moddalar yog‘
qatlamlarini yaxshi
ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda (o‘yuvchi natriy), 5-10 g kalsiylangan soda,
15-25 g trinatriyfosfat, 1g suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni
tavsiya etish mumkin. Sintetik yuvish vositalari MC (MC-6, MC-5)dan
foydalanish ham yaxshi natija beradi. Yaxshi yog‘sizlantiradigan sirtda suv
tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib ketadi.
Oldindan tayyorlangan sirtga lak-bo‘yoq materiallari, bo‘yoq purkagich yoki
cho‘tka bilan 2—3 qatlam qilib surtiladi. Agar purkagichdan foydalanilsa, bo‘yoq
oqimi sirtga perpendikular tarzda yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal
polosalar tarzida, so‘ngra gorizontal polosalar tarzda surtiladi.
Faqat shundagina
bir tekis qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi uchun
xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan haroratda bajarish
lozim.
Lak-bo‘yoq qoplama qurigandan so‘ng nam o‘tkazmaydigan qattiq parda
hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari bajarilsa, asosiy lak-bo‘yoq
materiallari (shpatlyovka, gruntovka, emal) to‘g‘ri
tanlansa va ularni surtish
qoidalariga amal qilinsa, ta’mirlangandan keyin zavodnikidan qolishmaydigan
qoplama hosil bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la amal qilinganda ham
lak va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli
materiallarni
himoya
qilish
uchun
hozir
tarkibida
korroziyalanishni
sekinlatuvchilar (ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketkazuvchi
vositalar ingibitor
qo‘shilgan sovuqlayin fosfatlash eritmalari ishlatilmoqda. Ular bo‘yashdan oldin
avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli uskunalarning sirtlariga ishlov
87
berish uchun tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibitorli
bo‘yoqlar ishlab chiqarilgan.
Bu vositalardan foydalanilsa, zangni ketkazish va
bo‘yashdan oldin sirtni yog‘sizlantirishga xojat qolmaydi. Ingibitor qo‘shilgan 1 va
2 raqamli bo‘yoqlar, masalan neft mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun
mo‘ljallangan po‘lat truba va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi. Fosfat
bo‘yoq qoplamlarning narxi odatdagisidan 2—3 marta arzon bo‘lib undan 3 marta
uzoq xizmat qiladi.