|
Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish
|
bet | 5/15 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 43,64 Kb. | | #259460 |
Bog'liq Boshlang’ich sinf oquvchilannmg axborot savodxonligini shakllant (1)Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish
Reja:
1. Axborotlarning turlari
2. Matnli axborotlar haqida ma’lumot berish
3. Sonli axborotlar haqida ma’lumot berish
Axborot haqida
Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig’ish, saklash, qayta
ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo’nalish
— informatika vujudga keldi. XX asrning 50- yillarida yangi fan – informatikaga
asos solindi. Informatika termini fransuz so’zlari information (axborot)
va automatique (avtomatika) negizida hosil bo’lgan. Informatika kompyuter
texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni
izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan
shug’ullanuvchi fandir.Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi
asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini
o’rganadigan fandir.emak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika
fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatika tavsifi. Informastiya iste’molchisi – axborotni kaerda va kaysi
anik masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga karab unga baxo beradi.
Shunga ko’ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabxalarga ajratish
mumkin.
Informatika urganadigan va uzaro boglangan uchta asosiy tushuncha bor.
Bular axborot, algoritm va EXM dir.
Axborot tushunchasi
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar
xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda,
musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari
Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli
ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan axborot.
Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborot.
Informatikasohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
|
| |