II bob. Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchilariga axborot




Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana26.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#65152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot
12.2 маъруза, 11-sinf 1-2-3-4-chorak test (7), 12-Lekciya, Цeль paбoты, Химические методы колич анализа , 7-sinf III-chorak test, мультимедиа лаборатория, O\'RTA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN HARAKATLI O\'YINLAR, SPINLI ELEKTRONIKA VA ELEMENTLARI, 200 курс Рухсат этилган сифатни таъминлаш хусусияти айси хусу, informatika 7 uzb, arifmetika(osson), arifmetika(osson), Mustaqil uzbekiston 2023
II bob. Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchilariga axborot 
texnologiyalarini o’qitishning metodik asoslari 
2.1-§. Axborot texnologiyalarini o’qitishda marshrutlash va operatsion 
kartalar saiy-harakatlar asosi sifatida 
ATni o‘rganish ma‘lum faoliyat turini (tadqiqotimizning birinchi bobi 1.1-
bandiga qarang), saiy-harakatlar tizimi, elementar operatsiyalarni o‘zlashtirish 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular bo‘lajak Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarida AT 
sohasida yangi bilimlar va uquvlarning shakllanishiga yordam beradi. Aqliy saiy-
harakatlarning shakllantirish jarayoni tashqi (moddiylashgan) saiy-harakatning 
ichki (aqliy) saiy-harakatga bosqichma-bosqich o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. 
Aqliy saiy-harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasiga asosan 
har qanday yangi saiy-harakatga o‘rgatish (P.Ya.Galperin, N.F.Talizina) topshiriq 
bilan tanishish, topshiriq to‘g‘risida dastlabki tasavvurni tuzishdan boshlanadi. 
Topshiriq tashqi ravishda eslatma, sxema, chizma va x.k. ko‘rinishda taqdim 
etilishi mumkin. Topshiriqni bunday moddiylashgan berishda yangi saiy-harakatni 
o‘zlashtirish tezroq boradi. Saiy-harakatni o‘zlashtirish – bu topshiriq qanday 
ko‘rsatilganini shunchaki esga tushirish emas, balki yangi material bilan takrorlay 
bilish va berilgan mahsulotni bu yangi materialdan yangidan hosil qilishdir. 
Buning uchun yangi topshiriq o‘z ichida faqat namunaga ko‘rsatmanigina emas, 
balki yangi materialning u ustida berilgan saiy-harakatni bajarish imkonini 
beruvchi belgilanish ham bo‘lishi kerak, ya‘ni ma‘lum MSM (ma‘lum saiy-
harakatlar namunasi) mavjud bo‘lishi lozim. 
Axborot texnologiyasi tushunchasining tadqiqotimizning 1.1-bandidan 
o‘tkazilgan gnoseologik ildizlari tadqiqoti bu tushuncha ta‘lim sferasining sanoat 
ishlab chiqarishidan o‘tganligini ko‘rsatdi, shuning uchun sanoat texnologiyalarini 
o‘zlashtirish metodlarini BSF talabalarini o‘qitish amaliyotiga moslashtirib 
ko‘chirish mumkin deb hisoblaymiz. 
Sanoat texnologiyasini tavsiflash va egallangan metodlari yetarlicha puxta 
ishlab chiqilgan va tegishli texnik adabiyotlarda taqdim etilgan texnologiyani 


40 
o‘zlashtirish mazkur texnologiyani tavsiflovchi va ijrochi uchun ―yo‘llanma‖ rolini 
bajaruvchi maxsus marshrut va operatsin kartalar yordamida amalga oshiriladi. 
Marshrut kartasi – bu ―buyumni tayyorlash texnologik jarayonini barcha 
operatsiyalar bo‘yicha texnologik ketma-ketlikda ... qurilma, jihozlar to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlarni ko‘rsatish bilan tavsifini o‘z ichiga olgan hujjatdir.
ATni o‘rganish doirasida marshrut kartasi talabalarning yiriklashtirilgan saiy-
harakatlari (operatsiyalari) ro‘yxatini ularning bajaralishi ketma-ketligini va 
ularnig amalga oshirish uchun zaruriy dasturiy va axborot vositalarini ko‘rsatish 
bilan o‘z ichiga olida hamda MSNning tayanch nuqtalari rolini bajardi (1-jadval). 
Operatsion kartalar (2-jadval) marshrut kartalaridan farqli o‘laroq marshrut 
kartasida ko‘rsatilgan har bir operatsiyani talabalarning texnologiya doirasidagi 
elementar saiy-harakatlari ketma-ketligi ko‘rinishidagi (―Caps Lock‖ klavishingi 
bosing, asboblar panelida J tugmasiga sichqonchaning chap klavishi bilan bosing‖ 
va x.k.) batafsil tavsifidan iborat bo‘ladi. 


41 
1-jadval. Word matn muharririda matn yaratishning marshrutli kartasi 
T/R 
Operatsiya nomi va marshruti 
Zaruriy dasturiy va apparat vositalari 

Saxifa parametrlarini o‘rnatish 
Fayl menyusi, klaviatura, sichqoncha 

Matnni xomaki terish 
Klaviatura 

Matn Hujjatini formatlash 
―Format‖ menyusi, asboblar paneli
sichqoncha 

Hujjatga grafik ob‘yektlarni qo‘yish 
―Vstavka‖ menyusi, asboblar paneli, 
sichqoncha 

Hujjatni dastlabki ko‘rish 
―Fayl‖ 
menyusi, 
asboblar 
paneli, 
sichqoncha 

Hujjatni saqlash 
―Fayl‖ 
menyusi, 
asboblar 
paneli, 
sichqoncha 

Hujjatni chop qilish 
―Fayl‖ 
menyusi, 
asboblar 
paneli, 
sichqoncha 
2-jadval. Word matn muharririda Hujjatni yaratish operatsion kartasi 
T/R 
Operatsiya nomi va marshruti 

Saxifa parametrlarini o‘rnatish 
O‘tish mazmuni 
Elementar saiy-harakatlar 
1.1 
Hujjatda quyidagi maydon chegaralari 
o‘rnatilsin: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 
2sm; chapdan – 2,5 sm; o‘ngdan 1,5 sm 
Gorizontal 
menyu ―Fayl‖da ―Parametrq 
stranitsa‖ sichqoncha bilan tanlansin. ―Polya‖ 
vkladkasida sichqoncha bilan  va  
tugmalarini ulab (yoki klaviaturadan kiritib) 
tegishli oynalarda ko‘rsatilgan qiymatlarni 
o‘rnating. 
1.2 
Varaqning 
―kitobli‖ orientatsiyasini 
o‘rnating 
―Fayl‖ menyusida ―Parametrq stranitsa‖ 
―Razmer bumagi‖ vkladkasida sichqonchani 
bosib, ―Oirentatsiya – Knijnaya‖ bayroqchasi 
o‘rnatilsin va OK tugmasi bosilsin. 

Matnni xomaki terish 
2.1 


42 
ATni bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari o‘zlashtirishlarining 
boshlang‘ich bosqichida, bizning fikrimizcha, ma‘lum berilgan xossali axborot 
xossalariga ega bo‘lgan axborot mahsulotini olish uchun MSN sifatida marshrut va 
operatsion kartadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida operatsion kartalar, 
har qanday ATni o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan elementar saiy-harakatlar 
naborini o‘zlashtirishganliklari shartida konkret operatsiyalarni bajarish algoritmini 
o‘z ichiga oladi (kontekst menyusini chaqirish, menyu punktlarini tanlash, asboblar 
panelini tanlash va ob‘yekt bilan ishlash va x.k.). 
SHunday qilib, operatsion kartaning mavjudligi talabalar saiy-harakatini 
formallashtiradi, algoritmik tafakkur shakllanishiga yordam berdi va tez-tez 
ishlatiladigan operatsiyalarni o‘zlashtirish vaqtini qisqartiradi. 
Marshrut kartasini algoritm deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki har bir 
yiriklashtirilgan operatsiyani bajarishni turlicha amalga oshirish mumkin. Bitta 
marshrut kartasining o‘zi (1-jadval) aslida bir-biridan farqli operatsion kartalar 
to‘plamlari (2, 3-jadvallar) yordamida amalga oshirilishi mumkin (5-rasm). 
3-jadval 
Word matn muharririda Hujjat yaratish operatsion kartasi 
T/R 
Operatsiya nomi va marshruti 

Saxifa parametrlarini o‘rnatish 
O‘tish mazmuni 
Elementar saiy-harakatlar 
1.1 
Hujjatda 
quyidagi 
maydon 
chegaralari o‘rnatilsin: yuqoridan – 2 
sm, pastdan – 2sm; chapdan – 2 sm; 
o‘ngdan 2 sm 
Gorizontal 
menyu 
―Fayl‖da 
―Parametrq 
stranitsa‖ sichqoncha bilan tanlansin. ―Polya‖ 
vkladkasida sichqoncha bilan  va  
tugmalarini ulab (yoki klaviaturadan kiritib) 
tegishli oynalarda ko‘rsatilgan qiymatlarni 
o‘rnating. 
1.2 
Varaqning ―kitobli‖ orientatsiyasini 
o‘rnating 
―Fayl‖ menyusida ―Parametrq stranitsa‖ 
―Razmer bumagi‖ vkladkasida sichqonchani 
bosib, 
―Oirentatsiya 
– 
Alg‘mobnaya‖ 
bayroqchasi o‘rnatilsin va OK tugmasi bosilsin. 

Matnni xomaki terish 


43 
Shunday qilib, faqat marshrut va operatsion karatlardan majmuaviy 
foydalanilgandagina ATni (aniq masalaning yechilishini) bir qiymatli tavsiflash va 
amalga oshirish mumkin. 
Marshrut 
va 
operatsiya 
kartalarning 
bu 
ko‘rsatilgan 
vazifasi 
va 
imkoniyatlariga asoslanib, bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilariga ATni 
o‘qitishda ularni MSN sifatida qo‘llashni ushbu ketma-ketlikda amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 
1. Konkret texnologiyaning asosiy tushunchalari bilan tanishish. Elementar 
saiy-harakatlar to‘plamini o‘zlashtirish. 
2. Tez-tez ishlatiladigan operatsiyalarni bajarish malakasini shakllantirish 
uchun yo‘llanma sifatida marshrut va operatsion kartalardan foydalanib 
topshiriqlarni bajarish. 
3. Yo‘llanma sifatida faqat operatsion kartalardan (tanyach nuqtalardan) 
foydalanib, topshiriqlarni bajarish. Bunda operatsion kartalar talabalar tomonidan 
mustaqil tuziladi va keyin esa kompyuterda amalga oshiriladi. Bu bosqich tez-tez 
ishlatiladigan texnologiya operatsiyalarining o‘zlashtirilishi ustidan nazorat amalga 
oshiriladi. 
4. Hech qanday yo‘llanmalar berilmasdan, lekin marshrut kartalarining 
oldindan to‘ldirilib, topshiriqlarni mustaqil bajarish. Mazkur bosqich talabalarning 
o‘rganilgan texnologiyani o‘z faoliyatini rejalashtirish (marshrut kartalari) bilan 
konkret masalalarini yechish uchun qo‘llash uquvini nazorat qiladi. 
Masalani (topshiriqni yechishni kompyuterda amalga oshirish talabalarga 
olingan axborot mahorati va shart bo‘yicha talab qilingan axborot mahsulotini 
vizual qiyoslashni o‘tkazish imkonini beradi. 
Talabalarni o‘qitishda marshrut va operatsion kartalardan foydalanish, bir 
tomondan, ATni o‘rganishga umum texnologik yondoshuvni aks ettiradi, ikkinchi 
tomondan, aqliy va amaliy saiy-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirishda 
MSN rolini bajardi, bu esa, bizning fikrimizcha, ATni o‘qitishda ularning qo‘llash 
amaliy maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida guvoxlik beradi. 


44 

Download 1.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Bo’lajak boshlang’ich sinflar o’qituvchilariga axborot

Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish