Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich




Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana31.01.2024
Hajmi1,59 Mb.
#149133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Shavqiyev E (2)

Ko‘rasatkichlar
2019-yil
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2019-yilning
2022-yilga nisbati, %
Yalpi ichki mahsulot
532 712,5 605 514,9 738 425,2 888 341,7 166,8
Shu jumladan:
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
487 449,8 561 153,4 686 432,4 828 054,2 169,9
Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda)
164 635,7 187 610,0 232 535,7 276 227,0 167,8
-sanoat
134 185,8 150 275,1 186 978,2 220 704,3 164,5
-qurilish
30 449,9
37 334,8
45 557,4
55 522,7
182,3
1-jadval ma’lumotlari dalolat beradiki, 2019–2022-yillarda mamlakat yalpi ichki mahsulotining hajmi 66,8 
foizga o‘sgan bir paytda tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo‘shimcha qiymat 69,9 foizga, sanoatda hosil bo‘lgan 
qo‘shimcha qiymat miqdori esa 67,8 foizga ortgan. Bu, tabiiyki, mamlakatning ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlar sifatining oshayotganidan hamda ularga 
ichki va tashqi bozorlarda talabning o‘sishidan, shuningdek, ularni ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy, mehnat 
va moliyaviy xarajatlarning pasayoiganidan dalolat beradi.
Ammo, bu ko‘rsatgichlarni rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslaydigan bo‘lsak ─ sanoat tarmog‘ining 
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi (ularga nisbatan) juda ham oz.
Sanoat – sotsial-iqtisodiy kategoriyadir. Uning tabora taraqqiy etishi – aholi bandligi darajasining va daro-
madining oshishiga, uning iste’mol mollariga bo‘lgan talabining to‘liqroq qondirilishiga, mamlakatning iqtisodiy 
va mudofaa qudratini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. 
Tahliliy ma’lumotlarining guvohlik berishicha, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 
2022-yili 2019-yilga nisbatan 230729,2 mlrd. so‘mga yoki 1,7 barobarga ko‘paygan6. O‘rganilayotgan davrda 
ishlab chiqarish indeksi har yili ortib bormoqda. Bu davlatning islohotlar strategiyasini – sanoatlashtirish siyosati 
bilan barobar olib bora boshlaganining natijasidir. 
Tarmoqda band bo‘lgan aholi soni 2022-yilda 2019 va 2021-yillarga nisbatan, mos ravishda, 10.9 va 52,6 
ming kishiga yoki 0,6 va 2,8 foizga kamaygan, faqatgina, 2020-yilga nisbatan 1,1 ming kishiga yoki 1,0 foizga 
ko‘paygan7. Shuningdek, ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri hisoblanmish – asosiy fondlar hajmi 
198406,8 mlrd. so‘mga yoki 2,6 barobarga ortgan8.
Sanoatning rivojlanishi – ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqeining ko‘tarilishiga olib 
keladi. Tarmoq ishchilari respublika yalpi ichki mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etishdada, 
mamlakat sotsial-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etmoqda.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri – sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-
ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir.
Mamlakatimiz sanoati ishchilari qiyofasida (rivojlangan davlatlar ishchilaridagidek) ongli industrial mehnat-
kash insonlar munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, 
yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi xislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan.
Tarmoq xodimlarining bilim va ko‘nikmasining, ishlab chiqarish malakasi va mahoratini, madaniy va ma’rifiy 
saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini 
ko‘rish mumkin.
Sotsial-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – bu raqobatdir. 
Hozirda, mamlakatimizning sanoat ishlab chiqarishida ham bellashuv (raqobat) rivoj topmoqda. Ilg‘or texnika 

O‘zbekiston sanoati 2019–2022. − T:. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 2023, 13 bet.

O‘zbekiston sanoati 2019–2022. − T:. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 2023, 15 bet..

O‘sha manba, 75 bet.

O‘sha manba, 53 bet. 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
562
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
 10-son.
va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 
chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir 
qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va 
boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda.
Sanoat – mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning 
muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekis-
ton davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Respublika sanoatida tarmoqlarning tutgan o‘rni har xil. Sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo‘jaligi mah-
sulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat kompleksiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega 
ega. Bular paxta tozalash, shoyi to‘qish, konserva, yog‘-moy va boshqa tarmoqlardir. 
Statistik ma’lumotlar tahlili dalolat beradiki, 2019–2022-yillari yurtimiz sanoati faoliyatining qariyib barcha 
turlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish o‘sish tendensiyasiga ega. So‘nggi yillarda mashina va uskunalarni 
ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall 
buyumlarni ishlab chiqarish, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’mirlash va havoni konditsiyalash hamda to‘qimachilik, 
kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish indeksi yuqorilab borayotgani kuzatiladi
9
. Bunday jarayonni, bizning 
fikrimizcha, mamlakat iqtisodiyotining sanoatlashayotganidan darak berayotir, desak to‘g‘ri bo‘ladi. 
O‘rganilayotgan davrning oxirgi yillarida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va 
utilizatsiya qilish ishlari indeksi sezilarli darajada pasayib bormoqda. Bunday holat, bizning fikrimiza, ushbu 
faoliyat turlariga tegishli shaxobchalar moddiy-texnika bazasining eskirishi hamda malakali mutaxassislarning 
yetishmasligi bilan bog‘liq.
Sanoat taraqqiyoti – mamlakat tabiiy boyliklaridan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har 
tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi. Respublika sanoatida 2022-yil oxiriga 2349 ta
10
yirik va o‘rta,
97 911 ta
11
kichik korxonalar va mikrofirmalar mavjud.
Metallurgiya – sanoat ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan davlatlarda, iqtisodiyotning hal qiluvchi tar-
mog‘i hisoblanadi. Aynan metallurgiya boshqa sohalarga ham global bozorda ustuvorlik qilishga, xususan, 
sifatli prokat ishlab chiqarishga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda metallurgiya mahsulotining eng yaxshi turlari AQSh, Yaponiya, Rossiya va G‘arbiy Yevropa 
davlatlarida ishlab chiqariladi. Bu davlatlar ishlab chiqaruvchilari ichki bozor talablarini qondiribgina qolmay, 
balki xorijga yuz millionlab dollarga teng bo‘lgan prokatni eksport qilib kelishmoqda. Dunyo miqyosida sifatli 
prokatga ehtiyoj ortib borayotganligi ham soha dolzarbligini belgilab bermoqda.
Metallurgiya sanoati respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Uning tarkibiga qora metallurgiya va 
rangli metallurgi sanoat tarmoqlari kiradi.
Qora metallurgiya – metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. U domna, po‘lat eritish, prokat metallurgi-
yasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab 
chiqarishi, ferroqotishmalar va o‘tga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora 
metallarni qayta eritish tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, po‘lat trubalar va 
metall buyumlar qora metallurgiya mahsulotlarining muhim turlari hisoblanadi. 
Mamlakatimizda qora metallurgiya sanoati bo‘yicha to‘ng‘ich va yuqori navli prokat mahsulotlari, po‘lat 
zoldirlar ishlab chiqaruvchi korxona – bu Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik 
ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (po‘lat va po‘lat pro-
katlari), turli aylanma xajimdagi po‘lat soqqalar, chiroyli va bejirim sirli idishlar ishlab chiqariladi.
Metallurgiya tarmog‘ini, ayniqsa qora metallurgiyani kengaytirish – yirik muammolardan biridir. Zero, busiz 
milliy iqtisodiyotning rivojini tasavvur etish qiyin. 
Keyingi o‘n yilliklar davomida mazkur tarmoqda, ma’lum darajadagi tanqislik sezildi. Yangi metallurgiya 
quvvatlarini ishga tushirish juda qimmat loyiha hisoblanishi uchun faqatgina rivojlangan iqtisodiyot va infratuz-
ilmaga ega bo‘lgan davlatlar bunga qo‘l urishi mumkin. 
Mutaxassislarning baholashicha, yangi metallurgiya quvvatlarini ishga tushirish strategik ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Chunki, unda qurilish industriyasi uchun korroziyaga qarshi himoya qatlamiga ega bo‘lgan sovuq 
bosimli metall ishlab chiqariladi.
Yana bir muhim jihat shundan iboratki, so‘nggi olti yilda O‘zbekistonda import o‘rnini bosish va mahalliy-
lashtirish dasturlari faol amalga oshirilmoqda. Bu vazifaning ma’lum qismi Toshkent viloyati Zangiota tumanida 
barpo etilgan “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJ QK zimmasiga yuklatildi. Zavod 2017-yil aprel oyida 
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va xorijiy investor ishtirokida tashkil etildi. 
Bugungi kunda ushbu zavod O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

O‘ zbekiston sanoati.2019–2022 − T:. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 2023, 22–23 betlar.
10 O‘sha manba, 27 bet. 
11 O‘ zbekiston sanoati.2019–2022 − T:. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 2023, 31 bet.


IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
563
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
 10-son.
Zavod qurilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – iste’mol bozorini (qo‘shni va uzoq xorijdagi ishlab chiqaru-
vchilar bilan raqobatlasha oladigan) yuqori sifatli, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat. 
Bu, o‘z navbatida, qurilish, sanoat va boshqa ishlab chiqarish sohalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z 
xarajatlarini va narxlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Uning ishga tushirilishi republikaning metallurgiya mahsulotiga bo‘lgan import tobeligini kamaytirib, indus-
trial salohiyatini sezilarli darajada oshiradi. Bu O‘zbekiston uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
To‘liq ishga tushgandan so‘ng, zavod mahsulotining 20 foizi Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, 
Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Latviya, Litva va 
Estoniyaga eksport qilinadi
12
.
Qora metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatini kengaytirish va ular ishlab chiqarishayotgan mahsulotlar 
raqobatbardoshligini oshirish bir qator omillarga bog‘liq. Jumladan: 

xom ashyo zaxiralarining mavjudligi:

moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi;

uzluksiz gaz, elektr energiyasi va suv bilan ta’minlanishi;

zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanganligi;

innovatsion marketing asosida ishlab chiqarishni takomillashtirish;

ortiqcha, kam foydalaniladigan va ma’naviy eskirgan asosiy vositalarni tugatish;

muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshqalar.
Respublikada iste’mol bozori muammosini hal etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bunda, avvalo, 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni izga solib, bevosita iste’mol bozoridagi nochor ahvolni tuzatish, shu 
bilan birga eng zarur nooziq-ovqat mollar ishlab chiqarilishini ham yo‘lga qo‘yish zarur bo‘ladi. 
Bu muammoning yechimini topishda, mamlakatimizda avj olayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
juda qo‘l kelmoqda. Ularning afzalliklari shuki, katta kapital xarajatlarni talab qilmaydi.
Bugungi kunda, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishda, aholi daromadlarining oshishida va mamlakatning iqti-
sodiy o‘sishda kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalarining o‘rni sezilarli bo‘lmoqda. 
Mamlakatimizda 2019–2022-yillarda ishlab chiqaralgan sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat, ichimliklar, 
to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlari, mebel va boshqalar)ning 95,8 va undan yuqori foizi kichik sanoat korxo-
nalari va mikrofirmalarining hissasi to‘g‘ri kelgan. Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida faoliyat 
yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ulushi 2019–2020-yillarda pasay-
gan bo‘lsada, bu ko‘rsatkich 2021 yilda biroz yuqorilagan. Tarmoqning boshqa shaxobchalarining umumiy 
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi ham sekin bo‘lsada oshmoqda
13
.
Shuni ta’kidlash lozimki, kichik sanoat zonalarini tashkil etilishi orqali mamlakatimiz hududlarining barqaror 
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash – respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lmoqda. Keyingi paytlarda har bir tumanga sanoat kirib bormoqda, olis va chekka hududlarda yangi 
ishlab chiqarishlar paydo bo‘lmoqda. 
Sanoat ishlab chiqarishining pirovard natnjalari fakat sanoat tarmog‘i rivojlanish darajasiga emas, balki unga 
xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga ham bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan sanoat tarmog‘ida moddiy-tex-
nika resurslari, kerakli xom ashyo va yordamchi materiallardan foydalanish hajmi ham oshadi, shuningdek, 
elektr energiya, transport, aloqa vosptalariga, mahsulotni saqlash joylariga talab ortadi. 
Bundan tashqari, sanoat korxonasining moddiy texnika ta’minotiga, ta’mirlash-texnik xizmatiga, muhandislik 
va boshqa xizmatlarga bog‘liqlik darajasi o‘sadi. Shu sababdan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar va tashkilotlarning rivojlanishi katta ahamiyat kasb 
etadi. Bunday tarmoqlar va xizmatlar – iqtisodiyotda infratuzilma deyiladi.
Sanoat ishlab chiqarish infratuzilmasi – tarmoqning rivojlanish darajasini, ishlab chiqarish salohiyatini 
(ya’ni xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muayyan ish hajmini bajarish imkoniyatini) aks ettiradi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
1. Yalpi ichki mahsulot va yalpi qo‘shilgan qiymatning salmoqli qismi sanoat tarmog‘ida ishlab chiqariladi. 
Aynan sanoat ishlab chiqarishida ilmiy-texnikaviy yutuqlarni joriy etish orqali yangi asbob-uskunalar, 
qurilmalar va boshqalar yaratiladi. Va ular, o‘z navbatida, boshqa tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 
korxonalarning moddiy texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi. 2019–2022-yillarda sanoatda 
(qurilishni qo‘shgan holda) yaratilayotgan qo‘shimcha qiymatning hajmi yildan-yilga ko‘payib bor-
moqda. Biroq, bu tarmoqning mamlakatda yaratilayotgan qo‘shimcha qiymatdagi ulushi, 2022-yili 2019-
yilga nisbatan 0,4 punktga pasaygan. Bu davrda, xizmatlar sohasining ulushi hamon yuqori darajada 
12 Rivojlanish strategiyasi. Toshkent metallurgiya zavodi mintaqaning sanoat yetakchilaridan biriga aylanmoqchi. Batafsil.uz https://
batafsil.uz › obchestvo 4 December 2019, 13:23 558
13 O‘ zbekiston sanoati.2019–2022 − T:. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, 2023, 33 bet.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
564
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
 10-son.
bo‘lmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki, O‘zbekistonda xizmatlar – iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi.
2. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalar sonining ortishi –
texnika servis tizimida ham raqobat muhitining shakllantirilishini taqozo etadi. Shu sababdan, turli mulk 
shaklidagi texservis xizmat ko‘rsatuvchi muqobnl korxonalarni yaratish o‘ta muhim hisoblanadi. 
Hozirgi kunda kichik sanoat korxonasi alohida texnik xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish imkoniyat 
(etarli pul mablag‘)larnga ega emas. Bunday sharoitda, bizning fikrimizcha, bir necha xo‘jaliklar, (jumladan, 
mikrofirmalar) birlashgan holda korxonalararo texnik xizmat ko‘rsatish (servis) markazini tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir, Ushbu servis markazi xizmatidan uni tashkil etgan korxonalarnnng o‘zlari foy-
dalanganligi uchun xizmat xaki tariflari oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi va tariflar o‘zaro kelishuviga 
asosan manfaatli darajada belgilanadi. Texservis markazi xizmatidan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt- 
lar hamda aholi foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
3. Sanoat ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi nfratuzilma subyektlarini shakllantirishda davlat 
tomonidan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish. 
4. Sanoat tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarda mal-
akasini oshirish, qayta tayyorlash.
5. Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan va uning natijalarini ilgari surayotgan sanoat korxonalarini 
qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan, ularga soliq, bojxona boji kabi majburiy to‘lovlar yuzasidan imtiy-
ozlar berish.

Download 1,59 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich

Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish