• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Boshlang‘ich sinf darslarida muammoli ta’lim texnologiyalari yoqubova Hilola Asrorjon qizi, Buxdupi 1-bosqich magistranti




    Download 340,45 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.01.2024
    Hajmi340,45 Kb.
    #136285
      1   2   3
    Bog'liq
    BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI



    396 
    BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 
    Yoqubova Hilola Asrorjon qizi, 
    BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
    f.f.f.d.(PhD) D.B.Axmedova 
    Annotatsiya: 
    Ushbu 
    maqolada 
    boshlang‘ich sinf darslarida muammoli ta’lim 
    texnologiyalaridan foydalanish usullari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fikrlash qobilyatini oshirishda 
    muammoli vaziyatning ahamiyati, muammoli vaziyatlarni yaratish va qo‘llay olish ko‘nikmalari, 
    muammoli ta’limning maqsadi haqida mulohazalar yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar: Muammoli ta’lim texnologiyalari, maqsadi, muammoli ta’lim texnologiyasi 
    tarixi, suqrotona suhbatlar, so‘zdan so‘z yasash. 
    Muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. 
    Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan 
    boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan 
    kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda 
    jiddiy ahamiyatga ega. 
    Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuga 
    doir 
    muammolarni to‘liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli 
    ta’limni amaliyotda qo‘llashda asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli 
    vaziyat yaratishdan iborat. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar darslar jarayonida muammoli 
    vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko‘zda tutishlari kerak.
    1
    Muammoli vaziyat yaratish usullari: 

    o‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish 
    yo‘lini topishni taklif qiladi; 

    bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi; 

    hal etish uchun yetarli bo‘lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo‘lgan yoki savolning qo‘yilishi 
    noto‘g‘ri bo‘lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar. 
    Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: 

    o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi; 

    o‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda topadi; 

    o‘quvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar. 
    Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar: 

    muammoni turli nuqtai-nazardan o‘rganish, tahlil qilish; 

    solishtirish, umumlashtirish; 

    faktlarni aniqlash va qiyoslash; 

    vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish; 

    o‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar. 
    Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi 
    Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan 
    keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda 
    Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo‘nalishda tadqiqotlar 
    olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. 
    Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni o‘quvchilarga tayyor holda berish emas, ular 
    tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-tadqiqotlarini bajarish asosida 
    o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. 
    O‘zbekistonda muammoli ta’limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida maktab va 
    madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o‘quvchilarda ziyraklik, 
    hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan. 
    Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. 
    Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi 
    va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda 
    o‘qituvchining o‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi 
    noto‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar 
    nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin; 
    1
    XTMFMTTEBga qarashli 13-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi 
    Jumaniyozova Manzuraning shaxsiy veb sayti 


    397 
    1. Savol-javoblar orqali o‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda 
    aniqlash. 
    2. O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, 
    o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 
    3. O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi. 
    4. O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan odamdek, o‘quvchidek tutib, savollar berib boradi. 
    5. O‘quvchining to‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, 
    so‘zlashga jalb qilish. 
    6. O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 
    7. O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy 
    asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va 
    o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltiriladi. 
    Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo‘lib, ammo buning jiddiy 
    shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot 
    madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kabilardan iborat. 
    Muammoli ta’lim an’anaviy o‘qitish medodikasiga tayanadi. 
    Muammoli vaziyatni yaratishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasi kengligi, tahlil qila olish 
    qobiliyati, izlanuvchanlik faoliyati hisobga olingan holda savollar o‘rtaga tashlanilishi maqsadga 
    muvofiq. Berilayotgan har bir savol o‘quvchini fikrlashga undashi, uni qaysidir yashirin ijodiy 
    qobiliyatlarini ochib berishi kerak. 
    Ona-tili va o‘qish savodxonligi darslarining maqsadlaridan biri lug‘at boyligini oshirish, yangi 
    lug‘atlar bilan tanishtirish. 1-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilgan “Bolalarning sevimli 
    bayrami” bo‘limida “Bu qanday bayram?” matniga e’tiborimizni qaratsak. Darsda muammoli vaziyatni 
    yaratamiz. Biz yaratgan muammoli vaziyat darsdan chetga chiqmagan holda, dars davomida bajariladi. 
    O‘quvchilarga savollarni qiyinlik darajasini oshirib borish orqali muammoli vaziyatga olib kiramiz. 
    - Qanday bayramlarni bilamiz? 
    - Bayramlarni nishonlash yoqimlimi? 
    - Siz bayramlarni yoqtirasizmi? 
    - Mustaqqillik bayramini qachon nishonlaymiz? 
    - Mustaqqillik bizga nima berdi? 
    - Mustaqqil yurt farzandi ekanligingizdan faxrlanasizmi? 
    Berilgan har bir savolimizga o‘quvchilar zavqlanib, faxr-iftixor bilan savollarga javob berishdi. Bu 
    savollar bilan biz muammoli vaziyatga zamin tayyorladik, endi muammoni o‘rtaga tashlaymiz. 
    - Mustaqqillik so‘zi nechta tovushdan iborat? 
    - Mustaqqillik so‘zidagi m, s, t, q, l, undoshlari va u, a, i, unlilari ishtirokida yangi so‘z hosil 
    qiling! 
    O‘quvchilar uchun berilgan so‘zdan so‘z yasash muammosi 1-sinf uchun ozgina qiyindek tuyiladi, 
    lekin ular buni amalga oshira olishlariga o‘qituvchining ishonchi ular uchun muhim sanaladi. Bu 
    topshiriqni daftarlariga bajarishni aytsak bu muammo emas mustaqqil topshiriqqa misol bo‘ladi, shuning 
    uchun biz muammoni hal qilishda sinf doskasidan foydalanamiz. Har bir o‘quvchi o‘zi tuzgan yangi 
    so‘zni doskaga chiqib yozadi. O‘quvchilarga o‘zi topgan so‘zni o‘zi yozish vazifasi berilsa bu ular uchun 
    yana bir ruhlantirish, ular yanada ko‘proq tuzishga, izlanishga harakat qiladi. Har bir tuzilgan so‘z uchun 
    o‘quvchilarni rag‘batlantirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘z tuzish vazifasi berilganda biz 
    o‘quvchilarga misollar orqali tushuncha berishimiz kerak. Misol uchun: tam, tut, til, so‘zlari mustaqqillik 
    so‘zidagi harflardan iborat. O‘quvchilar topshiriqni bajarayotgan vaqtda osson so‘zlardan boshlab qiyn 
    so‘zlarni ham tuzishdi. Tam, tut, til, tim, sim-sim, tutuq, qum, mustaqqil, Salima, ilik, kalit, kamalak, qil, 
    taq-taq, taq-tuq, usta, katta, alla, sut, aql, takka, kam, quti, qiltiq, qattiq, kim, miltiq, mitti, asal, sumalak, 
    musiqa, ta’ma, issiq, laqma, mukammal, mukammallik, kit, it, laqqa, ta’til, Muslima, ikki, qilma, 
    qutulma, ilm, sumka, ilma, qismat. Biz o‘quvchilar bilan birgalikda dars davomida 48 ta yangi so‘z 
    tuzishga muvaffaq bo‘ldik, o‘quvchilar o‘zlari qilgan ishdan faxrlanishdi. Sababi biz buncha so‘z 
    topishimizni o‘ylamagan edik. 
    Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich sinf darslarida muammoli ta’lim texnologiyalaridan 
    foydalanish o‘quvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini ostirishda va tafakkurini yuqori 
    cho‘qqilarga olib chiqishga, o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, 
    nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga xizmat qiladi. 


    398 

    Download 340,45 Kb.
      1   2   3




    Download 340,45 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinf darslarida muammoli ta’lim texnologiyalari yoqubova Hilola Asrorjon qizi, Buxdupi 1-bosqich magistranti

    Download 340,45 Kb.
    Pdf ko'rish