• 1. Boshqaruv tizimi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/121
    Sana17.11.2023
    Hajmi2.61 Mb.
    #100207
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
    Bog'liq
    InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
    diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
     
    Foydalanilgan adabiyotlar 
     
    1.Axborot tizimlari va texnologiyalari/S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va 
    boshqalar.T.:”Sharq”,2000.-88-116 betlar. 
    2.Informatika:Uchebnik.-3-pererab.izd./Pod red.prof. N.V.Makarova.-M.: Finansi i statistika
    1999.-13-59 betlar.
    3. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:Uchebnik/ Pod red. prof. 
    G.A.Titorenko.-M.:Kompyuter,YUNITI, 1999.-6-15 betlar. 
    4. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnix sistme: Uchebnik.-4-ye izd.,dop. i 
    pererab.-M.:Finansi i statistika, 2000.-5-9betlar. 
    5. Godin V.V.,Korneev I.K. Upravleniye informatsionnimi resursami: 17-modulnaya 
    programm dlya menedjerov «Upravleniye razvitiyem organizatsii». Modul 17.- M.: «INFRA-
    M», 1999.-49-54s. 
     


    16 
    3-Mavzu: Axborot texnologiyalari va iqtisodiy axborotlar tizimi
    (2 soat ) 
    Ma’ruza rejasi: 
    1. Boshqaruv tizimi. 
    2. Axborot tizimi 
    3. Xalq xo‘jaligi sohalaridagi axborot tizimlari 
    4. Axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari 
    5. Matematik usullar va modellardan foydalanish 
    6. Axborot texnologiyalari iqtisodiy rivojlanishning muhim omillari 
    1. Boshqaruv tizimi. 
    Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki 
    rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan 
    tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va 
    madaniy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat 
    rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib 
    olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob’ektini boshqarish tizimidagi tutgan o‘rnini aniqlab 
    olish lozim. Bu ob’ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘lik. 
    Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti va boshqaruv 
    sub’ektini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv sub’ekti maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni 
    ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek ularning 
    bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi. 
    Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan 
    bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo‘naltiradigan direktiv 
    axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan 
    qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot oqimida o‘z aksini topadi. Direktiv axborot boshqaruv 
    apparati tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv 
    maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. 

    Download 2.61 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish