110
chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning
friksion kolodkalari va
tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelimlab biriktirishda
foydalaniladi (140-180°C gacha qizdirilganda qotadi). BC yelimlarining
qovushoqligi 50-20s, quruq qoldiq ulushi 20-30 foiz va siljishga bo‘lgan
mustahkamligi 17 MPa ni tashkil etadi. BO va BC yelimlari
tayyor holda etkazib
beriladi. YOpiq idishda keltirilgan bunday yelimlarni xona haroratida 6-8 oy
saqlash mumkin.
Keyinggi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘iodkalarga yopishtirish
uchun NFIK 11-10 (ish harorati minus 40 dan 330"C),
antifriksion gazlamalarni
metallarga yopishtirish uchun FMriK 11-12 (ish harorati minus 70 dan 280°C
gacha) tipidagi fenolformaldegid smola asosidagi yelimiar ishlab chiqarilmoqda.
So‘nggi yillarda fenolformaidegid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va
poliuretanli yelimiar siqib chiqar-moqda.