91
Xona haroratida bo‘yoqning qovushoqiigi quyidagi chega-ralarda bo‘lishi
lozim: maxsus bo‘yoq sepuvchi moslamalarda sepishga yaroqii bo‘lgan
bo‘yoqning qovushoqiigi 20—30
s chegarasida, cho‘tka yordamida ishlatiladigan
bo‘yoqiar uchun esa 30—60 s chegarasida bo‘lishi lozim.
Bo‘yoqning viskozimetrdan oqib tushish vaqti 20 sekunddan kam bo‘lsa,
bo‘yoqning qovushoqiigi etarli bo‘lmaydi, shu bilan birga bo‘yoqning
berkituvchanlik xususiyati past bo‘ladi. Shunday bo‘yoqlardan
foydalanganda
material isrofi ortib ketadi. Shuning uchun bunday bo‘yoqni ishlatishdan oldin
suyultirilmagan bo‘yoq qo‘shib zarur qovushoqlikkacha quyultirish lozim.
Bo‘yoqning viskozimetrdan oqib tushish vaqti 60 sekunddan ortib ketsa ham
uni ishlatish maqsadga muvofiq emas. CHunki bo‘yoq qovushoqligining bu
ko‘rsatkichdan ortib ketishi uning berkituvchanlik xususiyatini yomonlishtirish
bilan birga sifatli qoplamlar olishga to‘sqinlik qiladi.
Hosil qilingan qoplamalar
qurish paytidayoq yorilib ketishi mumkin.
Bo‘yoqlarning ishchi qovushoqiigi turli markadagi bo‘yoqlar
uchun
turlichadir.
Masalan, IW1-197 uchun 20-22 s, Mi-1110 uchun 24-28s, MJ1-152 uchun
23-25 s, MLU-123 uchun 25-30 s, MC-17 uchun 20-25 s.
Elastilikni aniqlovchi asbob
Bo‘yoq pardasining egilishga bo‘lgan mustahkamligi.
92
Bo‘yoq pardasining egilishga bo‘lgan mus-tahkamligi bo‘yoqni qanday ish
sharoitlarida ishlatish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. Lak-bo‘yoq
pardaning egilishga bo‘lgan mustahkamligi elastiklik
shkalasi deb nomiangan
asbobda aniqlanadi ( -rasm). Bunda pardali asos ma’lum diametrli sterjenga
o‘ralganda uzilmasligi (sinish, yorilish, darz ketish) va ko‘chmasligi kerak. Asbob
plastmassa taglikka o‘rnatilgan va vintlar yordamida mahkamlangan.
Mustahkamligi aniqlanishi lozim bo‘lgan bo‘yoq qalinligi 0,2—0,3mm
bo‘lgan tunuka plastinkaga surkaladi va quritiladi, Quritilgandan keyin (nitrolaklar
uchun qurish vaqti 24 soat, moyli bo‘yoqlar uchun 72 soat) undan eni 20mm,
uzunligi 100mm li tasma qirqib olinadi. Keyin tasmalardan biri bo‘yalgan
tomonini yuqoriga qilib diametri 20mm bo‘lgan sterjen atrofida 1800 ga egiladi.
Egish xona haroratida (20±5°C) va qisqa vaqt (2—3 s) ichida amalga oshiriladi.
Agar parda sirtida egilishdan so‘ng lupa yordamida ko‘rinadigan singan yoki darz
ketgan joylar bo‘lmasa egishni diametri 15mm, 10mm
va hokazo sterjenlarda,
ya’ni bo‘yoq parda sirtida yoriqlar (darz ketish va qatlam-qatlam bo‘lib ko‘chish)
payda bo‘lguncha davom ettiriladi.
Bo‘yoq pardasining egilish mustahkamligi shu lak-bo‘yoq pardani egishda
shikastlanmay qolgan sterjenning eng kichik diametri bilan ifodalanadi. Masalan,
«Elastiklik 15»
deyilganda, parda diametri 15mm dan ortiq bo‘lgan sterjenlar
atrofida egilganda o‘zgarmaydi deb tushuniladi, ammo diametri 10mm li sterjenda
u buziladi va yoriqlar bilan qoplanadi.
Agar parda diametri 20mm bo‘lgan sterjen atrofida
egilganda urilish yoki
ko‘chib ketish hollari ro‘y bersa, u holda parda «Elastik emas», ya’ni mo‘rt deb
baholanadi.
Pardaning zarbiy kuch ta’siriga chidamliligini aniqlash bo‘yalgan sirtga
yuqoridan ma’lum diametrli sharcha tashlab aniqlanadi.
Odatda har bir buyum
uchun texnikaviy shart yoki standartlarda parda mustahkamligi ko‘rsatiladi.
Bunday qurilma U-2 markasi bilan nomlanadi.