94
isitishda isitish asboblarining sirtqi yuzalari harorati 90°C dan yuqori bo‘lmasligi
lozim.
Elektr jihozlari bilan ishlaganda juda ham ehtiyot bo‘lish lozim. Tanaffus
paytlarida, jihozni bir joydan ikkinchi joyga siljitilganda, shuningdek jihoz
ozginagina nosozlikka ega bo‘lganda ham elektr tarmog‘idan uzilishi lozim. Elektr
jihozlarini ish paytida o‘zgartirish yoki sozlash taqiqlanadi.
Avtobus saloni ichini bo‘yashda uning eshiklari, oynalari va lyuklari ochiq
holda bo‘lishi lozim.
«Bo‘yash sexlari uchun texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi
qoidalari va me’yorlari»ga binoan bitta bo‘yash kamerasida nitrotselluloza va
alkidli materiallarni ishlatish taqiqlanadi. Agar ulardan birin-ketin ishlatish zarurati
paydo bo‘lsa, avvalo kamera ishlatilgan bo‘yoq qoldiqlari va havodagi
aralashmalaridan yaxshilab tozalanishi lozim.