Yelimlarga qo‘yiladigan talablar




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
5.2. Yelimlarga qo‘yiladigan talablar. 
1. Birinchi navbatda yelimlar uzoq vaqt saqlanishga va ishlatishga chidamli 
bo‘lishi kerak, yani ishlab chiqarishga kelib tushishdan to ishlatishgacha o‘z 
xususiyatini yo‘qotmasligi kerak.
2. Yelimlar tarkibida inson salomatligiga zarar etkazuvchi fenol va boshqa zaxarli 
moddalar bo‘lmasligi kerak. 


103 
3. Qo‘lda turli teri kasalliklarini keltirib chiqazmasligi uchun, yelimlarni tarkibiga 
ko‘p miqdorda ishqorli erituvchilar qo‘shilmasligi kerak. 
4. Yelimlar yelimli birikmalarni yelimlanayotgan yuzalarni yaxshi namlashi 
kerak, chunki bu yaxshi yelimlashni ta’minlovchi birinchi shartlaridan 
xisoblanadi. 
5. Yelim shunday oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerakki, uni 
yelimlanayotgan yuzalarga bir tekisda surtish onson bo‘lsin. 
6. Yelimli qatlamlarni jadal quritish usullarin qo‘llab juda tez quritish kerakki
iloji boricha ko‘proq erituvchilarni yo‘qotishga erishish kerak. 
Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida yelim 
kirishib, 
birikmalarning 
mustahkamligi 
pasayadi. 
Shuning 
uchun 
bug‘lanmaydigan, balki parda bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan 
yelimning xossalari yaxshilanadi.
 
5.3. Yelimning tarkibiy qismini tashkil qiluvchilar. 
1.Asosiy parda xosil qiluvchi (adgeziya asosi) – bu adgezion aktiv polimer 
bo‘lib, yelimni adgezion va kogezion xususiyatini shartlaydi va bog’lovchi 
xisoblanadi.
Asosiy parda xosil qiluvchi sifatida tabiy va sintetik kauchuklar, 
yuqorimolekulyar smolalar(qatron) va plastmassalar ishlatiladi. Bir qator tabiy
yuqorimolekulyar moddalarni aslicha va shaklini o‘zgartirgan xolda qo‘llash 
chegaralangan. Ba’zan ikki bir biriga yaxshi qo‘shiladigan polimerlarni qo‘llash 
mumkin. Misol: kauchukperxlorvenil yelimlarida asosiy parda xosil qiluvchi 1:1 
nisbatida olingan butadien-nitrol kauchugi va perxlorvenil smolasi tashkil qiladi. 
2.Qo‘shimcha parda xosil qiluvchi. Yelimni quyidagi xususiyatlarini 
turlash uchun, yani yelimlanayotgan materiallarga adgeziyani oshirishga, 
yopishqoqligini, yelimli pardani egiluvchanligini, ushlab olish tezligi va yelimli 
birikmani boshlanQich pishiqligini, quyuuqlanishini kamyishiga, yelimli pardani 
issiqlik ta’sirida oquvchan xolatga o‘tishiga, issiqlikga chidamliligiga va yelimli 
pardani quritishni qisqartirishga ishlatiladi.


104 
Qo‘shimcha parda xosil qiluvchi sifatida oligomer na’munadagi smolalar - 
alkilfenol, edinkumaron, gliftal, epoksid, poliami, xamda xlorlangan kauchuklar va 
boshqa yelimlarda asosiy parda xosil qiluvchi kauchuklardan kam miqdorda
qo‘llaniladi. 
Qo‘shimcha parda xosil qiluvchini tanlashda u asosiy parda xosil qiluvchi 
bilan qo‘shilib ketishi kekrak. Ko‘pgina qo‘shimcha parda xosil qiluvchilar 
yarmfunksiyani bajaradi. Misol uchun: alkilfenol smolalar nairit yelimini 
adgeziyasini oshiradi, quyuqligiini kamaytiradi, quritish vaqtini qisqartiradi. 
Xlorlangan kauchuklar esa yelimli birikmani adgeziyasini va issiqlikga chidamlili-
gini oshiradi.
3. To‘ldiruvchilar. Yelimli pardalarni kogezion xususiyatini oshirish uchun 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari yelimlar va yelimli birikmalarni substratga 
adgeziyasini, boshlan-Qich pishiqligini, namga, issiqlikga va eskirishga chidam-
liligi kabi xususiyatlarini oshiradi. Kam ma’suliyatli yelimli birikmalar uchun 
ishlatiladigan yelimlarda asosiy parda xosil qiluvchini sarfini kamaytirishga 
ishlatiladi. Tuldiruvchilar faol va faoliyatsiz(sust) bo‘lib yuqorida qayd etilgan 
xususiyatlarni yashilamaydi aksincha ruxsat berilgan miqdorda yomonlashtirishi 
mumkin.
Bir xil to‘ldiruvchilar bazi bir polimerlarga nisbatan faol va bazi bir 
polimerlarga nisbatan sust tasir ko‘rsatadi. Bu to‘ldiruvchilarni va polimerlarni 
chegarasidagi o‘zaro munosabati va jadal adgezion bog‘liqlik bilan asoslanadi va 
o‘z navbatida to‘ldiruvchi va to‘ldirilayotgan polimerlarni tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. 
To‘ldiruvchilar sifatida organik va neorganik moddalar qo‘llaniladi. 
Yelimlarda odatda neorganik to‘ldiruvchila, ko‘p xolatlarda rux oksid ZnO va 
magniy oksid MgO qo‘llaniladi. Bulardan tashqari ishlab chiqarish-sotish nomi 
bilan (oq qurum/saja/, aerosil, ultrasil) dioksid kremniy SiO, kaolin, karbonat 
kalsiy CaCO
3
va kabonat magniy MgCO

lar ishlatilinadi. Yelimli pardada 5-7 
mas.ch dan to 20-30 mas.ch miqdorda bo‘ladi (100 mas.ch asosiy parda xosil 
qiluvchi xisobidan). 


105 

Download 1,92 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish