|
BOSHLANG‘ICH SINFDA MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDABog'liq 76-78BOSHLANG‘ICH SINFDA MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA
O‘QUVCHILARDA TEJAMKORLIK KO‘NIKMASINI TARKIB TOPTIRISH
M.M. Qosimova,
BuxDU dotsenti
Z.U. Usmonova,
1-bosqich magistranti
Annotatsiya
Maqolada o‘quvchilarni tabiiy boyliklarimizdan unumli foydalanishga o‘rgatish
muammosi yoritilgan. Asosan vaqt, suv, elektr energiyasidan tejamkorona foydalanish masalalari tahlil
qilingan. Boshlang‘ich sinfdanoq o‘quvchilarni mustaqil va erkin fikrlaydigan, o‘z fikrini erkin bayon
qila oladigan inson qilib tarbiyalash o‘qituvchilarning bosh vazifasiga aylanmog‘i kerak. Bunday xislatlar
esa kelgusida raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalashning poydevordir. Matematika darslarida masalalar
o‘quvchilarni ziyrak, topqir, samimiy, Vatanini sevuvchi, do‘stlikni ulug‘lovchi, tejamkor, mustaqil fikr
egasi sifatida tarbiyalash uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
tejamkorlik, tabiiy boyliklar, vaqt, suv, elektr energiyasi.
Quyida masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish bo‘yicha ayrim
dalillarni yoritib bermoqchimiz.
1.
Vaqtni tejash yoki vaqtdan unumli foydalanish.
Vaqt imkoniyatlar kalitidir. Hayot vaqtdan iborat. Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir.
Yo‘qotilgan vaqtini hech qachon qaytarib bo‘lmaydi.Yoshlarga orzularini ro‘yobga chiqarish, ularga
tezroq amalga oshirish uchun imkoniyatlar qayta-qayta berilavermaydi. Yoshlarimizga talaba bo‘lishdek
baxt, imkoniyat berilgan ekan bu imkoniyatda vaqtdan unumli foydalanishimiz muhim. Asosiysi til
o‘rganishga, kompyuter texnologiyalarini o‘rganishda, tikish-bichish sirlaridan xabardor bo‘lishga, turli
xildagi pishiriqlar pishirishni o‘rganishda sarflasak hech qachon bizga zarar qilmaydi. Vaholanki, har
bir inson 24 soatdan iborat sutkalik vaqtni to‘g‘ri ta’qsimlay olsa, qolaversa haftalik taqsimotni har bir
daqiqasidan unumli foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayrim hollarda ko‘ramizki, yoshlarimiz internet tarmoqlaridan maqsadsiz foydalanib o‘z vaqtlarini
bekorchi o‘yin, informatsiyalarga yo‘qotadi. Bu esa vaqtning besamar ketishi hisoblanadi, vaqtimizni
tejash orqali hayotimizda berilgan imkoniyatlardan yuqori darajada foydalanish ‒ bilim, til, kasb-hunar
o‘rganish orqali maqsadimizni amalga oshirish yo‘lidagi muhim bosqichdir deb o‘ylayman.
|
| |