• DragCursor
  • Font Xossasi
  • Borland C++ Builder 6 tizimi




    Download 0.69 Mb.
    bet5/10
    Sana01.06.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #68552
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Borland C Builder 6 tizimi
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanidan Labaratoriya ishi
    Ctr3D xossasi boolean turida bo'lib , vizual komponenta ko'rinishini aniqlaydi . Agar Ctr3D qiymati False bo'lsa komponenta ikki o'lchamli
    tasvir kurinishida , agar True bo'lsa - uch ulchamli tasvirlanadi (kelishilgan holdagi ko'rinish ) .

    Cursor xossasi (TCursor turida ) sichqoncha ko'rsatgichining ko'rinishini aniqlab beradi . Bu ko'rinishlar 20 tadan ortiq bo'lib , ular ichida eng
    asosiylari quyidagi konstantalar bilan beriladi :

    crDefault - sichqoncha ko'rsatgichi kelishuv bo'yicha ( odatda strelka)


    crNone - ko'rsatgich ko'rinmaydi.
    crArrow - ko'rsatgich strelka ko'rinishida
    crCross - ko'rsatgich xoch ko'rinishida
    crHourGlas - ko'rsatgich qum soati ko'rinishida

    Mavjud ko'rinishlardan tashqari foydalanuvchining o'zi sichqoncha ko'rsatgichi uchun rasm yaratishi mumkin va uni mos formatlarda ( CUR ,RES)


    saqlashi zarur .Buning uchun Delphi tarkibiga kiruvchi Image Editor dan foydalanishi mumkin. Programma ishlash vaqtida ko'rsatgich tasviri fayldan yuklanishi va Cursor xossasining qiymati sifatida tasvir nomeri berilishi kerak .
    DragCursor (TCursor turida) xossasi komponentani ko'chirish jarayonida kursor ko'rinishinio aniqlaydi . Bu xossa qiymatlari Cursor qiymatlaridan farq qilmaydi .
    Enabled xossasi boolean turida bo'lib komponentani aktivligini , ya'ni sichqoncha yoki klaviaturadan kelayotgan signallarga aks ta'sir bera olishini
    aniqlaydi . Agar xossa True ( kelishilgan xol qiymati ) qiymatga ega bo'lsa , komponenta aktiv hisoblanadi , aks holda aktiv emas . Komponentaning aktiv bo'lmagan xoli sarlovxa yoki matnni oqargan rangda ekanligini bildiradi . Komponenta o'chirilgan ( blokirovka qilingan ) bo'ladi , agar u bilan bog'liq qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa . Masalan , Save tugmasi xujjatni saqlash amalini bajaradigan bo'lsin , agar saqlanadigan xujjatning o'zi
    bo'lmasa , saqlash amalining ma'nosi yo'q . Bunday hollarda tugma aktiv bo'lmagan xolatga o'tkaziladi :
    Save.Enabled :=False;

    Font Xossasi ( TFont turida ) vizual komponenta akslanuvchi matn shriftini aniqlaydi . O'z navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon beruvchi xossalariga ega . Bularning ichida asosiylari quyidagilar :

    Name - Shrift nomini aniqlaydi


    Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi
    Style - Shrift Stilini beradi
    Color - Matn rangini boshqaradi
    Masalan , Label1 yozuvining rangini berish :
    Label1.Font.Color:=clBreen ; Label1.Color:=clBlue;
    Yozuv moviy fonddagi yashil matn ko'rinishida bo'ladi .

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.69 Mb.