111
va yukxona qovurg‘alarini biriktirishda ishlatiladi. Shuningdek epoksidli smolalar
asosidagi yelimlardan silindrlar blokidagi, silindrlar kallagidagi, ajratish muftasi va
uzatmalar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg‘i bakidagi darz
ketgan joylarni va teshiklarni ta’mirlashda foydalaniladi.
Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90-93 foiz
epoksid smolaga 7—10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorlanadi. Tayyorlangan yelimni
1-2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib
qoladi. Yelimli birikmalar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60-150°C.
Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam
birikma hosil qilish
uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallarni bir-biriga bosmasa
ham bo‘ladi (ularning
o‘z massasi etarli).
Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan
oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit,
maydalangan slyuda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning
miqdori uzelning turi va ishlash sharoitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli,
qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida
olingan birikmalarning
mustahkamligi ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120-200°C haroratda 0,5-4,0
soat mobay-nida kechadi.