Nazorat savollari:
Kasr haqida siz qanday maʼlumotga ega boʻldingiz? Fikringiz.
Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi qisqa mazmuni nimadan iborat ekan?
Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyatini siz nima deb oʻylagan boʻlar edingiz?
QIZIQARLI MASALA.
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
1-Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?
Keys uchun vaziyat.
1-sinfda 30 ta o‘quvchi bor. O‘quvchilarning 10-15tasi matematika darsida yaxshi tushunib, yaxshi bajardi. O‘qituvchi hammaga bir xil tushuntiradi. Qolgan o‘quvchilar vaqtida o‘zlashtira olmaydi.
Agar o‘qituvchi ularni kutsa, vaqt yetmay qoladi. Natijada yil oxirida ortda qolgan ko‘pchilik o‘quvchilar matematika darsini yaxshi o‘zlashtira olmaydi.
Tahlil uchun savollar:
Sizningcha bu yerda kim aybdor?
Siz o‘qituvchining o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutardingiz?
O‘quvchilarga matematika darsini o‘zlashtirishi uchun qanday amaliy yordam ko‘rsatish mumkin?
|