|
Boshlang’ich sinf oquvchilannmg axborot savodxonligini shakllantirishni tushuntirish
|
bet | 6/15 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 43,64 Kb. | | #259460 |
Bog'liq Boshlang’ich sinf oquvchilannmg axborot savodxonligini shakllant (1)Axborotning asosiy xossalari:
1.
to’liqlik;
2.
yaroqlilik;
3.
ishonchlilik;
4.
dolzarblik;
5.
tushunarlilik.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va
jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi
matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari.
Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli
ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
•
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror
voqea-xodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi.
•
Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan
ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot.
•
Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi
axborotlar.
•
Video va audeo ko’rinishdagi ma’lumotlar
Axborot nima?
Ma’lumki, axborot (lotincha informatio – tushuntirish, xabar olish bayon etish,)
– biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to’plamini
ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi
organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir.
Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot
yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki
kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi
«avval noma’lum bo’lgan biror xabarni yetkazishdir.
Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari,
xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik
organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola,
e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish,
unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot
miqdorida yetkaziladi.
Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga
hech qanday qizig’i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim
ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu
belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi.
Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini
anglash mumkin.
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi
o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega
emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:
•
Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;
•
Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;
•
Radioto’lqinlar ko’rinishida;
•
Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;
•
Magnit yozuvlari ko’rinishida;
•
Imo-ishora va mimika orqali;
•
Hid va ta’m ko’rinishida;
•
Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar
ko’rinishida.
Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy
dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot
ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida
uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali
uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul
qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida
dekodlashtiriladi.
|
| |