Borland C++ Builder 6 tizimi




Download 0.69 Mb.
bet4/10
Sana01.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#68552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Borland C Builder 6 tizimi
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanidan Labaratoriya ishi
XOSSALAR
Xossalar ilovalar yaratilishi va boshqarilishida komponentalar tashqi ko'rinishi va amal qilishini boshqarish imkonoyatini beradi . Odatda komponenta
xossasinig qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida Ob'ektlar Inspektori yordamida amalga oshiriladi . Keltiriladigan misollarda tushunarli bo'lishi uchun
xossalar qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga oshiriladi .
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki , komponentalar barcha xossaga ega bo'lmasligi mumkin . Masalan , Edit tahriri Caption xossasiga ega emas , Label yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas va xokozo .
Quyida komponentalarda uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz .
Caption xossasi komponenta sarlavxasini yozish satrini o'z ichiga oladi . Caption TCaption turida bo'lib , bu tur String turiga o'xshash. Sarlavxa satridagi ayrim belgilar tagiga chizilgan bo'lishi mumkin , ular tezkor murojaat tugmalarining kombinatsiyasini bildiradi . Ko'rsatilgan belgini < Alt > tugmasi bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlohadagi koponentaga sichqonchaning tugmasini bosish bilan bir xil amalni yuzaga keltiradi . Tezkor murojaat belgisini sarlohada zarur belgi oldiga "&" belgisini quyish orqali aniqlanadi , masalan :
Button1.Caption:='&Close'; < Alt > + < F4 >
Label1.Caption:='Avtobus &Nomerini kiriting ' ; < Alt > + < H >
Align (TAlign turida) xossasi komponentani u joylashgan konteyner ichidagi joylashuv variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida
Form formasi yoki Panel paneli keladi .
Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin :
alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi . Komponenta ilovani yaratish paytida qaerga joylashtirilgan bo'lsa , shu joyda qoladi .
alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi , komponenta balandligi o'zgarmaydi , eni esa konteyner eniga teng bo'ladi .
alBottom - AlTop ga o'xshash , faqat komponenta konteyner pastiga joylashadi .
alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi , eni o'zgarmaydi , buyi esa konteyner buyiga tenglashadi .
alRight - alLeft ga o'xshash , faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga ko'chadi.
al Client - komponenta konteynerni to'la egallaydi .
Misol . Panelni formaga nisbatan tog'rilash .
Panel1.Align:=AlTop
Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi.
Color (TColor turida ) komponenta fonining rangini aniqlaydi . Color xossasinig qiymati 4 baytli 16 lik son bo'lib , uning katta bayti palitrasini
ko'rsatadi ( odatda $00) , kichik uchta bayti qizil , yashil va ko'k ranglarning RGB intensivligini aniqlaydi :bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan
natijaviy rang xosil bo'ladi .
Masalan , $000000 - qora , $FFFFFF - oq , $0000FF - qizil , $00FF00 - yashil , $FF0000 ko'k rangni beradi.
Ranglar qiymatini konstantalar orqali berish ancha qulay . Quyidagi jadvalda asosiy ranglarning konstantalari keltirilgan .
Konstanta Rang Qiymat
-----------------------------------------------------------------------------
clAqua Och ko'k $FFFF00
clBlack Qora $000000
...
O'zgarmaslarning ikkinchi bir qismi Windows tizimi palitrasidagi ranglarga ko'rsatadi . Bu konstantalarga mos ranglar tizimida tanlangan rang sxemasi ga bog'liq ravishda aniqlanadi .
Konstanta Rang
--------------------------------------------------------------------------------
clBlackground Darcha foni (fona okna )
clActiveCaption Aktiv darcha sarlohasi
...

Download 0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.69 Mb.