• 7. Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra
  • Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot




    Download 2,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/121
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,61 Mb.
    #100207
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121
    Bog'liq
    InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
    diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
    6. Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik 
    qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash 
    uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar 
    qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma’lumot bazasini yaratish, yuritish va 
    foydalanish uchun mo‘ljallangan.
    7. Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga 
    bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks 
    ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o‘lchamini aks ettiridi, shu bois 
    ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 
    Axborotning pragmatik o‘lchovi iste’molchi tomonidan oldiga qo‘ygan maqsadga 
    erishish uchun axborotning foydaliligini (qimmatligini) belgilab beradi. Ushbu o‘lchov ham u 
    yoki bu tizimdagi axborotdan foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liq nisbiy ko‘rsatkichdir. 
     
    2. Axborotning o‘lchov birliklari 
     
    Axborotning o‘lchashda ikki parametr kiritiladi, bular axborotning miqdori (I) va hajmi 
    (V). Ushbu parametrlar ko‘riladigan yondashuvga qarab har xil tahlillanishi mumkin. 


    13 
    Sintaksis axborot o‘lchov miqdori – bu ob’ektning ma’nosi bo‘lmagan axborotlari deb 
    hisoblanadi. Xabarlarning axborot hajmi (Vd ) belgilar miqdori bilan aniqlanadi. Har xil sanoq 
    sistemalarida elementar o‘lchov birligi har xil bo‘ladi. Masalan, ikkilik sanoq sistemasida bu 
    BIT, o‘nlik sanoq sistemasida DIT (masalan, 10001101 ushbu xabarning hajmi Vd=8 bit, 
    110859 ushbu xabarning hajmi Vd=6 dit.). 
    Axborot miqdorini sintaksis yondashuvda faqatgina entropiya (tizimni noaniq holati) 
    tushunchasi orqali aniqlasa bo‘ladi, chunki biror-bir tizim haqida biz qabul qilgan axborot 
    ushbu tizim haqidagi bilimimizni o‘zgartiradi. Ushbu konsepsiya quyidagicha beriladi, faraz 
    qilamiz, α tizimi haqidagi boshlang‘ich ma’lumotga egamiz. Tizimni noaniqlik holatini H (α ) 
    funksiyasi orqali aniqlaymiz. Qo‘shimcha β ma’lumot qabul qilinganda biz qo‘shimcha 
    axborotga I
    β
    (α) ega bo‘lamiz. Natijada tizimni noaniqlik holati H
    β
    (α ) ga teng bo‘ladi. Demak 
    tizim haqidagi axborot miqdori I
    β
    (α) quyidagicha aniqlanadi I
    β
    (α)=H
    β
    (β) – H
    β
    (α ), ya’ni 
    noanikliqni o‘zgarishi bilan axborot miqdori aniqlanadi. 
    Agar tizim N holatga ega bo‘lsa Shennon formulasi bo‘yicha uning entropiyasi teng 
    bo‘ladi: 

    H (α ) = - ∑ Pi log Pi 
    i=1 
    Bu yerda Pi - tizimning i-holatda bo‘lishining ehtimoli. 
    Semantik nuqtai nazardan axborotni mazmunan o‘lchovini bildiradi va ushbu masalani 
    tezaurus tushunchasi orqali aniqlashishadi.

    Download 2,61 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   121




    Download 2,61 Mb.
    Pdf ko'rish