117
1.Yelimlar tarkibini tashkil etuvchilar.
2.Yelimlar tarkibini tashkil etuvchilarni vazifalari.
3.Yelimlar tarkibini tashkil etuvchilarni o‘zaro bog‘liqligi.
4.Yelimlar tarkibini tashkil etuvchilarni qo‘llanish va qo‘llanmasligini
sabablari.
5.Yelimlarni bajaradigan vazifasiga qarab qanday turkumlanadi?
6.Yelimlaraga qanday talablar qo‘yiladi?
6-BO’LIM.
INTERER QOPLAMA MATERIALLAR
6.1. Qoplama materiallar
Turli qoplama materiallar haydovchilarning ish
sharoitini yaxshilash uchun
yengil avtomobillar, avtobuslar salonlarini, yuk avtomashinalari kabinalarini
issiqlik va tovushdan izolyatsiyalashda ishlatiladi.
Qoplama materiallar yetarli
darajada mustahkam bo’lishi, foydalanish jarayonida tez yemirilmasligi va o’z
tashqi ko’rinishini uzoq muddat saqlab turishi, neft mahsulotlari ta’sirida o’z
xususiyatlarini va tashqi ko’rinishini o’zgartirmasligi, iflosliklardan (chang, yog’
va moy qoldiqlari) oson tozalanishi, ko’rkam bo’lishi bilan birga kamyob va
qimmatbaho bo’lmasligi lozim.
Salonlar va kreslolarni qoplash uchun sun’iy teri,
plyonka materiallar
ishlatiladi. Trikotaj yoki gazlama asosida tayyorlangan sun’iy terilar nitro teri,
vinilli teri, elastik teri deb ataladi. Yuk avtomobillari va avtobuslarning o’rindiqlari
va suyanchiqlarini qoplashda dermantin (bir tomoni nitroemal ko’rinishidagi
qoplama
bilan
qoplangan),
tekstolitlardan
keng
foydalaniladi.
Yengil
avtomobillarga bezak berishda polivinilxlorid qoplamli silliq gazlamadan
foydalaniladi. Qoplama materiallar ishlab chiqarishda sherst materiallar yuqori
klassdagi avtomobillarning o’rindiqlarini qoplashda ishlatiladi.
Shuningdek,
poliamidli va poliefirli iplardan keng foydalaniladi.
Qoplama materiallarining muhim xususiyatlaridan biri ularning quyosh nuri
ta’siriga chidamliligidir. Tabiiy sherst materiallarining quyosh nuri ta’siriga
118
chidamliligi yuqori. Poliamid asosidagi gazlamalarning ultrabinafsha nuri ta’siriga
chidamsiz, poliefir va poliakrilonitril asosidagi gazlamalarning ultrabinafsha nuri
ta’siriga chidamliligi esa yuqori.
Avtomobilsozlikda qoplama material sifatida eng ko’p ishlatiladigan
materiallardan
biri sun’iy charmdir. Sun’iy
charmni avtomobillarning
yostiqchalarini, o’rindiq suyanchiqlarini, salon shiftini, yon panellarni va boshqa
detallarni qoplashda ishlatiladi. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy
charm
yuzasi polivinilxlorid qoplangan to’qimadan iborat. To’qima asos sifatida tabiiy
(paxta), sun’iy (poliamid va poliefir) yoki aralash tolalardan foydalaniladi.
Avtomobil polining qoplamasini issiqlik va shovqindan izolyatsiyalash
xususiyatiga ega bo’lishi, yemirilishga chidamliligi va ishqalanish koeffitsiyenti
yuqori bo’lishi, moy va benzin ta’siriga chidamli bo’lishi, ish harorati oralig’i
imkoniyat qadar keng bo’lishi lozim. Avtomobil
polini qoplashda alkidli va
polivinilxloridli linoleumlardan foydalaniladi.
Qoplama materiallarining muhim xususiyatlaridan biri ularning quyosh nuri
ta’siriga chidamliligidir. Tabiiy sherst materiallarining quyosh nuri ta’siriga
chidamliligi yuqori. Poliamid asosidagi gazlamalarning ultrabinafsha nuri ta’siriga
chidamsiz, poliefir va poliakrilonitril asosidagi gazlamalarning ultrabinafsha nuri
ta’siriga chidamliligi esa yuqori.
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charm yuzasi polivinilxlorid
qoplangan to’qimadan iborat. To’qima asos sifatida tabiiy (paxta), sun’iy
(poliamid va poliefir) yoki aralash tolalardan foydalaniladi.
Sun’iy charmni avtomobillarning yostiqchalarini, o`rindiq suyanchiqlarini,
salon shiftini, yon panellarni va boshqa detallarni qoplashda ishlatiladi.
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charm
yuzasiga polivinilxlorid
qoplangan to`qima asosdan iborat. To`qima asos sifatida tabiiy (paxta), sintetik
(poliamid va poliefir), sun’iy yoki aralash tolalardan foydalaniladi.
Avtomobil polini qoplash uchun materiallar. Avtomobil polining
qoplamasini issiqlik va shovqindan izolyasiyalash xususiyatiga ega bo`lishi,
yemirilishga chidamliligi va ishqala-nish koeffitsienti yuqori bo`lishi, moy va
119
benzin ta’siriga chidamli bo`lishi, ish harorati oralig`i
imkoniyat qadar keng
bo`lishi lozim. Avtomobil polini qoplashda rezina to`shama-lardan, alkidli va
polivinilxloridli linoleumlardan, to`qima materiallardan foydalaniladi.