Qistirma, zichlovchi va elektr izolyatsion materiallar




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/65
Sana17.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#121731
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
 
6.2.Qistirma, zichlovchi va elektr izolyatsion materiallar 
 
Avtomobillar uzellarini yig’ishda detallar o’zaro tegib ishlaydigan joylarni 
germetik zichlash zaruriyati paydo bo’ladi. Bu zaruriyatni qondirishda qistirma va 
zichlovchi materiallardan foydalaniladi. Ular detallar birikkan joylardan suyuqlik 
oqishi va sizishining, flaneslardan gazlar chiqishini oldini olish, ishqalanuvchi 
uzellarni chang va namdan saqlash maksadida birikmalarini germetiklash uchun 
ishlatiladi.
Qistirma materiallardan qo’zgalmas detallarni biriktirishda ishlatiladigan turli 
xil shakldagi qistirmalar tayyorlanadi. Qistirmabop materiallar sifatida turli xil 
kimyoviy ishlov berilgan qog’ozlar (ish harorati 150°C gacha), namat (ish harorati 
75°C gacha), asbest (ish harorati 350°C gacha), turli xil markadagi paronitlar 
(asbest, kauchuklar, to’ldirgichlar aralashmasining vulkanizatsiyalangan listlari), 
moy va benzin ta’siriga chidamli paronit (ish harorati 250°C gacha)lardan 
foydalaniladi. 
Zichlovchi materiallar ko’pchilik hollarda salniklar deb yuritiladi va o’zaro 
aylanib ishlaydigan detallar orasidagi tirqishlarni zichlashda ishlatiladi.
Qistirma va zichlovchi materiallar yuqori mustahkamlikka, zarur elastiklikka 
va shu bilan birga uncha katta bo’lmagan qattiqlikka ega bo’lishi , shuningdek, 
yuqori harorat, neft mahsulotlari va suv ta’siriga chidamli bo’lishi kerak. Salniklar 
tayyorlanadigan materiallar yemirilishga ham chidamli bo’lishi lozim. Paronitdan 
yonilg’i va moy tegib turadigan detallar uchun zichlamalar (taqsimlash 
shesternalarining qopqoqlari, moy qabul qilgichlar flaneslari, suv nasosi, yonilg’i 
tindirgich va boshqalarning qistirmalari) tayyorlanadi. 
Qistirmabop materiallar sifatida turli xil kimyoviy ishlov berilgan qog‘ozlar 
(pergament, karton, fibra — ish harorati 150°C gacha), namat (75°C gacha 
haroratda ishlatishga yaroqli), asbest (350°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli), 


120 
turli xil markadagi paronitlar (asbest, kauchuklar, to‘ldirgichlar aralashmasining 
vulkanizatsiyalangan listlari), moy va benzin ta’siriga chidamli paronit MBF1-5 
(250°C haroratgacha ishonchli ishlaydi), ferronit 1001 (parronit metal simli to‘r 
bilan armirlangan, 400°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin) va boshqalardan 
foydalaniladi. 
Rux xlorid bilan ishlov berilgan, presslangan qog‘oz yoki kartonfibraning 
mexanik mustahkamligi va neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligi yuqoridir. 
Undan qistirmalar (qistirma-bop fibra KRD), elektr apparatlar detallari 
(elektrotexnik fibra CpE) tayyorlanadi. Qog‘oz materiallarining maksimal ish 
harorati 140—150 °C dan oshmaydi. Bunday yuqori haroratda ular kuyib, 
egiluvchanligi yo‘qoladi. 
Salniklar qistirmalar tayyorlash uchun moy, benzinga chidamli rezinadan 
tashqari, texnik namatdan ham foydalaniladi. Bu namat jundan tayyorlangan 
g‘ovakli list materiallardir. Jining issiqdan va tovushdan izolyasiyalashgan 
xossalari, amortizatsiyalash xususiyati yuqoridir. 
Po‘kak daraxtning uvoqlarini presslab, po‘kak material olinadi. Ular suv, neft 
mahsulotlari muhitida, kichik mexa-nik yuklamalar ostida hamda ko‘pi bilan 
100—120°C gacha qiziydigan birikmalarni (klapanlar qutisi, yonilg‘i baklari, 
qalqovichli kameralarning qopqoqlar, filtrlar stakani, dvigatellar karteri, faralar 
oynasi va hokazolar) zichlashda ishlatiladi. 
Grafit, rezina, surik va ba’zi boshqa moddalarning aralashmasini presslab list 
material qistirmabop klingerit olinadi. Undan tayyorlangan qistirmalar 180—
200°C haroratda ishlay oladi. 
Yuqori haroratda ishlovchi detallarni issiqlikdan izolyatsiyalash hamda 
zichlash uchun asbestdan keng foydalaniladi (kiritish va chiqarish kollektorlari, 
dvigatel silindrlar blogi, kallagi va boshqa yerlardagi qistirmalar). Asbest tabiiy 
tolali material bo’lib, uni yupqa, egiluvchan va mustahkam tolalarga ajratish 
mumkin.
Asbest (60-70 foiz), vulkanizatsiyalashgan rezina (12-13 foiz) va to‘ldirgich 
(tuproq, mikrokalsit talk) aralashmasidan neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, 


121 
450°C haroratga chidash beradigan list material paronit olinadi. Paronitdan 
yonilg‘i va moy tegib turadigan detallar uchun zichlamalar (taqsimlash 
shesternalarining qopqoqlari, moy qabul qilgichlar flaneslari, suv nasosi, yonilg‘i 
tindirgich va boshqalarning qistirmalari) tayyorlanadi. 
Asbest elektr va issiqlikdan izolyatsiyalash xossalariga ega, yonmaydi, 350°C 
gacha haroratda ishlay oladi, lekin yuqori haroratda uning mustahkamligi va 
egiluvchanligi yo’qoladi. Avtomobillar kabinalarida shovqinni kamaytirish uchun 
maxsus mastikalardan foydalaniladi.
Ta’mirlash ishlarida karton, qog‘oz to‘qima, tasma, chilvir va ip 
ko‘rinishidagi asbestdan, shuningdek maydalangan asbestdan foydalaniladi. 
Avtomobillar 
kabinalarida 
shovqinni 
kamaytirish 
uchun 
maxsus 
mastikalardan foydalaniladi. Qora rangli bir jinsli suyuq massa ko‘rinishida 
bo‘lgan 5MM-1 mastikasi mana shunday xossaga ega. U metall sirtga yoki O/1-93, 
3CP-093 gruntovkalari surtilgan sirtlarga purkab qoplanadi. Mastika 100—110°C 
haroratda 30 minut ichida quriydi. koplama metallarni korroziyalanishdan ham 
saqlaydi. 
Elektr izolyasiyalash material deganda, dielektrik yani elektr tokini o‘tkaz-
maydigan material tushuniladi. Elektr izolyatsion materiallar avtomobillarning 
elektr jihozlarini ta’mirlash uchun ishlatiladi. Ular yuqori kuchlanishga bardosh 
berishi, yetarli darajada mustahkam bo’lishi, shuningdek issiqlik ta’siriga chidamli 
bo’lishi kerak. Bu materiallar sifatida ko’pgina plastmassalar bo’lishi mumkin. 
Elektr izolyatsiyalash materiali sifatida lakotkan (kembrik) ancha keng tarqalgan. 
Lakotkan elektr izolyatsiyalash laklari shimdirilgan ip, shoyi gazlama yoki shisha 
to’qimalardir. Ular o’ramlar, listlar, trubalar ko’rinishida chiqariladi. 
Bundan tashqari elektr izolyasiyalash material sifatida 500°C haroratgacha 
qizishga chiday oladigan slyuda va mikonit materiallaridan foydalaniladi. Slyuda 
yupqa plastiklarga ajratsa bo‘ladigan shaffof mineral, mikonit esa gliftal smola 
bilan yelimlangan slyudalar. 


122 
Elektr izolyasiyalash materiali sifatida lakotkan (kembrik) ancha keng 
tarqalgan. Lakotkan elektr izolyasiyalash laklari shimdirilgan ip, shoyi gazlama 
yoki shisha to‘qimalardir. Ular o‘ramlar, listlar, trubalar ko‘rinishida chiqariladi. 
Ko‘pincha izolyasiyalash lentalaridan foydaianishga to‘g‘ri keladi. Bu lenta 
bir yoki ikki tomonga ham rezina aralashmasi shimdirilgan mitkandan iborat. 
Lenta elektr simlarining ulangan joylarini izolyasiyalashda ishlatiladi. Plastik 
plyonka materialga yelim qatlami surtib tayyorlangan yopishqoq izolyasion 
lentalar keng tarqalgan. 

Download 1,92 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qistirma, zichlovchi va elektr izolyatsion materiallar

Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish