• 1.1.Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasining umumiy masalalari.
  • Mavzu: kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Reja




    Download 83,76 Kb.
    bet1/4
    Sana11.12.2023
    Hajmi83,76 Kb.
    #116306
      1   2   3   4

    MAVZU:KASR TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH MЕTODIKASI.
    REJA:
    1.Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasining umumiy masalalari
    2. Ulush va butunning ulushini topish.
    3.Ulushga ko’ra butunni topish.

    Tayanch tushunchalar: oʻnli kasr,aralash kasr, surat, maxraj, kasr chizigʻi, matematika, texnologiya, axborot, interfaol, didaktika, dars, metod, koʻrsatmalilik, taqdimot, talablar, ulush, butunni topish, butunning qismini topish.
    1.1.Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasining umumiy masalalari.
    “Kasr” arabcha “kasara” soʻzidan olingan. “Kasr”- boʻlak, “Kasara”- esa maydalash, sindirish degan maʼnoni bildiradi. Turli kattaliklarni oʻlchash, boʻlish masalalari kasr tushunchasiga olib keldi. Bu tushuncha kishilarning amaliy faoliyatiga juda qadimdan kirib kelgan. “Kasrlar mavzusini oʻrganishda kasrlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash. Bir xil (teng) suratli va bir xil maxrajli kasrlarni taqqoslash. Bir xil maxrajli kasrlarni qoʻshish va ayirish” kabilarni yechish oʻrgatiladi. “Oʻquvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 4-sinfdan boshlanadi1”. “Kasrlarni hosil boʻlishi, ularni taqqoslash, sonni ulushini topish va berilgan ulushiga koʻra sonning oʻzini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1 ning ulushi va bir necha ulushi, uning yozma koʻrinishi tasavvurlariga ega boʻladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, middorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bogʻlangan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlangʻich sinfdan oldin, yaʼni maktabgacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlangʻich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha boʻlaklarga boʻlib koʻrgan va boshlangʻich tushunchalarni olgan. Shu maqsadda bolalarni ulushlar bilan tanishtirish, taqqoslashni oʻrgatish, sonning ulushlari va ulushi boʻyicha sonni topishga doir masalalarni yechish koʻzda tutiladi. Aytib oʻtilgan barcha masalalar koʻrgazmali qilib ochib berildi”2. Masalan:

    • Berilgan modellarga mos kasr son, uning surati va maxraji topiladi.

    Kasrlar

    Surat

    Maxraj

    1/2

    1

    2

    1/3

    1

    3

    1/4

    1

    4

    Berilgan topshiriqni “Tezkor savol-javob” metodi orqali bajarish tavsiya etiladi.
    Bir hafta necha kundan iborat? (7 kundan)
    Dushanba haftaning qanday qismi? (Yettidan bir)
    Bu son qanday yoziladi? (1/7)
    Kasrning maxraji nechaga teng? (7 ga)
    Surati-chi? (1)
    Bahor fasli bir yilning qanday qismi? (1/4 )
    Nima uchun? (Chunki bir yil 4 fasldan iborat.)
    Kasrning surati nechaga teng? (1 ga) Boshlangʻich maktabda ulushlar va kasrlar bilan dastlabki tanishishni V sinfda kasrlarni oʻrganishga tayyorgarlik sifatida qarash lozim. Toʻrt yillik boshlangʻich maktabning III sinfi dasturida sonning ulushini va ulushiga koʻra sonning oʻzini topish masalasi qaraladi. IV sinfda esa sonning bir necha ulushlarini topishga doir masalalar yechiladi. “Oʻquvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturiga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil boʻlishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va berilgan ulushga koʻra sonning oʻzini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1 ning ulushi va bir necha ulushi va uning yozma koʻrinishi tasavvurlariga ega boʻladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bogʻlangan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlangʻich sinfdan oldin, yaʼni maktabgacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlangʻich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha boʻlaklarga boʻlib koʻrgan va boshlangʻich”3 tushunchalar berilgan. “SHu maqsadda bolalarni ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni oʻrgatish, nonning ulushlari va ulushi boʻyicha sonni topishga doir masalalarni yechish kuzda tutiladi”4. “Aytib oʻtilgan barcha masalalar koʻrgazmali qilib ochib beriladi”5.



    Download 83,76 Kb.
      1   2   3   4




    Download 83,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Reja

    Download 83,76 Kb.