• Parent xossasi
  • Borland C++ Builder 6 tizimi




    Download 0.69 Mb.
    bet7/10
    Sana01.06.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #68552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Borland C Builder 6 tizimi
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanidan Labaratoriya ishi
    ReadOnly xossasi boolean turida bo'lib , boshqaruv elementiga unda joylashgan matnni kiritish yoki taxrirlash bilan bog'liq amallarga ruxsat bor yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar ReadOnly xossasi True qiymatga ega bo'lsa unda matnga faqat o'qish uchun murjaat qilish mumkin , agar ReadOnly xossasi False qiymati qabul qilsa , matnni taxrirlash mumkin bo'ladi. Masalan Edit satridan matnni faqat o'qish rejimida bermoqchi b'olsak ,
    quyidagi amallar ketma - ketligi bajarilishi kerak :
    Edit1.Text:=' O'zgarmas matn ';
    Edit1.ReadOnly:=True;
    Shuni ta'kidlash kerakki , ReadOnly faqat ilova ishlagan paytdagina amal qiladi va programma tuzuvchi ReadOnly xossasining qiymati True bo'lganda ham Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin .
    Vizual komponentalar Color, Ctr3D, Font va Showhint xossalari uchun qiymatni ota boshqaruv elementining mos xossalarining qiymatini olishi mumkin . Ko'rsatilgan xossalarning qiymat manbaini boolean turidagi quyidagi xossalar aniqlab beradi :

    ParentColor - Fon rangi uchun


    Parent Ctl3D - Komponenta ko'rinishi
    ParentFont - Matn shrifti uchun
    ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun
    Aksariyat xollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari True bo'ladi . Agar programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa , unga mos keluvchi Parent... xossasining qiymati False ga aylanadi .

    Parent xossasi ( TWinControl ) komponenta uchun ota boshqaruv elementiga ko'rsatadi . Ota boshqaruv elementi sifatida konteyner keladi va o'z ichidagi vizual komponentalarni tasvirlanishiga javob beradi .
    Formani loyixalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos keladi Parent xossasi avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi . Komponentalarni dinamik ravishda yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga "qo'lda " qiymat berishga to'g'ri keladi . Masalan , tugma komponentasini dinamik ravishda yaratishni ko'raylik .

    Procedure TForm1.Button1Click(Sender : TObject):


    Begin
    with Tlabel.Create( Self ) do begin
    Caption:= ' Yangi yozuv ';
    Parent :=Panel1;
    Left :=20;
    Top :=30;
    end;
    End;

    Button1 tugmasi bosilganda Panel1 panelida Label1 yozuvi paydo bo'ladi . Agar Parent xossa qiymati berilmasa , Label1 yaratiladi , lekin ekranda ko'rinmaydi . Komponentalarda


    Owner xossasi mavjud bo'lib , u komponentaning egasi bo'lgan elementga ko'rsatadi . Odatda komponentalar egasi ular joylashgan forma bo'ladi . Agar ega komponenta o'chirilsa , u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi .


    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.69 Mb.