bo‘lakka bo‘ling. har bir bo‘lak nima deb ataladi va qanday son bilan ifodalanadi? 1 butunda nechta chorak (to‘rtdan bir) bor? Yarimda nechta chorak bor?




Download 17.96 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi17.96 Kb.
#74712
1   2   3
Bog'liq
kasr
2253-сон 11.08.2011. Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida, МАЖ.Эл.тар.ЛОТ (2), kimyo labaratoriya, kimyo mustaqil ish2, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, Metallorganik birikmalar va ularning ahamiyati, 21 маъруза Шаҳар электр тармоқларида электроэнергияни ҳисобга2 uz-assistant.uz, Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar, kafolat xat ota onalarga yozgi ta\'til 2023, O\'rnatilgan tizimlar yakuniy, s60LB1M4KDeJwKX2ry42MubwmleGxwpEE2d0Qnpw, Mahmudov Erkinjon, Shaxsiy ish reja Xodjayev 2023-24, 5-ma\'ruza

bo‘lakka bo‘ling. har bir bo‘lak nima deb ataladi va qanday son bilan ifodalanadi? 1 butunda nechta chorak (to‘rtdan bir) bor? Yarimda nechta chorak bor?

O‘quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish o‘kitish dasturiga binoan ikkinchi sinfdan boshlanadi. Bunda o‘quvchilar 5 soat davomida kasrlarning hosil bo‘lishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va berilgan ulushiga ko‘ra sonning o‘zini topish bilan tanishadilar. III sinfda birning ulushlari haqidagi ma’lumotlar ancha kengaytiriladi. Bunda o‘quvchilar II sinfda qaralgan ba’zi ulushlarni hosil qilish usulini takrorlash bilan bir qatorda birning bir nechta ulushidan iborat ulushlarning hosil bo‘lish protsessi bilan tanishadilar; shu asosda o‘quvchilarda kasr butunning bir nechta ulushi to‘plamidan iborat, degan tasavvur hosil bo‘ladi.

Bu temani o‘rganish kasr sonlarni o‘rganishning boshlang‘ich zvenosi bo‘ladi, shu bilan birga sonlar arifmetikasi bilan geometriya boshlang‘ich elementlari (kesma ulushi) orasidagi bog‘lovchi zveno ham bo‘ladi. Kasr tushunchasi matematikada katta rol o‘ynovchi hamda boy amaliy tatbiqlarga bo‘lgan (miqdorlarni o‘lchash) miqdor tushunchasining o‘zi bilan uzviy bog‘langan. SHu shababli bu temani o‘rganishda o‘quvchilarda kasrlar haqida to‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishini, shu tushuncha bilan bog‘liq masalalarni yechish malakalarining tarkib topishini ta’minlash muhimdir.
Kasr tushunchasini shakllantirish har xil predmetlarni teng qismlarga bo‘lishdan boshlanadi, bu predmetlarning har birini biz bir butun deb qaraymiz. Abstrakt kasr tushunchasi, aftidan, shu konkret bo‘lishdan, sindirishdan, maydalashdan, yoyishdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Bu boshlang‘ich bosqichni o‘quvchi bir necha yil ilgari bosib o‘tgan. Maktabacha yoshdayoq unga olmalar, pryaniklar va konfetlarni bo‘lishga; qovun va tarvuzlarni, bodring, pomidorlarni kesishga to‘g‘ri kelgan edi va o‘sha davrdayoq ko‘p marta butunning yarmi, choragi, uchdan biri va boshqa ba’zi bir ulushlari haqida gapirilgan.
Bolalarning figurani teng bo‘laklarga bo‘lish borasida to‘plagan tasavvurlari va malakalari ularda butunning ulushlari tushunchasini tarkib toptirishda asosiy boshlang‘ich tayanch bo‘ladi.
II sinfda matematika o‘qitishning asosiy maqsadi birning 1/2, 1/3, 1/4, 1/6, 1/8 ulushlariga oid aniq tasavvurlarni hosil qilishdan iborat.
Kasrlarni o‘rganishda ko‘rsatmalilik va ko‘rsatma qurollar masalasi, ayniqsa muhimdir. Kasrlarni o‘rganishning bu bosqichida o‘qitish to‘la ko‘razmali bo‘lishi, ayniqsa zarur. SHuning uchun ulushlarning hosil bo‘lish jarayonini ko‘rilayotanligi munosabati bilan iloji boricha ko‘proq turli aniq predmetlar: olma, lenta va boshqa har xil geometrik figuralarning modellarini teng bo‘laklarga bo‘lishga doir amaliy mashqlarni ko‘proq o‘tkazish kerak.
Kasrlarni taqqoslash
Bir xil maxrajli kasrlardan qaysi birining surati katta bo‘lsa, o‘sha kasr kattadir.
Bir xil maxrajli kasrlardan qaysi birining surati kichik bo‘lsa, o‘sha kasr kichikdir.
Bir xil maxrajli kasrlarni taqqoslash uchun ularning suratlarini taqqoslash kifoya.


Download 17.96 Kb.
1   2   3




Download 17.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bo‘lakka bo‘ling. har bir bo‘lak nima deb ataladi va qanday son bilan ifodalanadi? 1 butunda nechta chorak (to‘rtdan bir) bor? Yarimda nechta chorak bor?

Download 17.96 Kb.