Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi




Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/121
Sana17.11.2023
Hajmi2,61 Mb.
#100207
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Bog'liq
InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (metallurgiya, energetika) 
 
3. Xalq xo‘jaligi sohalaridagi axborot tizimlari 
Ko‘pgina korxonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilikning, boshqa istalgan turlari 
kabi, saqlash, foydalanish va himoya qilish zarur bo‘lgan qimmatbaho zahira sifatida baho 
berishadi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur korxona buxgalteriya 
axborot tizimlari (BUAT) ni barpo etadi. Ularning asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan
shuningdek, muqobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun 
korxona rahbariyatini moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir. Buxgalteriya axborotining asosiy 
foydalanuvchilari korxona rahbariyatidir. Bu axborot asosida korxonaning so‘ngi hisobot 
davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqligi, ishlab chiqarilgan 
mahsulot tannarxi aniqlanadi. 
Integrallashning bank axborot tizimlari (BAT) yagona dasturiy texnologik majmuani 
o‘rnida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari bo‘yicha nazorat 
qiladigan zahiralarni o‘zlashtirishi, qaytarilishi va balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. 
Integratsiyalashgan BAT bank vazifalarining yig‘indisini yaxlit holda qamrab oladi. U alohida 
holdagi avtomatlashtirilgan vazifalar yig‘indisi emas, balki murakkab tizimga xos bo‘lgan 
kompleks dasturlardir. 
 
4. Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari 
Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi. 
Muhandislar va loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining 


18 
vazifasi – tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qog‘oz hujjatlarni qayta 
ishlashga yordam berishdir. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot 
mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog‘lik bo‘la boradi. Bunday 
tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko‘rinishda bugungi kunda biznesda eng tez 
rivojlanmoqda. 
Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan 
vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud. Bu 
texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni 
avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy 
(ijrochilik) faoliyati darajasida qo‘llanadi. Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu 
darajada qo‘llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda 
operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi. 
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal etiladi:
- firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma’lumotlarni qayta ishlash; 
- firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish; 
- istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari ko‘rinishida 
rasmiylashtirish. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib 
turadi: 
- ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha firmaga zarur bo‘lgan vazifalarni bajarish. Har bir 
firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish va saqlashga qonunan haqli.Ular 
firmada nazoratni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi 
mumkin.Shu bois istalgan firmada ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta 
bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim; 
- faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifani hal etish mumkin
- odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; 
- taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-
ketlik tartibida tekshiriladi; 
- voqealar ketma-ketligiga urg‘u berish; 
Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va 
xususiyatlari quyidagicha: Ma’lumotlar banki. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab 
chiqarshiga qarab uning har bir xatti harakati haqida tegishli ma’lumotlar yozuvi bo‘ladi. 
Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida 
alohida ajralib turadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib 
tushayotgan ma’lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: 

Download 2,61 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayonini boshqarishning axborot tizimi

Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish