• Telekommunikatsiya texnologiyalari “ Dinshunoslik ” FANIDAN REFERATI
  • Mavzu: O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi. Reja
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




    Download 353,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana23.05.2024
    Hajmi353,2 Kb.
    #250792
    TuriReferat
    Bog'liq
    Din Og\'abek



    –O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 

    Telekommunikatsiya texnologiyalari
     

     
    Dinshunoslik

     FANIDAN

     
    REFERATI 
     
    BAJARDI:
    Narzillayev O
     
    QABUL QILDI:
    Kuraxmedov A
     
     
     
    SAMARQAND 2024 


    Mavzu: O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi. 
     
    Reja: 
    1.Kirish.BMT va O‘zbekiston: terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari 
    sohasida hamkorlik 
    2. Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 
    3. Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy hamkorlik 
    Kirish: 2022 yil 3-4 mart kunlari Toshkent shahrida “BMTning Global 
    aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasi 
    doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” mavzuida 
    o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya g‘oyat muhim va dolzarb ahamiyatga ega. 
    Ushbu global anjuman mintaqa mamlakatlari va jahon hamjamiyati sa’y-
    harakatlarini terrorizmga qarshi hamjihatlik bilan kurashish uchun birlashish hamda 
    faollashishga da’vat etishga qaratilgan. 


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 75-
    sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, “Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida 
    tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Biz mintaqa davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik 
    va o‘zaro ishonch, do‘stlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik. Birlashgan 
    Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan 
    tashabbusga asosan muntazam o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari 
    rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari umumiy yutug‘imiz bo‘ldi”. Davlatimiz 
    rahbari BMT minbaridan so‘zlagan ushbu nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda 
    xavfsizlikni ta’minlash sohasida ham samarali hamkorlik olib borilayotgani haqida 
    so‘z yuritar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global aksilterror strategiyasi 
    muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini e’tirof etdi. O‘z navbatida, 
    Prezidentimiz: “Biz ushbu strategiya doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 
    yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani 
    o‘tkazish tarafdorimiz”, deb ta’kidladi. 
    Bo‘lajak Toshkent xalqaro anjumani O‘zbekiston Prezidentining ayni shu 
    tashabbusi doirasida tashkil etilmoqda. Konferensiyaning BMT shafeligida, xalqaro 
    va mintaqaviy tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilayotgani O‘zbekiston olib borayotgan 


    siyosat va uning jahon minbarlaridan e’lon qilingan tashabbuslari xalqaro 
    hamjamiyat tomonidan keng hamda qat’iy qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi. 
    Bugungi kunda Markaziy Osiyo hududi mintaqaviy rivojlanishning barcha 
    jihatlariga – siyosat va iqtisodiyot, ekologiya va madaniy-gumanitar mezonlarga 
    ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlar davrini bosib o‘tmoqda. 
    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yili Markaziy Osiyo davlatlari 
    rahbarlarining Maslahat 
    uchrashuvida 
    qayd 
    etganidek, “Markaziy Osiyo 
    geostrategik joylashuviga ko‘ra, ming yillar davomida jahon miqyosidagi jarayonlar 
    markazida bo‘lib kelgan. Bizning mintaqamiz doimo o‘zining boy madaniy-tarixiy 
    merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘laydigan noyob 
    ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan”. 
    Bunday yondashuv mintaqaning yalpi siyosiy-iqtisodiy va madaniy-
    gumanitar manzarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ushbu siyosat 
    asosini “Markaziy Osiyoni xavfsizlik, izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasiga 
    aylantirish ustuvorligi” tashkil etadi. Hozirgi paytda mintaqamizda, koronavirus 
    pandemiyasining oqibatlariga qaramay, hamkorlikning chuqurlashuvi bo‘yicha 
    barqaror tendensiya kuzatilmoqda.Global aksilterror strategiyasi va Yangi 


    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi BMTning 2006 yil 8 sentyabrda qabul 
    qilingan Global aksilterror strategiyasining to‘rtta asosiy qismidan bittasi inson 
    huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan. Ushbu bo‘lim “Inson huquqlarining 
    umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligini terrorizmga qarshi 
    kurashning asosiy tayanchi sifatida ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” deb 
    nomlanganini qayd etish lozim. 
    Global aksilterror strategiyasida e’tirof etilganidek, terrorizmga qarshi kurashish va 
    inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshiriladigan ta’sirchan chora-
    tadbirlarning biri boshqasini aslo inkor etmaydi. Aksincha, ular o‘zaro bir-birini 
    to‘ldirib, terrorizm jabrdiydalarining huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya 
    qilish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, “2022-2026 
    yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi oltinchi 
    ustuvor yo‘nalish “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy 
    muammolarga yondashish” deb nomlangani bejiz emas. Ayniqsa, ushbu ustuvor 
    yo‘nalishning “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali 
    mexanizmalarini shakllantirish” sarlavhali 82-maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Hozirgi vaqtda Taraqqiyot strategiyasi doirasida, jumladan: ekstremizm va 
    terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv 
    mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot 
    g‘oyalar ta’sirining oldini olish va bunday ta’sirga tushib qolganlar bilan tizimli 
    ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf etish; aholi, ayniqsa yosh avlodda 
    terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni 
    shakllantirish;ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy 
    asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro 
    tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi 
    hamkorlikning 
    shartnomaviy-huquqiy 
    asoslarini 
    kengaytirish; 
    diplomatik 
    vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, 


    shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar 
    bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini 
    mustahkamlash; xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm 
    va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish; 
    faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va 
    mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish; 
    Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish 
    bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida 
    muvofiqlashtirish; 
    Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 
    birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga 
    yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini 
    kengaytirish; 
    dunyo 
    hamjamiyati 
    va 
    mintaqaviy 
    tashkilotlar 
    e’tiborini 
    Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi 
    tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik 
    jarayonlariga, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb 
    qilish kabi muhim masalalar doirasida izchil ishlar boshlab yuborilgan. Xalqaro 
    konferensiyada inson huquqlari masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani, ta’bir joiz 
    bo‘lsa, Prezident Shavkat Mirziyoevning Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida 
    ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyili bilan o‘zaro uyg‘un va hamohangdir. 
    Buni anjuman doirasida “Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat 
    qilinishi va qonun ustuvorligi ta’minlanishi – terrorizmga qarshi kurashning asosiy 
    tayanchi” mavzusi alohida sessiya majlisida muhokama qilinishi ko‘zda 
    tutilayotgani ham yaqqol tasdiqlaydi. Mamlakatimiz BMTning Global aksilterror 
    strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi 
    kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya hamda protokolni ratifikatsiya qilgan. 


    Bundan tashqari, bu borada mamlakatimizda “Ekstremizmga qarshi kurashish 
    to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan 
    daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in 
    qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar 
    hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 
    BMT va O‘zbekiston: terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida 
    hamkorlik 2021 yil 16 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida 
    “Terrorizm va inson huquqlari” nomli 76/169-sonli rezolyusiya qabul 
    qilindi. Rezolyusiyada terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan 
    zo‘ravonlik ekstremizmining barcha xurujlari, usul va amaliyotlari, qaysi shakl va 
    ko‘rinishda yuz berishi, qaerda va kim tomonidan sodir etilishi, qanday motivatsiya 
    yo moliyaviy, moddiy yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlash negizida sodir etilishidan 
    qat’i nazar, xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydigan xatti-harakat sifatida so‘zsiz 
    qoralanishi ta’kidlangan. 
    BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasida, shuningdek, terrorizm hamda 
    terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo‘ravonlik ekstremizmi inson huquqlari, 
    erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga g‘ov bo‘lishiga 
    e’tibor qaratilgan. Bu salbiy omillar tufayli esa, bir tomondan, insonning siyosiy, 
    shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirish yo‘lida to‘siqlar 
    yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, davlatlarning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi, 
    hukumatlarning barqarorligi, huquq va demokratiyaning ustuvorligi, yanada 
    tashvishlanarlisi, dunyoda farovon jamiyatlar, xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikning 
    mavjudligi ulkan tahdid ostida qoladi. Bundan tashqari, 76/169-sonli 
    rezolyusiyada barcha davlatlar hukumatlaridan BMT Inson huquqlari bo‘yicha 
    kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va 
    himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga uning zimmasiga 


    yuklangan vazifa hamda majburiyatlarini bajarishida har tomonlama yordam 
    ko‘rsatishi so‘ralgan. Shu o‘rinda BMT Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni 
    Aolaynning mamlakatimizga 2021 yil 28 noyabr – 7 dekabr kunlari amalga oshirgan 
    tashrifi davomida O‘zbekiston tomoni u bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgani 
    haqida muxtasar to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Maxsus ma’ruzachisi 
    F.Ni Aolaynni qabul qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning BMT organlari va 
    huquqni himoya qilish institutlari bilan sherikligini mustahkamlashga qaratilgan 
    qator qo‘shma xalqaro tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi. BMT Maxsus 
    ma’ruzachisi O‘zbekiston Prezidenti bilan muloqoti, shuningdek keng jamoatchilik 
    ishtirokidagi matbuot anjumani va brifinglarda ham O‘zbekistonning “Mehr” 
    operatsiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitatsiya va 
    reintegratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi. F.Ni Aolayn 
    Suriya, Iroq va Afg‘onistondan qaytib kelgan shaxslarning reabilitatsiya markaziga 
    tashrif buyurdi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi mazkur maskanda o‘z 
    vaqtida “qaynoq nuqta”lardan olib chiqilgan ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish 
    uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. “Oila birligi va jamiyatning qo‘llab-
    quvvatlashiga asoslangan o‘zbek modeli repatriatsiya qilish, bolaning manfaatini 
    ko‘zlash va siyosiy, huquqiy va ijtimoiy harakatlar markazida o‘choqli hududlardan 
    qaytgan ayollarni samarali reintegratsiya qilish bo‘yicha eng yaxshi amaliyot 
    namunasidir", dedi BMT Maxsus ma’ruzachisi. 
    Jahon hamjamiyati va O‘zbekistonning “Mehr” operatsiyasi Ma’lumki, BMT 
    Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 47-sessiyasi doirasida 2021 yil 5 iyul 
    kuni “Suriya va Iroqdan olib kelingan ayollar va bolalarning reabilitatsiyasi hamda 
    reintegratsiyasi” mavzuida tashkil etilgan onlayn-tadbirda O‘zbekiston vakillari 
    ishtirok etdi. Mazkur seminarda Suriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan 
    “Al-Hol” va “Roj” lagerlarida qariyb 70 ming inson – 57 davlat fuqarolari 


    hisoblanuvchi asosan ayollar va bolalar og‘ir ahvolda saqlanayotgani tashvish bilan 
    qayd etildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2019 yildan buyon O‘zbekiston Suriya, 
    Iroq va Afg‘onistondagi ayollar va bolalarni qaytarish bo‘yicha beshta «Mehr» 
    operatsiyasini 
    o‘tkazdi
    . Mojaroli hududlardan mamlakatga jami 531 nafar kishi olib 
    kelindi. 
    Jahon hamjamiyati O‘zbekistonning o‘z fuqarolarini mojaro zonalaridan, 
    shu jumladan Iroq va Suriyadan vataniga qaytarish va reintegratsiyasi bo‘yicha 
    harakatlarini olqishladi. Bunday sa’y-harakatlarda O‘zbekiston kabi faollik 
    ko‘rsatgan mamlakatlar kam ekani e’tirof etildi. 
    Xalqaro ekspertlarning fikricha, bu sa’y-harakatlar bolalarni jabrlanuvchilar 
    sifatida tan olishga hamda bolalar va ayollar uchun gender masalalari inobatga 
    olingan hamjamiyatlar darajasidagi reintegratsiya dasturlari yordamida ularning 
    shaxsiy manfaatlarini himoya qilish zarurligiga asoslangani bilan nihoyatda 
    ahamiyatlidir. Yanada muhimi, kuchli texnik yordam ko‘rsatish va inson 
    salohiyatini kuchaytirish orqali amalga oshirilgan ushbu sa’y-harakatlar inson 
    huquqlarini amalga oshirish, demokratiyani rivojlantirish va qonun ustuvorligini 
    mustahkamlashga xizmat qiladi. Vataniga qaytib kelgan bolalar, ayollar 
    va oilalarning jamiyatga qaytadan integratsiyalashuvi, bir tomondan, ularning 
    ijtimoiy jihatdan yakkalanib qolishiga barham bersa, ikkinchi tomondan, jamiyatda 
    kambag‘allikni kamaytirish orqali tinchlik va barqarorlikni mustahkamlaydi. 
    BMT Maxsus ma’ruzachisi F.Ni Aolayn terrorizm va ekstremizmga qarshi 
    kurashdagi yangi yondashuvlarni alohida qayd etdi. Binobarin, O‘zbekiston xalqaro 
    maydonda terrorizmga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda. Xalqaro aksilterror 
    koalitsiyalar faoliyatini izchil qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, mamlakatimiz 
    BMT Aksilterror qo‘mitasi va MDH Aksilterror markazi faoliyatida qatnashib 
    keladi. 


    Uchrashuvda adliya vaziri Ruslanbek Davletov F.Aolaynni O‘zbekiston 
    Respublikasida xalqaro terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurash sohasida 
    amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
    Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda O‘zbekiston hukumati asosiy e’tiborni 
    ushbu illatning tarqalishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va sabablarni aniqlash 
    va bartaraf etishga qaratayotgani alohida ta’kidlandi.
    R.Davletov inson huquqlari va qonun ustuvorligini hurmat qilish O‘zbekistonda 
    terrorizmga qarshi kurashning ajralmas qismi hisoblanishi, terrorizmga qarshi 
    hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralari milliy qonunchilik va mamlakatning 
    xalqaro huquqiy majburiyatlariga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.
    Shuningdek, O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro 
    majburiyatlarini bajarish, jumladan, qiynoqlarning oldini olish, vijdon erkinligi va 
    diniy tashkilotlar faoliyatini erkinlashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlari va 
    fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish, gender tengligini 
    ta’minlash sohalarida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.
    O‘z o‘rnida, F.Aolayn O‘zbekistonda keyingi besh yilda amalga oshirilgan 
    islohotlarning ko‘lami va samaradorligini yuqori baholadi. Jumladan, F. Aolayn 
    O‘zbekiston hukumati tomonidan o‘z fuqarolarini Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi 
    qurolli mojarolar hududlaridan qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 
    qaytarilgan fuqarolar reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha amalga 
    oshirilgan ishlarni yuksak baholadi.
    F.Aolaynning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu sohada dunyoda yetakchi 
    davlatlardan biri hisoblanadi va bu yo‘nalishdagi O‘zbekiston tajribasi boshqa 
    davlatlar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
    Tadbir davomida ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini kelgusida davom 
    ettirishga kelishib olindi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Ekstremizm 
    va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy 


    illatlardan biriga aylandi. Ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va 
    hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka 
    raxna soladi. Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki 
    madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik 
    bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini 
    yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l 
    qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy 
    barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat 
    va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
    Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy 
    xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga 
    aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon 
    hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda 
    harakat qilibgina yenga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan 
    ayni haqiqatdir. Ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora 
    kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. 
    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning 
    ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, 
    bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning 
    global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy 
    davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va 
    xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb 
    so'zlaganlar. Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy 
    Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan 
    faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz 
    Sh.M.Mirziyoyev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va 
    barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, 


    terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi 
    samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, 
    shuningdek, MDH, SHHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy 
    tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka 
    tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” 
    tamoyiliga 
    amalda 
    rioya 
    qilish 
    zarurligiga 
    qaratmoqda. 
    O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan 
    mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning 
    sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan 
    darajada o'ziga xos tajriba shakllangan. Respublikamizda Prezidentimiz 
    boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash 
    borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar 
    qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin: To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy 
    reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar 
    bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli 
    tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. 
    Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 
    mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan 
    chiqarilishi 
    jamiyatda 
    katta 
    ijobiy 
    rezonans 
    berdi. 
    Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, 
    islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk 
    ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va 
    milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, 
    yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i 
    shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro il-miy-tadqiqot 
    markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, 
    Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom 


    huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida 
    respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, 
    barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har yili O'zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, 
    millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan 
    kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat 
    tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va 
    terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va 
    davra 
    suhbatlari 
    o'tkazish 
    yo'lga 
    qo'yilgan.
    Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot 
    etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy 
    ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, 
    “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar 
    tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga 
    etkazilmoqda. 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari 
    Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni 
    tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va 
    davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va 
    hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni 
    saqlashdan iborat. 
    2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar 
    qo‘llaniladi: garovga ushlab turilgan shaxs — qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan 
    shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, 
    xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga 
    yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar 
    tomonidan qo‘lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs; terrorizm — siyosiy, 
    diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, 


    sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q 
    qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro 
    tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki 
    sodir 
    etishdan 
    tiyilishga 
    majbur 
    qilishga, 
    xalqaro 
    munosabatlarni 
    murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, 
    xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar 
    qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga 
    qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda 
    tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; 
    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda, Toshkent xalqaro konferensiyasida BMT Global aksilterror 
    strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari 
    hamkorligining noyob tajribasi taqdim etiladi. Shuningdek, anjumanda terrorizmga 
    qarshi kurash borasidagi xalqaro va mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirishda 
    BMTning rolini kengaytirish va davlatlar salohiyatini mustahkamlash, ushbu 
    murakkab jarayonlarda inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash 
    istiqbollari keng muhokama qilinishi kutilmoqda. 
    Adliya vazirligida BMTning Terrorizmga qarshi kurash sharoitida inson huquq va 
    erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalasi bo‘yicha maxsus 
    ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar
     
    1.
    https://poe.com/chat/27ln0v49w80zaxgt95r
     
    2.
    https://chat.openai.com/c/33a4550a-3d7b-4825-b340-bd5ce8dbcd74
     
    3.
    https://iiau.uz/oz/news/2230
     
    4.
    http://pravacheloveka.uz/oz/articles/a10532
     


    5.
    http://nhrc.uz/oz/news/faolayn-ozbekiston-tajribasi-namuna-bolib-xizmat-
    qilishi-mumkin
     

    Download 353,2 Kb.




    Download 353,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

    Download 353,2 Kb.
    Pdf ko'rish