109
lentalar – bu to‘qmachilik yoki poimer lentalarga surtilgan yopish-qoq yelimdir
va ularni ishlatish juda oddiydir.
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar tabiiy va
sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein,
albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy
kauchuk, guttapercha asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam
ishlatiladi.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv
sintetik
smolalardan
olinadi.
Termoplastik
yelimlar
etilen,
propilen,
metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam
yuklanish tushadigan birikmalarda ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv
yelimlar (fenolformaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda
va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona
haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldi-dan qo‘shiladi. Qaynoq
holda yelimlaganda, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish
jarayoni tez-lashadi. Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordami-da hosil
qilinadigan birikmalarning xossalari 12.1-jadvalda keltirilgan.