Shakirova Nigora Axralovna, kafedra dotsenti v.b.
Nodavlat notijorat tashkilotlari mablag‘larining shakllanishi va nazorat qilinishi ............................................................ 698
Xusanov Nishonboy Abdusattarovich,
filologiya fanlari doktori, professor
Спиртные напитки - вред здоровью ................................................................................................................................................. 702
Кариева Халима Икромжоновна, старший преподаватель кафедры
Importance of Social Infrastructure Development in Rural Areas ............................................................................................ 706
Munisa Alimova
Davlat хizmatida agile loyiha boshqaruvi teхnоlоgiyasidan fоydalanish ............................................................................... 709
Isaqova Zebo Murodovna, f.f.n. (PhD), tadqiqotchi
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
559
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
№ 10-son.
O‘ZBEKISTON
SANOATINING RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI, MUAMMO
VA YECHIMLARI
Shavqiyev Erkin
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti professori v. b.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sanoat ishlab chiqarishining O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni, rivojlanish tendensi-
yalari, kichik sanoat korxonalari va mikrofirmalarning iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi roli yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
sanoat, mahsulot, iqtisodiyot, texnika, texnologiya, omillar.
Abstract:
This article shows the place of industrial production in the economy of Uzbekistan, highlights the development
trend of industrial sectors, as well as the role of small industrial enterprises and micro-firms in the production of consumer
goods.
Key words:
industry, products, economics, equipment, technology, factors.
Аннотация:
В данной статье показано место промышленного производства в экономике Узбекистана, освещёна
тенденция развития отраслей промышленности, а также роль малых промышленных предприятий и микрофирм
в производстве потребительских товаров.
Ключевые слова:
промышленность,продукция, экономика, техника, технология, факторы.
K I R I S H
Ma’lumki, har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati, uning sanoat ishlab chiqarishi qay darajada rivojlan-
ganligi bilan baholanadi. Shu sababdan, mamlakatimizda sanoatning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, ularning
raqobatbardoshligini oshirish, buning uchun bozor munosabatlariga mos bo‘lgan barcha vositalardan, eng
yangi tajribalardan g‘oyat samarali foydalanish zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishi – yalpi milliy mah-
sulotda sanoat ishlab chiqarishining ulushini oshirib borishga erishish hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorlardagi
talab va taklif o‘zgarishlariga o‘z vaqtida moslashaoladigan, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga aso-
slangan sanoat korxonalariga ega bo‘lgan davlatgina jahon hamjamiyatiga tezroq integratsiyalasha oladi.
Mamlakatimiz sanoati – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bo‘lgan elektr energiya, gaz, mashi-
nasozlik, yengil va og‘ir sanoat kabilar ichki va tashqi bozorlar talab ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil
topdi hamda rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga moslashib
borayotgan O‘zbekiston sanoat tarmoqlari asta sekin takomillashib, o‘zaro bog‘langan majmua shaklini olmoqda.
Sanoat tarmoqlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligini ta’minlashda infratuznlmaning ahamiyati katta. U o‘zaro
bog‘liq ikki tarkibiy qismdan iborat bo‘lib – ishlab chikarish va sotsial infratuzilmalarga ajratiladi. Birinchisi,
bevosita ishlab chikarishga xizmat qilib, ma’lum ma’noda uning tarkibiy bo‘g‘ini hisoblansa, ikkinchisi, sanoatni
kadrlar bilan ta’minlashga, xodimlarning sog‘ligini saqlashga, turmush darajalarini oshirishga xizmat qiladi
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R N I N G TA H L I L I
Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida, iqtisodiyot tarmoqlarida
barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda “... daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan
davlatlar” qatoriga kirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan
1
.
Davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash va taraqqiyot strategiyasida bel-
gilab olingan maqsadlarga erishish uchun O‘zbekistonda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – elektroenergiya,
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF–60-son Farmoni (1-ilova, III-bo‘lim, 21-maqsad).
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
560
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
№ 10-son.
neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga ustuvor
ahamiyat berilmoqda.
Strategiyada iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish asosida yalpi
ichki mahsulotni kelgusi besh yilda aholi jon boshiga 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish uchun zamin yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuksalish – faol innovatsion
taraqqiyot yo‘liga o‘tgan sanoat tarmog‘ining ta’siri tufayli ro‘y bergan, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
“Innovatsiya – bu insonning tasavvurida, ijodida ”pishib” yetilgan, aqliy mehnatning yakuniy natijasi sifatida
ixtiro qilingan, joriy qilingan, kiritilgan, ishlayotgan moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi mulkni ifodalovchi tush-
unchadir”
2
.
“O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat sanoatlashtirish siyosati faqat sanoatning an’anaviy tarmo-
qlarini taraqqiy ettirishdan ko‘ra, ilm sig‘imi va qo‘shilgan qiymat ulushi yuqori bo‘lgan, zamonaviy va ilg‘or
texnologik tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bilan ilgargisidan farq qiladi. Bu masalaning bir tomoni.
Boshqa tomondan, sanoat ishlab chiqarishining texnik-texnologik tuzilishi faqat va faqat innovatsion va kretiv
yondashuvlarga tayanadi, sohaga ilm va yuqori texnologiyalarni uzluksiz joriy etmasdan, ilmiy-tadqiqot va tajri-
ba-konstruktorlik ishlanmalarisiz ishlab chiqarish samaradorligini va xalqaro raqobatbardoshligini oshirishni
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yondashuvlar bugun sanoat sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda
o‘z aksini topmoqda”
3
.
“Hozirgi globallashuv sharoitida fan texnika taraqqiyotisiz jahon iqtisodiyoti rivojlanishini tasavvur etib
bo‘lmaydi. Chunki, fan-texnika sur’atlarining o‘sishi, ilmiy jihatdan ishlab chiqarish va xizmatlarning iqtisodiy
o‘sishning jadallashuviga turtki bo‘ladi”
4
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Maqolada mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ilmiy va nazariy yondashuvlar o‘rganilib, mushohada
qilingan. Tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘nalish tanlab olingan. Birlamchi hamda ikkilamchi
ma’lumot manbalarini chuqur o‘rganish va asoslash uchun tadqiqot strategiyasi belgilab olingan. Maqolani
yozishda tadqiqot metodologiyasining qiyoslash, umumlashtirish kabi usullaridan foydalanildi.
TA H L I L L A R VA A S O S I Y N A T I J A L A R
Jahon iqtisodiyotining transformatsiyalashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi sha-
roitida, tashqi bozorda raqobatbardoshlilikni ta’minlash uchun aksariyat davlatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantir-
ishda va mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan
yuksak samarali texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor qaratishmoqda. Shu sababdan ham sanoatni rivojla-
nishining hozirgi bosqichidagi keskin raqobat muhiti sharoitida innovatsiyalardan keng miqiyosda foydalanishni
talab qiladi.
Iqtisodiyotning hozirgi zamon rivojlanishiga xos bo‘lgan jihat – dunyoning yetakchi mamlakatlari postin-
dustrial jamiyat shakllanishining yangi bosqichiga – ilg‘or bilimlar yaratish, tarqatish va foydalanishga asosla-
nadigan iqtisodiyot yaratishga o‘tishi hisoblanadi. Jamiyatda kam uchraydigan noyob ko‘nikma va qobiliyatlar,
ularni doimiy ravishda o‘zgarib turadigan faoliyat sharoitlariga moslashtirish, yuqori malakali va yetakchi ishlab
chiqarish resursiga, shaxsning sotsial maqomi va moddiy farovonligining asosiy omiliga aylanadi.
Bugungi kunda ilm va fandagi yutuqlar, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud obyektiv
omillardan samarali foydalanayotgan mamlakatlar o‘z rivojlanishlarida ilgarilab bormoqda. Va buning natijasida
o‘z fuqarolarining turmush farovonligini oshirishga va hayot sifatini yaxshilashga erishmoqdalar hamda ichki
iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlarning yangi tizimini shakllantirmoqdalar. Zamonaviy fan yutuqlaridan,
yangi texnika va texnologiyalardan foydalana olmayotgan mamlakatlar esa yuzaga kelgan yangi shart-sharoit-
larga moslasha olmayaptilar.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – raqobatbardosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosu-
vchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror
va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizning mustaqil taraqqiyoti davomida to‘plangan tajribalar dalolat beradiki, har qanday davlat iqti-
sodiyotining negizi bo‘lgan sanoat –integratsiya asosida hamda jahon hamjamiyati talablari darajasida ravnaq
topishi kerak.
2
Shavqiyev E. . Sanoat iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: “STAPSEL” MChJ. nashriyot-matbaa bo‘limi, 2022, 181 bet.
3
Xolmatov N. B. Milliy sanoatlashuv jarayoni muammolarini o‘rganishga institutsional yondashuv “Iqtisodiyot va innovatsion texnologi-
yalar” Ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2020-yil, 1/2020 (№ 00045) 142 bet http://iqtisodiyot.tsue.uz,.
4
Umaraliyev B. A. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2017-yil. 2 bet. www.iqtisodiyot.uz
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
561
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.
№ 10-son.
O‘zbekiston sanoati oldida turgan dolzarb masala – ishlab chiqarilayotgan va qazib olinayotgan xom
ashyoni kompleks qayta ishlash, ya’ni chiqindisiz qayta ishlash asosida, respublikaning o‘zida uni tayyor mah-
sulotga aylantirishdadir.
Respublikada zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan qudratli qayta ishlash sanoatining
bunyod etilishi, uzluksiz o‘sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, mamlakat yalpi ichki mahsu-
lotining yuqori sur’atlarda o‘sishiga va yurtimizning har jihatdan uyg‘un rivojlanishiga, O‘zbekistonnin eksport
salohiyatini oshirishga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga va uning negizida bir qator tovarlarni import qil-
ishni butunlay to‘xtatishga sabab bo‘ladi.
Sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini quyidagi jadvaldan aniqroq ko‘rish mumkin (1-jadval).
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari
5
(amaldagi narxlarda, mlrd. so‘m)
|