• HISOBOTI Toshkent 2024
  • Maktab direktori
  • Boshlang‘ich ta’lim




    Download 24,33 Kb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi24,33 Kb.
    #238968
    Bog'liq
    Amaliyot hisoboti Begimkulova


    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
    “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Sirtqi bo‘lim (5 yillik) III bosqich
    422-guruh talabasi Begimqulova Dilbarning
    Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani 6 - umumta’lim maktabidagi malakaviy pedagogik amaliyotining bajarilishi tog‘risida
    HISOBOTI

    Toshkent 2024
    Pedagogik amaliyot bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining maktabdagi o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha kompleks ravishda ishining mazmuni va tizimi, o‘qituvchilar bilan suhbat, o‘quv-tarbiya ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan.Malakaviy o‘quv amaliyoti 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4- kurs (5 yillik sirtqi) 8-semestrda o‘tkazildi.
    Ishchi oʻquv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq 2024-yil 1-apreldan 30-aprelgacha oʻquv jarayonidan ajralmagan holda malakaviy oʻquv amaliyoti tashkil etildi.Bu fakultetimizda 4-kurslar uchun malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi tashkil etib o’tkazildi.Bunda amaliyot davrida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar tartibi bilan amaliyotchi talabalarimiz tanishtirildi
    Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 422-guruh talabalarining o‘quv tanishuv amaliyoti shu yilning 1-aprel sanasidan boshlandi. Amaliyot kundaligi,dars tahlili daftarining yuritilishi,darslarga tayyorgarlik bilan dars ishlanmasini tayyorlab kirish,o’quvchilarni ta’lim olishga qiziqtirish kabi muhim jihatlar sanab o’tildi. Men Begimkulova Dilbar Pedagogik amaliyotimni Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani, 6-umumtalim maktabning Boshlang’ich sinflarida bo‘lib o‘tdi. Oqqo’rg’on tumanidagi 6- umumta’lim maktabiga borib, maktab va maktab rahbariyati bilan tanishdim.
    Maktab direktori Boymirzayev Z, O’IBDO’ Usmanov D bilan tanishdim.
    3-,,E’’ sinf rahbari Tohirova Malikaga amaliyot o’tab ish o’rganish uchun biriktirildim.
    Boshlang’ich sinf taqvim rejasini tanishtirdim.Bunda har bir choraklar kesimida mavzularning ketma ketligi va olinadigan nazorat ishlari uning o’tkazish tartibi va nazorat ishidan keyin xatolar ustida ishlash haqida tushuncha berdim. Bunda o’quv yili 33-34 ta haftadan iborat bo’lib,o’quv yili davomida ona tili va o’qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar, darsi o’tiladi. Bundan tashqari haftada 1 soatdan tarbiya, sinf soati, texnologiya, tasviriy sana’t, musiqa, 2 soatdan jismoniy tarbiya, rus tili va ingliz tili kabi fanlar o’qitiladi.
    6-umumta’lim maktabining MMIBDO’ bilan uchrashuv tashkil etib uning ish rejasi bilan tanishib chiqdim.Haftada bir marta sinf soatini tashkil etib o’tkazish haqida batafsil ma’lumot berildi.Maktabning 3-E sinf xonasi 1-qavatda joylashgan bo’lib, shinam hamma kerakli jihozlar bilan, estetik did bilan bezatilgan.
    Boshlang’ich sinflarda darslarda ishtirok etib dars jarayonlarini kuzatib bordim. Dars kuzatish davomida о‘qituvchining о‘quvchilar bilan ish olib borish tartibi о‘rgandim.O‘quvchilarni diqqati, qiziqishi, о‘qituvchi tomonidan materialning taqdim etilishida oddiydan murakkabga borishi va ilmiy prinsipiga amal qilishi, kо‘rgazmali qurollardan foydalanishiga e’tibor qaratilishini bilib oldim. Malakaviy pedagogik amaliyotning 5-kuni amaliyotchi kuzatuvchi sifatida 2-A sinfida matematika fanidan “10 ga va 100 ga ko‘paytirish hamda bo‘lish” mavzusini qay tartibda o’tilishini kuzatdim. Dars jarayonida o’qituvchi mavzuning mohiyatini o’quvchilarga oson tushunadigan tarzda hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi.
    Dars ishlanmani tuzishni: darsni to’g’ri tashkil etishni, vaqtni to’g’ri taqsimlashni, dars jarayonida о‘quvchilarni diqqati, qiziqishi, о‘qituvchi tomonidan materialning taqdim etilishida oddiydan murakkabga borishi va ilmiy prinsipiga amal qilishi, kо‘rgazmali qurollardan foydalanishiga e’tibor qaratish keragligini darslarni kuzatish jarayonida bilib oldim.Dars kuzatishdan tashqari sinfdan tashqari ishlari qanday tartibda tashkil etilganligini o’rganib chiqdim.Amaliyot davrida o’zim ham biriktirilgan o’qituvchi nazoratida ona tili fanidan “
    Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar”, Matematika fanidan “O’nli kasrlar” mavzusida ochiq dars o’tib berdim Darsga qanday metodlardan va ko’rgazmalardan foydalanishimni birktirilgan amaliyot ustozim yo’nalish berdilar.har bir fanni mukammal o’rgatish uchun faqat dars mashg’ulotlari bilan cheklanib qolmaslik kerakligini har bir bola bilan alohida darsdan so’ng shug’ulanish kerakligini organdim. Amaliyot davri menga juda katta qiziqish ishtiyoq berdi ,bolalar bilan yanada ko’proq ishlashga undadi.
    Ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya fanlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan har bir fan bo’yicha ish reja jurnal yuritiladi. To’garaklar jadval asosida o’tildi va o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashni o‘rgandim.Sinf o‘quvchilarini pedagogik-psixologik jihatdan kuzatidim.boshlang’ich sinf tarbiyaviy soatida qatnashdim. Tarbiyaviy soat darslarida o’qituvchining bolalar bilan ishlash jarayonini kuzatdim. Ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya predmetlari bo‘yicha metodik va didaktik materiallar tayyorlashni o‘rgandim. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi bo‘yicha yarim yillik va yillik reja tuzishni o‘rgandnim.Dars jarayonida qo‘llaniladigan interaktiv metodlar bilan tanishib,darslarni kuzatib tahlil daftarimga yozib bordim.Ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, tarbiya, tabiiy fanlar, texnologiya predmetlari bo‘yicha qo‘llaniladigan interaktiv metodlar bilan ishlashni tashkil etilish bilan tanishdim.
    Xulosa: Malakaviy pedagogik amaliyotim mazmunli va foydali o’tdi. Amaliyot davrida maktab Nizomi, ichki tartib qoidalari, yо‘l xaritasi, boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalari, burch va majburiyatlari, ish rejasi va boshqa hujjatlari bilan tanishdim. Dars jarayonida ishtirok etib, o’quvchilarga sifatli bilim berishda pedagogning mahorati, qo’llagan metodlari naqadar muhimligini bilib oldim. O’quvchilar bilan ishlashda har bir o’quvchining psixologiyasini o’rganish va xarakteriga moslashgan holda ta’lim-tarbiya jarayonlarini olib borish pedagogdan katta mas’uliyat talab qilishini va bu masalada sabr-matonat bilan ish yuritish lozimligini o’zim uchun kashf etdim. Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash , o’zaro hurmat va qo’llab-quvvatlash orqali jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarimni shakllantirdim.


    Maktab direktori: ________ Boymirzayev Z
    Metod birlashma rahbar: ________ Azizkulova R
    Amaliyot rahbari: ________ Tohirova Malika
    Download 24,33 Kb.




    Download 24,33 Kb.