Boshlang’ich ta’lim




Download 85.44 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi85.44 Kb.
#40809
  1   2
Bog'liq
ATTESTATSIYA
ISP-FE, Pedagogikqobiliyatningturlarivaularningtasnifi

ATTESTATSIYA


savollari javoblari bilan
(Boshlang’ich ta’lim)

2022 yil
1.Oz komplektli maktablarda savod o‘rgatishda qanday mustaqil ishlardan foydalaniladi?


Rasm chizish, harf terish kartonidan, abakda analitik – sintetik ishlarni bajarish, bo‘g‘inlar kassasidan foydalanib so‘z tuzish, ichda o‘qish, yozuv daftarida yozish, hikoya tuzish
2.Fonematik eshitish qobiliyatini o‘stirish deganda nimani tushunasiz? So‘zlarni to‘g‘ri, aniq tallafuz qilish, tallaffuzda ayrim tovushlarni farqlash. Bo‘g‘indan tovushni ajrata olishni.
3. O‘qish va yozuv malakasi... Til va nutqqa oid malaka.
4. Ertakni o‘rganish darslarining qurilishiga oid hususiyat qaysi javobda noto‘gri izohlangan? Allegoriyani ochish
5. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar qaysi javoblarda qayd etilgan?
Izohli o‘qish, ifodali o‘qish, badiiy o‘qish, izlanish metodi, reproduktiv metod
6. Izohli o‘qishga kim, kachon asos solgan? K. D. Ushinskiy, XIX asrning 60-70-yillarida
7. «Tovushlar va harflar» mavzusini o‘rganishda qaysi metoddan foydalaniladi? Tahlil-tarkib metodidan
8. Ongli o‘qishni taminlovchi metodik shartlarni aniqlang. Ongli o‘qish o‘quvchining hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik manosini, gapda so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga bog‘liq.
9. To‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladigan usul berilgan javobni belgilang. Ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlash.
10. Savod o‘rganish jarayoni yozuv darslarida o‘tkaziladigan diktant turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Harfiy diktant, ta’limiy diktant.
11. Tanamizda nechta suyak bor? J: 200 dan ortiq suyak bor.
12. Katta yoshdagi odamning yuragi qancha boladi? J: 300 gramm atrofida
13. Katta yoshdagi odamlarning yuragi bir minutda necha marta uradi?
J: 70-72 marta, bolalarniki esa undan ko‘proq uradi
14. Katta yoshdagi odamda qancha qon boladi? J:5 litrdan ko‘proq qon bo‘ladi.
15. Odamda necha xil qon tomiri bor? J: ikki xil: arteriya va vena qon tomirlari
16. Nerv tizimi nimadan iborat? J:bosh miya, orqa miya va nerv tolalaridan
17. Bosh miya qayerda joylashgan? J: kalla suyagi ichida
18. Hazm qilish a’zolariga nimalar kiradi? J:ingichka ichak, oshqozon, jigar, buyrak, til va ogiz, qizilongach.
19. Ingichka ichakning uzunligi qancha boladi? J: 6-7 metr bo‘ladi.
20. Ovqat ingichka ichakdan o‘tguncha qancha vaqt ketadi? J:3-5 soat vaqt ketadi.
21..Endigina tug‘ilgan chaqaloq bir minutda necha marta nafas oladi? J 30-45 marta.
22. 9-10 yoshli bola 1minutda necha marta nafas oladi? J: 20-25 marta.
23.Bahs hikoyasi qahramoni Karimning otasi qaysi kasb egasi edi? J:Chopon
24.Ilmning omonati rivoyatida qaysi hunar tilga olingan? J: Temirchilik
25. Ilmning omonati rivoyatida chol shogirdlarini qanday sinadi ? J:Gul urugini berib sinadi
26. Ilmning omonati rivoyatida birinchi yigit gul urugini qanday saqladi? J: temir sandiqqa solib saqladi.
27. Ravshan qaysi hikoya qahramoni? J: Bobongiz xafa bolsalar maylimi?
28.On tilla mukofothaqida ertagida qaysi hayvon jarchi ekan? J: eshak
29. On tilla mukofot haqida ertagida qaysi hayvon Trener ekan? J: maymoq Ayiq.
30. On tilla mukofot haqida ertagida qaysi hayvon sudya ekan? J:Bo‘ri
31. On tilla mukofot haqida ertagida qaysi hayvon oyindan bosh tortdi? J:quyon
32. On tilla mukofot haqida ertagida qaysi hayvonni oyindan chetlatishdi? J:Kirpini
33. Hunaring ko‘p bo‘lgani bilan zo‘r emas ekan. Sen, og‘ayni, ko‘p hunarlarni ozoz bilgandan ko‘ra, bir hunarning ustasi bo‘l! Maqtanma G‘oz, hunaring oz! Maqtanma goz, hunaring oz rivoyatida ushbu gaplarni gozga kim aytgan? J:Qaldirgoch
34. Ular go‘yo qora chopon kiyib olgan kishilardek, yelkalarini qisib olgancha, zovur bo‘ylari-yu yo‘l chekkalarida salmoqli qadam tashlashadi. Atrofga alanglab olgach, yerdan nimalarnidir cho‘qilab yeyishadi.Ushbu parcha qaysi matndan olingan? J:Kumush fasl.
35. Osmon qorni eladi, Yerni oqqa beladi. Xuddi yumshoq par to‘shak, Dumalaging keladi.Ushbu parcha qaysi sherdan olingan? J:Qor alyori
36.Chana hikoyasi qahramonlari kimlar?J:Farhod, Dildora, Bahodir , Shavkat.
37. Hay-hay, ko‘rkam qish, Qorlari kumush. Guppa-guppa qor, Bo‘ralab yog‘ar.
Ushbu parcha qaysi sherdan olingan? J:Qish ham chiroyli
38.Qish ertagi qahramonlari kimlar? J:Tulkilar, quyonlar , tipratikan, qizilishton
39. Do’sting bilan dildosh bo‘l, Qilar ishiga qo’ldosh bo‘l. Ushbu maqol qaysi ertak songida berilgan? J:Qish ertagi
40.Qish bolmasa-chi hikoyasi qahramonlari kimlar? J:Sanobar va onasi
41. Qorparcha qaysi faslini ko‘rishni orzu qilardi? J: yoz
42. „Nima yozsam ekan-a? Ertak to‘qish shun- chalik qiyin deb o‘ylamagan edim“. Deraza yoniga kelib, tashqariga qaradi, dekabr oyi bo‘lsa ham, qishni eslatadigan hech narsani ko‘rmadi. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan? J: Qorboboga elektron maktub
43. Qorboboga elektron maktub hikoyasi qahramonlari kimlar? J:Sardor, Shahzod va ustozi
44Balli buvaning nechta ogli bor edi? J:3ta
45.Balli buva nechi kishini ishini bir kechada qilgan edi? J:20kishini
46.Sport maktabi sherida qozichoq nimadan talim olar edi? J:Boksdan
47.Sport maktabi sherida futbol maydonida kim hujumchi ekan? J:Toychoq
48. Sport maktabi sherida kim shubhada yurar ekan? J: Xo`tik
49.Bobonurbhikoyasi qahramonlari kimlar? J: Bobonur, Nigina va Sabriya bibi.
50.Bobonur qayerda xizmat qilar edi? J: Samarqandga
1. O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosi qanday oqish hisoblanadi?J: ongli o‘qish hisoblanadi
2. T. G. Yegorov o'zining „Очерки психологии обучени детей чтению" nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini necha bosqichga ajratadi?
J:3bosqichga: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich.
3. Analitik bosqich qaysi davrga togri keladi? J: savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni bogin-harf to monidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi
4. O'quvchilar sintetik bosqichga nechinchi sinfga otadilar? J:3-sinfda o'tadilar
5. To‘g‘ri o‘qish deganda nimani tushunasiz?J:. To'g'ri o'qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya’ni to'g'ri o'qish so'zning tovush-harftarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, so'zdagi tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo'shmay, harflar o 'r nini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi
6. Tez o‘qish deb nimaga aytiladi?J:. Tez o'qish me’yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O'qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o'sib borishi lozim. O'qilayotgan asar mazmunini o'zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta ’minlaydigan o'qish tez o‘qish deyiladi
7. Ongli o‘qish qanday oqish?J:. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o 'z munosabatini ifodalay olishdir.
8. Ifodali o ‘qish qanday oqish?J:. Ifodali o'qish intonatsiya - ohang yordamidaasarning g‘oyasi va jozibasini tog‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir
9. Boshlang'ich ta ’limda o'qishning hechta turidan foydalanilad? J:1Ovozli o'qish.2 Ichda o'qish.3. Shivirlab o'qish
10. Ovozli o‘qish qanday o`qish? J: ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta ’lim jarayonida keng foydalaniladi.Ovozli o'qishning yakka, jo 'r va rollarga bo'lib o'qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir
11. Yer yuzidagi eng sovuq joy qayer? J: – Antarktida
12. Yer yuzidagi eng issiq joy qayer? J: Antarktida va Afrika
13.Tabiiy boyliklar nima? J: Inson tabiatdan olib foydalanadigan barcha boyliklar tabiiy boyliklardir
14. Foydali qazilmalar nima? J:Yer ostida oltin, kumush, tabiiy gaz, neft singari tabiiy boyliklar mavjud. Ulardan qazib olinib, foydalaniladi.Bunday boyliklar foydali qazilmalardir
15 .Tuproq nima?J: inson hayoti uchun zarur tabiiy boyliklardan biri.. 4.Yorma chok.5.Popop chok
1. Ichda o‘qish qanday oqish?J: Tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o'qiladi.
2. Shivirlab o‘qish qanday oqish?J: Yarim ovoz bilan o'qishdir
3. 1- 2-sinflarda qaysi oqishdan foydalaniladi?
J: ovozli va shivirlab o'qishdan foydalaniladi.
4. 3-4-sinflarda qaysi oqishdan foydalaniladi?
J: ovozli o'qish bilan birga ichda o'qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o'qish ancha samarali bo'ladi, lekin bundaichda o'qish mexanik o'qishga aylanmasligi kerak.
5. Ichda o‘qish qanday afzalliklarga ega:
1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi.
2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari takomillashadi.
3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.
4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e ’tibor kuchayadi
6. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash nechta asosiy bosqichga bo'linadi? J: Birinchi bosqich (birinchi sintez). .Ikkinchi bosqich (analiz). Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez).
7. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi qaysi vaqtga togri keladi? J: asar tahlili
8. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi qaysi turlaridan foydalaniladi:1. Tanlab o‘qish. 2. 0 ‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi 3. O'quvchilarni savol tuzishga
o‘rgatish. 4. Matnni tasvirlash. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash 5. Asar rejasini tuzish.
9. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi qaysi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 2. O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. 3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish. 4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
10. Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablari nimada?J: Ertak tilining ta’sirchanligi, o'tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir.
11. Qachon eng uzun tun va eng qisqa kun kuzatiladi?J: 22-dekabrda eng uzun tun va eng qisqa kun kuzatiladi.
12. “Magnit” so‘zi qaysi so`zdan olingan? J:qadimgi yunon cho‘poni Magnes ismidan olingan
13. Magnitning nechta qutbi bor? J: 2ta shimoliy (N – north) va janubiy (S-south).
14. Odatda maxsus tayyorlangan magnitlarning rangi qanday boladi? J: shimoliy qutbi ko‘k rangga, janubiy qutbi esa qizil rangga bo‘yaladi.
15. Magnit qanday buyumlarni oziga tortadi? J: temir buyumlarni o‘ziga tortadi.
16. Tabiat hodisalari qaysilar? Yer ostidan vulqon otilishi, osmonda bulut hosil bo‘lishi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamol esishi, yomg‘ir yog‘ishi, Quyoshning nur sochishi kabi jarayonlar tabiat hodisalaridir
17. Okean va dengizlar .Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan. Dengiz - okeanning bir qismidir. Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib brogan Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi
18. Daryolar xaritada qanday tasvirlanadi?Globusda va xaritada havorang egribugri chiziqlar bor.Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi.
19. Kollar haqida ayting.Yer yuzining ba’zi botiq joylarida tabiiy ravishda ko‘p miqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi.Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U qadimdan dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun dengiz deb atalgan. Hozir esa qurib, bir nechta ko‘llarga ajralgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l va Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud.
20. Muzliklar asosan ….? Yerning Shimoliy va Janubiy qutblari atrofi eng sovuq joylardir. Bu qutblarning atrofini qoplagan muzliklar yozda ham erimaydi. Baland tog‘larning yuqori qismidagi qor va muzlar ham yozda erimaydi.
21. Birinchi tegirmonni aylantirishda n i m a d a n f o y d a l a n g a n l a r ? J: hayvonlardan foydalanganlar
22.Shamol tegirmoni qachon paydo bolgan?J: Miloddan avvalgi X asrda
23. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun birinchi shamol turbinasi Amerikada 1888- yilda k i m tomonidan qurilgan? J: Charlz Brash
24. Radio q a c h o n ixtiro qilindi? J: 1895- yilda
25. Ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yoki uni ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonning bir qismini bajaradigan va iqtisodiy maqsadlar-ga mo‘ljallangan sanoat korxonasi nima deyiladi? J: Zavod
26. O`lkamizda qanday zavodlar bor?Jizzax akkumulator, Muborak gazni qayta ishlash, Ohangaron sement, Qo‘yliq asfalt, Toshkent quvur va Samarqand avtomobil zavodlari.
27. Xomashyoni mashina yordamida qayta ishlaydigan sanoat korxonasinima deyiladi?
J: Fabrika
28.Umumiy hududiy-ishlab chiqarish kompleksi va yagona ta’minot zanjiri
bilan birlashtirilgan yagona tuzilishga ega bo‘lgan zavodlar va fabrikalar guruhiga nima deyiladi?J:kombinatlar
29. Chilangarlik asboblariga qaysilar kiradi? Metallga ishlov berish uchun mo‘ljallangan qo‘l va elektr asboblar.
30.Duradgorlik asboblariga nimalar kiradi? Drel, bolga, ombir, zubila, egov
31. Nobel mukofoti qaysi sohalar boyicha beriladi?
J:fizika, fiziologiya, kimyo, tibbiyot, adabiyot va tinchlik sohalariga
32.1901-yilda ilk Nobel mukofoti kimlarga berilgan? J:Andri Dyunan va Frederik Passi
33.Shippak hikoyasi qahramonlari kimlar? J:Firdavs, Malika, onasi, otasi, buvisi, amakisi
34.Ana shunda Firdavsning kozi moshday ochilib, ornidan sakrab turdi.kim turgizganda shu holatga tushdi? J; Otasi
35.Fyodor amaki aslida kim? J:Fyodor amaki aslida bola, lekin juda aqlli va pishiq bolganidan uni shunday chaqiradi
36.Sharikning tugilgan kuni matnida Sharik:Mening tugilgan kunim qachon ? –deb soraganida yilning qaysi fasli edi? J:Yoz fasli
37.Matroskin Sharikka 30 sentyabrni tugilgan kun qilaver deb aytdi.U nima uchun bu kunni taklif qildi? J: chunki shu kuni ov mavsumi ochiladi.
38. Burgaga qarshi boyinbog sovga qilaman deb kim aytdi? J:Matroskin.
39.Matroskin sharikdan: “Kop pul topib olsang , nima qilarding ?-deb soraganida Sharik qanday javob berdi? J:Fyodor amakiga koylak, Matroskinga sut uchun separat olib beraman dedi.
40.Matroskin Sharikni tugilgan kuniga pirog pishirdi , sham orniga nima qoyishdi? J:3ta suyak qoyishdi
41. 36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43 Ushbu misol qaysi xossa orqali yechilgan?
J: Songa yig‘indini qo‘shish
41. 45–12=45–(10+2)=(45–10)–2=33 Ushbu misol qaysi xossa orqali yechilgan?
J: Sondan yig‘indini ayirish.
42. O‘quvchilаrni kаsrlаr bilаn tаnishtirish dаsturgа binоаn nechinchi sinfdan bоshlаnаdi? J: 3-sinfdаn
43.Qanday sonlar xudbin sonlar deyiladi?
J: Ozidan tashqaru faqat 1ga bolinadigan sonlarga aytiladi.
44.Qanday sonlar xasis sonlar deyiladi? J:Atigi birgina boluvchisi bor sonlarga aytiladi.
45. Nechinchi yilda Gulomov tomonidan “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini husnixatga o’rgatish” nomli metodik qo’llanma chop etildi? J:1970_yil
46. Biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi nima deyiladi? J: yozuv
47. Nechinchi yilda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy
etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi ? J: 1993-yil 2-3-sentabr
48. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida nechta harf mavjud? J: 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud
49. O’zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi?
J:Yozma kichik harflar . Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar.
50. Yozma kichik harflar qanday yoziladi?:1. Ikki chiziq oralig’iga yoziladigan
harflar:a, e, i, m, n, o, r, s, u, v, x, o’, sh, ch.
2. Ikki chizigqning yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflar:b, d, k, l, t, h.
3. Chiziqdan pastga tushib yoziladigan harflar:g, q, j, p, y, g’, ng.
4. Chiziqdan yuqori va pastga tushurilib yoziladigan harflar:f.
1. Kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.qaysi janr? J:Hikoya 2. Masal nima ? J: Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir.
3. Masal ustida ishlash qaysi bosqichlami o'z ichiga oladi?
J: -- masal mazmunini aniq idrok etish;
- kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini,
xatti-harakatlarining sabablarini ochish;
- allegoriyani aniqlash;
- masal xulosasini tahlil qilish
4. She’r nima ? J: Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi
sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq.
5. Maqol nima? J: Turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini
ifodalagan qisqa, ko'pincha she’riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma’noli iboralardir.
6. Boshlang'ich sinflarda dostonning asosan qaysi turidan keng foydalanamiz?
J:1. Qahramonlik dostonlari; 2. Jangnoma dostonlar o'rganiladi.
7. Doston sozi qanday manolarni bildiradi? J:, , Doston“ so'zi „qissa „hikoya„
“ta ’rif", , , maqtov“, , , shon-shuhrat“, „sarguzasht“ ma'nolarida ishlatiladi.
8. Topishmoq nima? J:Narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir
9. Latifa nima? J: Xalq og'zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo'lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir.
10. Tez aytish nima? J:Ma’lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o`stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi.
11. Suvning ahamiyati nima?. J: Tog‘ va tekisliklardagi, o‘rmon, yaylov hamda
cho‘llardagi o‘simliklar, asosan, yog‘in suvi hisobiga o‘sadi.
12. Suvning xususiyatlari nima?. J: Suvning uch holati bor. 1.Suv isiganda kengayadi, soviganda siqiladi va torayadi.2. Muz 0 °C da eriydi, ya’ni suv 0 °C da qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi. 3.Suv +100 °C da qaynaydi.
13. Havo nima? Havo bizga ko‘rinmaydi.Bizga ko‘rinmaydigan havo turli gazlar va moddalardan tashkil topgan. Havo tarkibida azot, kislorod, karbonat angidrid, suv bug‘i va boshqa moddalar bor.
14. Havo harorati nima yordamida aniqlanadi? J: Termometr yordamida
15. Ob-havo nima? Havoning ma’lum vaqt va joydagi holatlari obhavo deb ataladi.
16. Ob-havoning mahalliy belgilari qaysilar? J: -agar mo‘ridan yoki gulxandan chiqayotgan tutun osmonga tik ko‘tarilayotgan bo‘lsa, havo ochiq bo‘ladi; - agar tutun osmonga ko‘tarilmasdan pastlab ketsa, tez orada yomg‘ir yog‘ishi mumkin; - agar qaldirg‘och osmonda baland parvoz qilayotgan bo‘lsa, havo ochiq bo‘ladi;
- agar qaldirg‘och pastlab uchayotgan bo‘lsa, yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
- agar Quyosh qora bulutlar orqasiga botsa, ertasiga yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin;
- agar Quyosh botayotganda uning atrofi qizg‘ish-sarg‘ish tusda bo‘lsa, ertasiga havo ochiq bo‘ladi
17. Shamol nima?. J: shamol - havoning harakati
18. Yog‘inlar, ularning turlari qaysilar? J:. Yomg‘ir, qor va do‘l - yog‘inlardir
19. Foydali qazilmalarga nimalar kiradi? J:Yer ostida va uning yuzidagi tabiiy gaz, neft, ko‘mir, oltin, kumush, mis, aluminiy, temir, osh tuzi, marmar, granit, gil kabi tabiiy boyliklardir.
20. Konlarni qidirib topish ishlari bilan kimlar shugullanadi? J: geologlar shug‘ullanadi.
21.Olchash –belgilash asboblari nimalar? J: Stangensirkul, nutrometr, mikrometr, orama metr, chizgich
22.Qishloq xojalik asboblariga nimalar kiradi?
J:leyka, belkurak, panshaxa, oroq, ketmon, gulqaychi, omoch, xaskash
23.Qurilish asboblariga nimalar kiradi? J:shpatel, katta bolga, perforator, iskana, elektrparma.
24. Loyiha qanday ma’noni bildiradi? Bu soz “oldindan o‘ylangan reja” degan ma’noni anglatadi
25. Kartondan karavot yasashning texnologik jarayoni necha bosqichdan iborat? J:5bosqich
26. Eskiz deb nimaga aytiladi? J:bir marta foydalanish uchun chizmachilik asboblarisiz va masshtabga rioya qilmay, lekin buyum o‘lchamlarining nisbatini saqlagan holda bajarilgan chizmaga aytiladi
27.Model nima? J:Buyumning qurilmasi va ishlash prinsipini namoyish qilish uchun moljallangan uning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan nusxasi.
28.Modellar necha xil boladi? J: 2xil harakatlanuvchi va harakatsiz
29. Marketolog kim? J:- bu tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini bozor
talablariga mos darajaga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis
30. Birinchi marketologlar qachon qayerda ish boshlagan? J:Yevropada XVII-
XVIII asrlarda
31.Fyodor amakining dadasi Sharikka nima sovga qildi? J:Uchta medalli boʻyinbogʻ
32.Fyodor amakining oyisi Sharikka nima sovga qildi? J:Zich tishli temir taroq.
33.Eng yaxshi sovga sherida Tolanga Alisher nima sovga qildi? J: kitob
34. Eng yaxshi sovga sherida Tolanga Nor nima sovga qildi? J: koptok
35. Eng yaxshi sovga sherida Tolanga Bahodir nima sovga qildi? J:bir dasta gul
36. Eng yaxshi sovga sherida Tolan necha yoshga kirgan edi? J:10yoshda
37. Fyodor amaki necha yoshida kitob oqishni organib olgan edi? J:4yoshida
38. Fyodor amaki necha yoshida shorvasini ozi qaynatib ichadigan boldi? J:6yoshida
39.Oglim , uyimizning oldi tarafdagi qirq hovli, orqa tarafidan qirq hovli , chap tarafdagi qirq hovli, ong tarafidagi qirq hovlining hammasi bizga qoshni hisoblanadi.Ushbu gaplarni Temurga kim aytgan? J:bobosi
40.Qongir ayiqlar qaysi hududlarda yashaydi? J: Turkiston, Zarafshon, Hisor toglarida yashaydi.
41. Yozma kichik harflar tutashtirilishiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? J: 3guruhga. 1.Yuqori kesishishdan tutashtiriladi: o, o’, v 2. Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e 3. O’rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b, f, g, j
42. Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? J:
1. Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar 2. Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar
43. Yozma kichik va bosh harflarning qator oralig’ining qayeridan boshlanib yozilishiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? J: 1. Qator oralig’ining ustki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar. 2. Qator oralig’ining ostki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar
44. Kichik yozma harflar o’z navbatida nechta guruhga bo’linadi? J:
a) qator oralig’ining ustki ustki chizig’idan boshlanadigan harflar. i, j, m, n, p, t, u,
v, y, ng. b) qator oralig’ining ustki chizig’ining pastidan boshlab yoziladigan
harflar. a, g, o, q, r, s, x, z, g’, o’, sh, ch, b, d, e, h, k, l
45. Bosh yozma harflar esa qanday guruhlarga bo’linadi? J: Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar: B, D, E, F, G, H, J, K, O’, I, O, P, Q, R, S, T, U, V, Z, Y, Z, G’, SH, CH, Pastdan boshlab yoziladigan harflar: A, I, M, N
46. Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o’zidan keyingi harf bilan qayeridan tutashtirilishiga kora necha guruhga bolinadi? J: 3guruhga a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: o, o‘, v (bunday ikki chiziq (asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo’yi 4 mm f, g, j, p, y, g, ng, eni 3 mm bo’ladi); b) o’rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, (ikki chiziqdan yuqoriga ko’tarilib yoziladigan harflaming bo’yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm, f ning bo’yi esa 11 mm bo’ladi). v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar:
a, d, e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g, j, p, q, g‘, y, q, ng.
47. Yozma bosh harflarning bo’yi qancha bo`ladi? J:8 mm
48. Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar qaysilar? J:A E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X, Y, Z, E, Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o’zbekcha so’zlarda qo`llanmaydi.
49. Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar qaysilar? J: B, D, F, N, O, P, S, T, V, O‘
50. Bosh harflar qaeridan tutashtirilishiga ko’ra nechi turga bolinadi? J:o’rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: A, L, Y, J, G, G‘ ; pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar: E. B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch
1. STO'ning maqsadi nimadan iborat? J: O'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir
2. Maktablarda nechinchi yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil etilgan? J:1959-yil
3. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining necha daqiqasi
ajratiladi ? J: 1 7 -2 0 daqiqasi
4. Mustaqil o'qish malakasini shakllantirish necha bosqichga bo`linadi?
J:3-bosqichga bo'linadi: 1. Tayyorlov bosqich bosqichi. Bu 1-sinfning savod
o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi - 17-20 daqiqasi
ajratilgani uchun , , ST 0 ‘ mashg'uloti" deb yuritiladi.
2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu
bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi 3. Asosiy bosqich. Bu
bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi
5. Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlashda qaysi tamoyillarga amal
qilinadi? J: 1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi. 2. Kitob
tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e ’tiborga olinadi
3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi 4. Kitob
tanlashda o ‘quvchilar ning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o ‘qishi hisobga olinadi
6. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi
6.STO'ga rahbarlikning asosiy shakli nimadan iborat?
J: Maxsus sinfdan tashqari o'qish darslaridir.
7. Ona tili darsiga qo'yiladigan umumiy talablar qaysilar:
1. Ta’limiy talab. 2. Tarbiyaviy talab 3. Didaktik talablar 4. Psixologik talablar. 5. Gigiyenik talablar
8. Ona tili darslariga qo'yilgan talablar qaysilar? I. Yangi bilim berish, ularni nutq
amaliyotiga tatbiq etish va o'quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir.
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi juda
muhim. III. Ona tili darsi, avvalo, o'quvchilar nutq va tafakkurini o'stirish
9. Ona tili darslarining turlariga qaysilar kiradi? J:. Dars turlari uning didaktik
maqsadiga ko'ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o'rganish darsi, bilimni
mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning
qanchalik о ‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshqalar.
10. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qanday metodlardan foydalaniladi? J: Bayon qilish metodi , Suhbat metodi , Mustaqil ish metodi, Analiz-sintez metodi, Induksiya metodida, Deduksiya metodida.
11. Foydali qazilma to‘plangan joy nima deb ataladi? J: kon deb ataladi.
12. Foydali qazilmalar qanday hosil bo‘ladi? J: Qadimda qalin o‘rmonlardagi daraxtlar bir-birining ustiga qulab, vaqt o‘tishi bilan chirigan.Ular ko‘pligidan chirindi qatlamlar hosil bo‘lgan.Chirindi qatlamlar vaqt o‘tishi bilan ko‘milib ketgan va million yillar davomida ko‘mirga aylangan
13. Ko‘mir nechi xil boladi? J: 2xil bo‘ladi: toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir. Tosh kabi qattiq bo‘lgan ko‘mir toshko‘mir deb ataladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir toshko‘mirga nisbatan yumshoqroq bo‘lib, oson maydalanadi
14.Respublikamizning qaysi viloyatida toshkomir va qaysi viloyatida qongir k omir konlari mavjud ? J: Surxondaryo viloyatida toshko‘mir va Toshkent viloyatida esa qo‘ng‘ir ko‘mir konlari mavjud
15. Neft qanday holatda boladi? J: Neft suyuq holatdagi yonilg‘i hisoblanadi Neft
nasoslar yordamida yer ostidan tortib olinadi
16. Tabiiy gaz nima bor joyda boladi? J:Tabiiy gaz neft bor joyda bo‘ladi. Tabiiy
gaz deb gaz holatidagi yoqilg‘iga aytiladi. Tabiiy gaz rangsiz bo‘lib, zangori alanga
berib yonadi Tabiiy gaz zaharli va tez yonuvchan bo‘ladi
17. Qora metallarga nimalar kiradi?J:. Temirtosh Temir, oltin, kumush, mis, aluminiy kabilar metallardir. Metallardan eng ko‘p ishlatiladigani temirdir. U qora metal hisoblanadi.
18. Qora metall rudalari necha xil boladi? J:3 xil - magnitli temirtosh, qo‘ng‘ir
temirtosh va qizil temirtoshdan iborat
19. Rangli metallarga nimalar kiradi? J: Rangli metallarga oltin, kumush, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin kabi metallar kiradi. Oltin va kumush qimmatbaho metallar hisoblanadi
20. Rudalarga nimalar kiradi? J: Mis va aluminiy faqat ruda shaklida uchraydi. Rangli metallar qora metall rudalaridan farq qilib, ruda tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi Rangli metall kombinatlarida rudalar eritilib, toza metall ajratib olinadi.
21. Inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, shinam, yaxshi, chiroyli loyiha degan ma’noni
anglatadi nima? J: Dizayn
22. Buyumlarga yuqori iste’mol va estetik xossalarni ta’minlaydigan
mutaxassis nima deb ataladi ? J: dizayner
23.Bu mutlaqo oddiy ko‘rinadigan narsalar haqida g‘ayrioddiy tasavvurlarga
ega bo‘lgan professional mutaxassis kim? J: Interyer dizayner.
2 4 . Bu rassom, haykaltarosh, me’mor va san’at-shunos. Har qanday
xonada noyob dunyoni yaratadigan usta kim? J: Interyer dizayner
25. O‘simliklar, gullardan foydalanib kompo-zitsiyalar yaratish bilan
shug‘ullanadigan shaxs kim?J: Fitodizayner
26. Me’mor nima ish qiladi? J: binolarni loyihalashtiradi va ularni qurish
jarayonini boshqaradi.
27. O‘yinchoqlarning eng qadimiysi n i m a hisoblanadi? J: bu qo‘g‘irchoq
28. Yozuvchi Ayzek Azimovning 1941- yil “Yolg‘onchi” ilmiy-fan-tastik
hikoyasida q a y s i so‘z birinchi marta uchragan, keyinchalik jahon
tillarida “Robototexnika” iborasi paydo bo‘ldi.? J:“Robototexnika”
29. Robototexnika qanday vazifani bajaradi? J: - mexanika,
elektrotexnika va elektron muhandislik va informatika fanlarining
birlashtirilgan sohasi bo‘-lib, u robotlarni qurish, ishlatish va
ulardan foydalanish, shuningdek, ularni boshqarish, sezish va
ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
30. Robot nima? J: - bu oldindan belgilangan dastur asosida
harakat qiladigan turli xil operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan
avtomatik qurilma.
31. Qongir ayiqning boyi qancah ? J: 1, 5metr
32.Qongir ayiqning ogirligi qancha? J: 300kg
33.Qongir ayiq nima bilan oziqlanadi? J:Turli mevalar, baliq va
hasharotlar bilan
34.Ayiqlar qachondan qishki uyquga ketadi/?J:notyabr oyidan
mart oyigacha
35.Urg`ochi ayiqlar qaysi oylarda bolalaydi? J:yanvar va fevral oyida bolalaydi
36.Ozbekiston hududida taxminan nechta qongir ayiq yashaydi?
J: 600 ga yaqin
37.Tez orada butun borliq qishning oppoq va qalin romoliga
oranadi. Ushbu gaplar qaysi matndan olingan va kim tomonidan
olingan? J:Qish romoli , buvi tomonidan aytilgan
38. Mayliga, kim bo'lmasin, Umri bo‘lsin ziyoda, Uyqusi buzilmasin,
Tinchlik bo'lsin dunyoda.Ushbu parcha qaysi sherdan olingan? J:
KIM QANDAY UXLAYDI?
39. Bular qanday kitobga kiritilgan? J:Qizil kitobga
40. . Bu g'alati suyuqlikning nima ekanini bilmagan odamlar unga
“qora moy” deb nom berishibdi.Qora moy, qora oltin deb nima nazarda tutilgan? J: Neft
41.Oquvchilarning boyi olchami necha sm gacha farq qilganda bir xil partaga
otirishi mumkin? J:10 sm
42. Yorug’lik o’quv xonasining qaysi tomonidan tushib turishi lozim? J: chap tomonidan
43. Dasturda tez yozish ko’nikmalari nechinchi sinflarda shakllantiriladi? J:3-4-sinflarda
44. 1-sinf oquvchilarning yozuv yoli olchamlari qancha bolishi kerak?
J:Dastur talabi boyicha 1-sinf o’quvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar
uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
45. YODDA SAQLANG: 2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi
lozim. Kichik harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm, raqamlarning
boyi harflardan 2 marta qisqa boladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida
darftarga, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar. 1-2-sinflarda foydalaniladigan
darftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar
yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng bo’lgan ikki chiziqli
daftar tavsiya etiladi.
46. Ruchka uchi bilan barmoq oralig’I qancha bolishi kerak? J: 1, 5-2smga teng
47.Borning olchamlari qancha bolishin kerak? J: U 15x15 mm qalinlikda va 50
mm uzunligida uncha katta bo’lmagan shaklda tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak
48. Ruchkaning uchidan ko’zgacha bo’lgan masofa qancha bo`lishi kerak? 25-30 cm boʻladi
49. HUSNIXATGA ORGATISHNING METOD VA USULLARI QAYSILAR?
J: 1. Chiziqli usul. 2. Genetik usul 3. Namunaga qarab yozish usuli.
4. Namunaga qarab ko’chirish usuli. 5. Nusxa ko’chirish usuli. 6. Tasavvur orqali
yozish usuli. 7. Ritmik usul(sanoq-ohang) 8. Harf shakllarini tahlil qilish usuli
9. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli 10.Qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
50. Qaysi usuldsa oqituvchi sanog`I ostida harf va uning elementlari yozdiriladi? J: Ritmik( sanoq-ohang) usuli.
1. Muammoli o‘qitish metodiga kim asos slogan? J:Aamerikalik pedagog va
psixolog Dyun 1894-yilda asos slogan.
2. Qaysi metodda o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,
tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta ’riflar keltirib chiqaradi. J:Induksiya metodida
3. Qaysi metodda o'quvchi tayyor qoida - ta ’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini til dalillari asosida ochadi J:Deduksiya metodida
4. Jufti bor jarangli undoshlar qaysilar? J:: b, v, g, d, z, j , j , g ‘.
5.Jufti bor jarangsiz undoshlar qaysilar? J:: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
6. Jufti yo‘q jarangli undoshlar qaysilar? J: I, m, n, r, ng, у
7.Jufti yo‘q jarangsiz undoshlar qaysilar? J:: q, h
8. Boshlang'ich sinflarda morfologiyadan nimalar orgatiladi? J: , , ot", „sifat", „son",
„fe’l", „kishilik olmoshi" tushunchalarini;
9. Siktaksisdan nimalar organiladi?J: „gap", „ega", , , kesim", „ikkinchi darajali
bo'lak", „uyushiq bo'lak", „undalma" kabi tushunchalarni;
10. So'z yasalishidan nimalar organiladi? J:„o'zak", „qo'shimcha", „o'zakdosh
so'zlar” kabi tushunchalarni.
11. Marmar qanday material? J: Marmar eng qattiq va mustahkam qurilish
materialidir
12.Marmar qaysi viloyatlardan qazib olinadi? J: Toshkent, Samarqand, Navoiy va
Jizzax viloyatlari hududidagi tog‘lardan oq va pushti rangli marmarlar qazib olinad
13. Granit nima? J:Tog‘larda rang-barang donador toshlar uchraydi. Bular
granitdir
14. Granit qanday manoni anglatadi? J: «donador» degan ma’noni anglatadi
15. Granit qayerlardan qazib olinadi? J: Toshkent, Namangan va Samarqand
viloyatlari hududidagi tog‘larda turli xil granitlar qazib olinadi.
16. Ohaktoshdan nima olinadi? J: maydalanib, oq mayda shag‘alga aylantiriladi
17. Gil zarrachalari qum zarrachalariga nisbatan bir necha marta mayda? J: bir
necha yuz marta
18. Gil nimadan iborat? J: chang zarrachalaridan iborat
19. Tuproqning asosiy qismini nima tashkil qiladi? J: gil tashkil etadi
20.Zubturumning qanday foydali tomoni bor? J: zubturumning barglari odamning
yara bo‘lgan, kuygan yoki ari chaqqan joyiga qo‘yiladi Barglaridan shamollash,
oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi
21.Robot qanday paydo bolgan? J Robot so‘zini birinchi marta chex yozuvchisi
Karel Chapek va uning ukasi Losif 1920-yilda “Rossum Universal Robotlar”
spektakli uchun kiritgan.
22. Robot qanday manoni anglatadi? J:Bu majburiy mehnat degan ma’noni
anglatadi va “Chexiya robot” yoki “robot”so‘ziga to‘g‘ri keladi
23. Insonga o‘xshash robotlar nima deb nomlanadi? J: android
24.Robot turlari qaysilar? J:Sanoat robotlari, tibbiyot robotlari, maishiy robotlar,
mashinasozlik, tog‘-kon, metallurgiya, neft, tibbiyotga xizmat ko‘rsatish, okeanlarni
o‘rganish, uy xo‘jaligi, sanoat, qurilish, tadqiqot hamda o‘yin va boshqalarda foydalaniladi.
25.Rasmdagi bu ///////////// chiziq nimani anglatadi? J:qirqiladigan joy.
26. “Konstruktor” nima? J:konstruktor so‘zi model yaratish, qurish, muayyan
tartibga solish va turli qism, elementlarni o‘zarobiriktirishni bildiradi.
27. Siz sevib narsalar yasaydigan “Lego” kon-struktori birinchi marta kim ixtiro
qilgan? J: Daniyada 1932- yil-da duradgor Ole Kirk Kristiansen o‘g‘li uchun oddiy
yog‘och o‘yinchoq yasaganidan boshlangan.
28.LEGO qanday ma`noni bildiradi? J: Daniya tilida “hayajonli o‘yin” degan ma’noni anglatadi.
29. Konstruktor nimadan yasaladi? J:metall, plastmassa va yog‘och-dan yasaladi.
30. Izonit nima? J: - amaliy-dekorativ san’atning bir turi bo‘lib, u bizga
Angliyadan kirib kelgan.
31. Yurtimizdagi ilk neft koni nechinci yil, qayerdan topilgan? J:1876-yili
Farg‘ona viloyatining Qamishboshi qishlog‘idan topilgan
32. Ushbu mahsulotlar nimadan olinadi? J:Neftdan
33. Bag‘rida ming turli kon Saqlab kelmoqda hamon. Eh, behisob tilsimlar: “Qani, qani, kelsinlar”, Deya bizni kutmoqda, Xazinasin tutmoqda. Qaytmasdan izimizga, Olurmiz izmimizga Ushbu parcha qaysi sherdan olingan? J:Geolog
34. Yer ostida qazilma boyliklardan tashqari nima bor? J:suv bor
35.Dunyoning 4ta tomoni bor. Qaysi tomon sovuqroq?J: Shimolda
36. .Dunyoning 4ta tomoni bor Qaysi tomon issiqroq? J:Janub
37.Qanotli dostlar sherida nechta qush tilga olingan? J:12ta
38. Ko‘p qushlarning qishda yotar ini yo‘q,
Patdan boshqa ko'ylak, kostyum, to'ni yo‘q.
Ushbu parcha qaysi sherdan olingan? J: QUSHLAR QISHDA QAYDA QO’NOQLAR?
39. Bakteriyalarga eng boy joy qayer hisoblanadi? J: Oshqozonimiz, yo‘g‘on va
ingichka ichaklarimiz hisoblanadi
40. Odam tanasida nechta mushak bor? J: 600 dan ortiq
41. Husnixatga o’rgatish tamoyillari qaysilar? J:1. Onglilik tamoyili. 2. Genetik
tamoyil. 3. Takrorlash tamoyili 4. Korgazmalilik tamoyili.5. Bolaning yosh va
individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.6. Yozuvga o’rgatishning
o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.7. Chiroyli yozuvning
imlo bilan bogliqligi tamoyili. 8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili.
42. Daftarga harflarni qancha qiyalikda yozilishi kerka?J: 65° gradus qiyalikda
43. 3-4-sinfda har bir ona tili darsining nechi daqiqasini husnixatga ajratiladi? J:8-10 daqiqasini
44. , 2- sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida minutiga nechta harf yozishi kerak? J: 23-25 harf yozishi
45. 3- sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida minutiga nechta harf yozishi kerak?
J: 32-35 harf 46.
4- sinf o’quvchisi minutiga nechta harf yozishi kerak? J: 40-45 ta harf
47. Yozuvga orgatishni oqishga orgatish bilan bir paytda amalga oshirish qaysi
tamoyilga kiradi? J: Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili
48. Tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda necha bosqichga bo'linadi: J:Birinchi bosqich - tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini tahlil qilish. Ikkinchi bosqich - tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog'lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog'lanishini aniqlash).
atamani berish. Uchinchi bosqich - tushuncha ta ’rifmi ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog'lanishni aniqlash. To‘rtinchi bosqich - yangi til materiali asosida o'rganilayotgan tu shunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash, o'rganilayotgan tushunchaning ilgari o ‘zlashtirilgan tushunchalar bilan bog'lanishini aniqlash
49. Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishning metodik shartlari qaysilar?
J: I. O'quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish.
II. 0 ‘quvchilarda so‘z va gapga lingvistik munosabatni o‘stirish
ustida maqsadga yo'naltirilgan ishlar
III. Yangi tushunchani ilgari o'rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani
o'zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi.
IV. Ayrim til kategoriyalari bog'lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o'rganish
jarayonida ochiladi
V.Tushunchani ko'rgazmali o'rganish
50. Mashq turlari necha guruhga bo`linadi? J: Grammatik mashqlar turli asosga
ko'ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo'ladi. Agar bilimni
shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki kata guruhga
bo'linadi: 1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar ham
kiradi); 2) sintaktik mashqlar
1. So'zning eng kichik, bo'linmaydigan ma’noli qismi.. J:Morfema
2. Morfema nechi turga bo'linadi? J: 1. O'zak morfema - so'zda albatta
qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. 2. Affiksal morfema -
mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so'zning leksik va grammatik ma’nolari
shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema.
3. AfTikslar (qo'shimchalar) necha turga bo'linadi?
J:1. So'z yasovchi qo'shimchalar. 2. Shakl yasovchi qo'shimchalar
4. So‘z tarkibi necha bosqichda o'rganiladi? J: 4 bosqichda.
Birinchi bosqich - so'z yasalishini o'rganishga tayyorgarlik bosqichi.
Ikkinchi bosqich - bir xil o'zakli so'zlaming xususiyatlari va barcha
morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish.
Uchinchi bosqich - o ‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qoshimchalarning
xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o'rganish metodikasi.
To'rtinchi bosqich - so'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq
holda so'zning tarkibi ustida ishlash (3-, 4-sinflar).
5. Otlarning grammatik belgilari qaysilar? J: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi,
egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega,
to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat,
son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.
6. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi qaysi vaqtga togri keladi?
J: savod o'rgatish davriga to‘g‘ri keladi
7.Nechinchi sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz)
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi? J:2-sinfda
8. Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi.nechinchi sinfda orgatiladi? J: 3-sinfda.
9. Tilda nechta shaxs mavjud? J:3taI shaxs - so'zlovchi II shaxs - tinglovchi III
shaxs - o'zga
10.Kelishiklar qanday kategoriya hisoblanadi? J:sintaktik kategoriya hisoblanadi.
11. Qoqiot qanday osimlik? J: Qoqio‘t ham dorivor o‘simlik hisoblanadi. Uning
poyasi ichida sut kabi oq sharbati bo‘ladi. Sharbatidan dori tayyorlanadi.
Qoqio‘tning barglari ovqatga ham solinadi Qoqio‘t ham dorivor o‘simlik
hisoblanadi. Uning poyasi ichida sut kabi oq sharbati bo‘ladi. Sharbatidan dori
tayyorlanadi. Qoqio‘tning barglari ovqatga ham solinadi
12. Butalar qanday bo`ladi? J: Butalarning poyalari yog‘ochlangan, ya’ni qattiq
holatda, bir nechtadan to‘p bo‘lib o‘sadi.Tog‘larda na’matak, cho‘llarda juzg‘un,
saksovul, quyonsuyak kabi butalarni uchratish mumkin Butalar ko‘p yil davomida gullab meva beradi
13. Na’matakning bo‘yi qancha boladi? J: 2 metrgacha bo‘lib, aprel oyida oppoq,
pushti, sariq gullar bilan qoplanadi.Gullarining hidi xushbo‘y bo‘ladi Na’matak
mevasi avgust - sentabr oylarida pishadi. Mevasi shifobaxsh hisoblanadi
14. Tog‘ yonbag‘irlarida qanday daraxtlar osadi? J: archa, yong‘oq, do‘lana,
yovvoyi olma, olcha, bodom kabi daraxtlar ko‘p o‘sadi
15. G‘o‘za qanday osimlik ? J: O‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan madaniy
o‘simliklardan biri g‘o‘zadir
16. Paxta chigiti qachon ekiladi? J: mart va aprel oylarida traktorlar yordamida
dalalarga ekiladi.
17. Goza qachon gullaydi? J:Iyul oyida g‘o‘za chaman bo‘lib gullaydi
18. Yumshoq bug‘doy navi qachon ekiladi? J: kuzda ekiladi.
19. Sholi qanday joylarda ekiladi? J: Sholi suv ko‘p joylarga va tekis maydonlarga
ekiladi. Erta bahorda chuqurligi 30-40 sm bo‘lgan to‘rtburchak shaklida pollar
tayyorlanadi O‘sish davrida polda muntazam 10-20 sm qalinlikda suv bo‘lishi
kerak Sholi sentabr oyida pishib yetiladi.
20. Sholi ko‘proq qayerlarda ekiladi? J: Qoraqalpog‘iston Respublikasida va
Xorazm viloyatida yetishtiriladi
21.Ushbu kompozitsiya qaysi usulda ishlangan? J: Izonit
22.Izonit kompozitsiyasini yaratishda qanday ish qurollaridan foydalanamiz?
J: Izonit texnikasi bilan tasvir karton yoki baxmal qog‘ozga jun, ipak, mulina iplar
yordamida tayyorlanadi.
23.Ushbu kompozitsiya qanday usulda yasalgan? J:Pape-mashe
24. Pape-mashe texnikasi qayerda qachon paydo bolgan?
J:o‘rta asrlarda Forsda paydo bo‘lgan
25.Pape-mashe qanday sozdan olingan bolib qanday manoni bildiradi? J:Fransuz
tilidan olingan bolib chaynalgan qogoz degan manoni bildiradi.
26. Pape-mashe texnikasida buyum tayyorlash uchun nimalar kerak?
J: quyidagilar kerak bo‘ladi: gazeta qog‘ozi, idish bo‘yog‘i, qaychi, pichoq, yelim va
bo‘yoq uchun mo‘yqalam
27. Avtomobil tarixi nimadan boshlagan? J: g‘ildirak va aravani ixtiro qilishdan boshlangan.
28.Birinchi avtomobil qachon kim tomonidan ishlab chiqilgan?
J:130 yil oldin nemis muhandisi Karl Benz tomonidan ishlab chiqarilgan.
29. O‘zbekistonda dastlabki avtomobil ishlab chiqarish zavodi qayerda , nechanchi
yilda ishlab chiqarilgan? J:Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994–1996-
yillarda qurildi va 1996- yilda konveyerdan birinchi avtomobillar chiqdi, bular-
DaewooDamas, Daewoo Nexia va Daewoo Tico edi.
30. Konveyer nima ? j: - bu ish qismini doimiy ravishda bir ish joyidan
boshqasiga o‘tkazadigan harakatlanuvchi “yo‘l”.
31.Navoiy ozining qaysi hunari bilan mashhur? J:Sangtaroshlik
32. Otasiga xat yuborib, o‘g‘lining evaziga katta pul so‘rashibdi. Savdogar aytilgan
pulni to‘laganiga qaramay, nafsi hakalak otgan qaroqchilar yigitni
qaytarmabdi.Ushbu parcha qaysi rivoyatdan olingan? J:Hunarning foydasi
33. Rivoyat nima? J: og‘izdan ogizga Otib keladigan hikoya
34. “Inson hayotda rostgo‘y bo‘lishi kerak. O‘z kamchiligini tan ola bilish - yaxshi fazilat. Faqat yutuqlar bilan g‘ururlanish insonga zarar keltiradi. Xatolarini tushunib yetishni o‘rganish lozim.Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan? J:Kundaligimdagi 2
35.Kelajak memori hikoyasida Yorqinoyning otasi uning kim bo‘lishini istagan edi? J:qoshiqchi yoki aktyor
36. Yorqinoy qaysi fandan “1” baho olgan? J;Musiqa fanidan
37.Dunyodagi eng katta oltin koni qayerda joylashgan va qaysi? J:Ozbekiston
respublikasi Navoiy viloyati Muruntov oltin koni.
38.Muruntov konida hali qazib olinmagan qancha oltin bor? J:32ming tonna
39.Muruntov oltin koni uzunligi qancha ? j:uzunligi 3500m, eni 2700m
40. .Muruntov oltin koni chuqurligi qancha? J: 565m
41. Husnixatga o’rgatish tamoyillari qaysilar? J:1. Onglilik tamoyili. 2. Genetik
tamoyil. 3. Takrorlash tamoyili 4. Korgazmalilik tamoyili.5. Bolaning yosh va
individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.6. Yozuvga o’rgatishning
o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.7. Chiroyli yozuvning
imlo bilan bogliqligi tamoyili. 8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik
tamoyili.
42. Daftarga harflarni qancha qiyalikda yozilishi kerka?J: 65° gradus qiyalikda
43. 3-4-sinfda har bir ona tili darsining nechi daqiqasini husnixatga ajratiladi?
J:8-10 daqiqasini
44. , 2- sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida minutiga nechta harf yozishi
kerak? J: 23-25 harf yozishi
45. 3- sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida minutiga nechta harf yozishi kerak?
J: 32-35 harf
46. 4- sinf o’quvchisi minutiga nechta harf yozishi kerak? J: 40-45 ta harf
47. Yozuvga orgatishni oqishga orgatish bilan bir paytda amalga oshirish qaysi
tamoyilga kiradi? J: Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda
amalga oshirish tamoyili
48. Matematika so‘ziqanday sozdan olingan? J: grekcha “ mathema” so‘zidan
olingan bolib, uning ma’nosi “ fanlarni bilish ” demakdir.
49. Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, qaysi fan bilan
bogliq? J: matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.
50. Hozirgi zamon matematikasi nimaga tayanadi? J: natural son tushunchasini asoslashda toʻplamlar nazariyasiga asoslanadi
1.Turlanish deb nimaga aytiladi? J: otlaming kelishik qo'shimchalari bilan
o'zgarishi turlanish deyiladi.
2. O'quvchilar nechanchi sinfdan boshlab sifatning leksik manolarini kuzatadilar?
J: 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa?
so'rog'ini berishga o'rganadilar
3.Nechanchi sinfdan sifat sozturkumi sifatida organiladi?
J: 3-sinfda sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi;
4. Boshlang'ich sinflarda „Sifat" mavzusi qay tartibda o'rganiladi?
J: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf);
2) sifat haqida tushuncha berish (3-sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o'zlashtirish (4-sinf).
5.Sifat soz turkumi necha bosqichda orgatiladi? J:3bosqichda
6. Boshlang'ich ta’limda son necha yo'nalishda o'rganiladi? J:1. Sonlarning
talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
7. Nechanchi sinfda „Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi ? J:3-sinfda
8.Sonning 1-bosqichi qaysi paytda togri keladi? J: bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi.
9.Sonning 2-bosqichi qaysi vaqtda togri keladi? J: 2-bosqich 2-sinfga to'g'ri keladi
10.Sonning 3-bosqichi qaysi vaqtga tog`ri keladi? 3-bosqichda (3-sinf) „Son"
tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sonlar bilan
boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar
tanlash, ularni o'rinli qo'llash ko'nikmasi o'stiriladi
11. Makkajo‘xori doni qachon ekiladi? J: Makkajo‘xori donlari erta bahorda ekiladi.
Poyasi to‘liq bo‘lib, barglari ensiz va uzun bo‘ladi. Bo‘yi 2metrga yetadi Iyun oyida
pishib yetila boshlaydi
12. Kartoshkaning ertangi navi qachon ekiladi?J: Kartoshkaning ertangi navi erta
bahorda ekiladi. Tuproq ostida kartoshka kurtaklari rivojlanib, 10-15 kunda nihollar o‘sib chiqadi Ertagi kartoshka may - iyun oylarida yetiladi va kovlab olinadi. O‘rtagisi may oyida ekiladi va avgust - sentabr oylarida hosili yig‘ib olinadi.Kechki kartoshka esa iyun oyi oxirlarida ekilib, oktabr - noyabr oylarida kovlab olinadi
13. Piyoz urug‘i dalalarga qachon ekiladi? J: kuzda sepiladi.Bahor kelib, kunlar
ilishi bilan piyoz nihollari ko‘karib chiqa boshlaydi. Pishib yetilgan piyoz avgust -
sentabr oylarida yig‘ib olinadi
14. Ertagi sabzi urug‘i qachon ekiladi? J: erta bahorda sepiladi Ertagi iyun – iyul
oylarida kovlab olinadi Kechki navi iyun - iyul oylarida ekilib, oktabr - noyabr
oylarida hosili yig‘ishtirib olinadi.Ertagi sabzi kovlab olinmasa, undan to‘pgul o‘sib
chiqadi. Avgust oyida urug‘lari pishib yetiladi
15. Ertagi karam va pomidor ko‘chatlari qayerda yetishtiriladi?J: issiqxonalarda
yetishtiriladi Ertagi karam may oyida yetiladi Pomidor esa iyun oxirlaridan
boshlab hosil bera boshlaydi
16. Qulupnay ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, to‘p-to‘p shaklda o‘sadi Ajratib olingan
tupi sentabr oyida egatlarga ekib chiqiladi. Qulupnay qachon gullab meva
beradi? J: aprel oyida gullab, meva tugadi. May oyida pisha boshlaydi
17. Begona o‘simliklar ichida eng xavflisi nima hisoblanadi. J: Zarpechak U
madaniy o‘simliklar tanasiga chirmashib olib, shirasini so‘radi
18. G‘umay qanday osimlik? J: G‘umay yulib olinganda ildizpoyasi tuproq ostida
qolib ketadi. Ildizpoyasi qishda yer ostida saqlanib qoladi. Bahorda undan nihol o‘sib chiqadi. G‘umay madaniy o‘simliklarga berilgan o‘g‘it va suv hisobiga tez o‘sib ketadi
19. Machin qanday osimlik?J: Dalada ekilgan madaniy ekinlar orasida machin
tuplarini ko‘rish mumkin. Machinning o‘q ildizi yerga chuqur kirib boradi Uni
yulganda ildizi tuproq ostida qolib ketishi mumkin.
20. Salomalaykum qanday osimlik? J: Bu o‘simlikning ildizpoyasida tuganagi bor.
Tuganagi tuproq ostida chuqur o‘rnashib olgan bo‘ladi. Uni yulganda ildizpoyasi va
tuganagi tuproq ostida qolib ketadi. Bu o‘t ildizpoyasi va tuganakdagi kurtaklardan
tez ko‘payadi
21.Ushbu poyga avtomobili qanday usulda yasalgan? J: Origami
22.Yurtimizning qaysi viloyatida kamaz yuk mashinasi ishlab chiqariladi?
J:Samarqand viloyatining Jomboy shahridagi Uz Auto Trailer korxonasi tomonidan
11 turdagi kamaz yuk mashinasi ishlab chiqariladi.
23.Kviling nima? J:uzunchoq ensiz qogozni orash orqali nafiz tarzda ishlangan
shakl.
24.Kviling hosil qilish uchun qogoz eni necha mm bo`lishi kerak? J:3-7mm
25. Ushbu kompozitsiya qaysi usulda ishlangan? J:Kviling
26. Suv transporti qanday vazifani bajaradi? J:- bu tabiiy (okeanlar, dengizlar,
daryolar, ko‘llar) va sun’iy (kanal, suv ombori) suv yo‘llari orqali yuk yoki
yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan transport turi
27. Katamaran nima? J:- paluba bilan birlashtirilgan ikki korpusli kema.
28. Uchuvchi kim? J:- bu samolyot, vertolyot yoki boshqa havo trans-portlarini
boshqaradigan mutaxassis. Bu texnik jihatdan qiyin kasblardan biri hisoblanadi.
29.Shturman qanday vazifani bajaradi? J:- berilgan yo‘nalish bo‘ylab parvozlar xavfsizli-gini nazorat qiladi, u uchuvchiga manzilni va parvozning to‘g‘ri yo‘nalishini ko‘rsatadi.
30. Aviakonstruktor kim? J: -havo kemasi va samolyot hamda ularning
dvigatellarini yaratish bo‘yicha mutaxassis
31.Olimlarning hisobi boyicha oltin zaxirasi nechinchi yilgacha tugamas ekan?
J:2130 yilgacha
32.Muruntov oltin konida hali qazib olinmagan qancha oltin bor? J:32ming tonna
33.Muruntov oltin koni qayerda joylashgan? J: Navoiy viloyati Qizilqum cholida
34. Muruntov oltin koni qachon aniqlagan? J:1958-yilda
35.Nechinchi yilda 1-Muruntov quyma oltini ishlab chiqargan?J:1969-yil 21-iyulda.
36. Ertak nima? J: xalq to’qigan badiiy asar
37.Serkaboboning hiylasi ertagida Echkilarni bo’ridan qutqargani uchun arslon
nima talab qildi? J: Har kuni menga bitta echki olib kelasan deydi.
38. Ossuriya qanday davlat? J:- hozirgi Iroq hududida bo'lgan qadimgi davlat.
39. Bilmasvoy ismli bola va uning Bilag‘on, Shoshqaloq, Murvatvoy, Tuzatvoy,
Tug- machaxon, Olabola, Varaqjon, Harfxon ushbu qahramonlar qaysi hikoya
qahramonlari ? J;Varaqjonga rahmim kelgan
40. Bilmasvoy nechta yaxshi ish qilib, sehrli tayoqchaga ega bo‘ladi? J: uchta
41. Matematika metodikasi qaysi fanlar bilan bogliq? J: pedagogika, psixologiya
va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq.
42. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning qaysi fan
metodikalari bilan bogliq? J: (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa
fanlaro‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq.
43. Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi
Nechta savolga javob beradi?
J:3ta 1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
3. Matematikani qanday o‘rganish kerak?
44. Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib kim yaratgan?
J:Shveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni
ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan
45. MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda necha bo‘limga
bo‘linadi?
J:1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi.2. Matematika o‘qitishning
maxsus metodikasi. 3. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi.
46. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi necha qismdan iborat?
J:2 qismdan.1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2.Maxsus metodikaning
xususiy masalalari
47. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi qanday fanlar bilan chambarchas bog‘liq? J:1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan; 2) Pedagogika;3) Psixologiya;4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
48. Matematika boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi qaysilar?
J:1.Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 3.Matematika o‘qitishning amaliy
maqsadi.
49. Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhi bir haftada ikkita, bir yilda nechta
mashgulot otkazadi? J: 72–74mashg‘ulot o‘tkazish rejalashtiriladi
50. Raqam nima? J: sonning shartli belgisidir.
1.Sonning 4-bosqichi qaysi vaqtga togri keladi va qanday orgatiladi? J:4-sinfga
togri keladi. 4-bosqichda eng asosiy e’tibor sonlarning imlosiga qaratiladi.
2. Fel ustida ishlash qaysi paytga togri keladi? J: Fe’l ustida ishlashga
tayyorgarlik savodga o'rgatish davrida boshlanadi
3. Nechanchi sinflarda fel soz turkumi tushunchasi shakllanadi? J 2-3-sinflarda
fe’lni o'rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi„Fe’l - so'z turkumi" degan
tushunchani shakllantirish, bo'lishli va bo'lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga
qarab farqlash ko'nikmasini hosil qilish, bo'lishsizlik qo'shimchasi (-ma) ning
talaffuzi va imlosini o'rgatish hisoblanadi.
4.Bolishli va bolishsiz fellar nechinchi sinfda orgatiladi? J: 3-sinfda
5.Tuslanish deb nimaga aytiadi? J: Fe’lning shaxs-son qo'shimchalari bilan
qollanishi tuslanish deyiladi?
6. Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli
ravishda nechta yo'nalishga bo'ladi? J:5ta 1. Gap haqidagi grammatik tushunchani
shakllantirish (til birligi bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish). 2. Gap
qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash, gapning
grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari, yoyiq va
yig'iq gapiar ustida ishlash). 3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va
ohangga ko'ra turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish. 4. Gapda so'zlarni
aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish. 5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni
bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish.
7. Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida qanday tushunchalar beriladi?
J: elementar tushunchalar beriladi
8. 2-sinfda o'quvchilar gap haqida qanday tushunchalar oladilar? J: nazariy
tushunchalar oladilar.
9. 4-sinfda gap haqida nimalar organiladi?J: gapning uyushiq bo'laklarini
o'rganish bilan gap bo'laklari haqidagi bilim kengaytiriladi
10. Boshlang'ich sinflarda nechta tinish belgisi orgatiladi? J:4ta tinish belgisi: gap
oxirida nuqta, so'roq, undov belgisi hamda uyushiq bo'lakli, undalmali gaplarda
vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o'rgatiladi.
11. POLIZ EKINLARI Tarvuz va qovun. Ularning urug‘lari dalaga mart oyida
ekiladi handalak may oxirlarida, qovun va tarvuz esa iyul oyidan boshlab yetiladi
Bodring. Ertagi navi mart oyida ekiladi. Iyun oyida yetiladi (73-rasm). Dalaga
ekilgan o‘rtagi va kechki navlari avgust - oktabr oylarida hosil beradi. Kech
kuzdan boshlab bahor oxirlarigacha issiqxonalarda yetishtiriladi. Bodring urug‘i
etining orasida bo‘ladi. Urug‘i sarg‘ayib pishgan bodringdan olinadi
12. Qovoq qanday osimlik? J:. Urug‘lari erta bahorda ekiladi. Uning poyasi juda
uzun bo‘lib, ba’zan 10 metrgacha yeta Qovoq avgust - sentabr oylarida uzib
olinadi. Qovoqning urug‘i eti o‘rtasidagi bo‘shliqda joylashgan bo‘ladi
13. Mevali daraxtlar va butalar. May oyi boshida gilos, may oxiri va iyun oyi
boshida o‘rik hamda ertagi olma mevalari pishadi.Iyun oyida olcha, shaftoli,
olxo‘ri mevalari ham birin-ketin pisha boshlaydi. Iyul va avgust oylarid nok va
olma mevalari pishadi. Behi sentabr va oktabr oylarida yetiladi O‘lkamizda
mevali butalardan anor, anjir, malina va qorag‘at madaniy o‘simlik sifatida
yetishtiriladi. Anor va anjir novdasidan ko‘paytiriladi. Anjir iyun oyida, anor
avgust oyida pishadi
14. Tok. Tokning uzun poyasi va novdalari o‘zini tik tutib tura olmaydi. Shuning uchun ishkom qilinib, poyasi va novdalari simlarga bog‘lab qo‘yiladi Tok novdalari bahor kelishi bilan barg chiqaradi, aprel oyida gullaydi Ertapishar uzum iyun oyida yetiladi. Boshqa navli uzumlar avgust va sentabr oylarida pishadi. O‘lkamizda uzumlarning husayni, qora janjal, charos, toifi, kishmish, buvaki, irmiska, daroyi kabi navlari yetishtiriladi. Uzumning kishmish navidan mayiz tayyorlanadi
15. Manzarali daraxtlar va butalar. Ko‘cha bo‘ylari va xiyobonlarda tol,
chinor, akatsiya, shumtol, oqqayin, terak, eman kabi manzarali daraxtlar o‘stiriladi
16. Gullar manzarali o‘simliklar hisoblanadi. Hovli va xiyobonlarda o‘stiriladigan
gullar shular jumlasidandir Ayniqsa, atirgul, chinnigul, kartoshkagul, gulbeor,
marmarak kabi gullar xushmanzaraligi bilan odamni o‘ziga jalb etadiu gullarning
barchasi madaniy o‘simliklar hisoblanadi
17. Yalpiz Yalpiz erta bahorda ariq bo‘ylarida o‘sib chiqadi Yalpizdan
tayyorlangan damlama yoki bargidan olingan shira bod, teri kasalliklarini
davolashda ishlatiladi.
18. Jag‘jag‘ Jag‘jag‘ ham erta bahorda o‘sib chiqadi U odatda, dalalarda bo‘ladi
Damlamasi odamning ichki a’zolaridan ketadigan qonni to‘xtatishga yor dam
beradi.. Bunday damlama boshqa ko‘pgina kasalliklarga ham davo bo‘ladi.
19. Isiriq Isiriq cho‘l, qir-adirlarda o‘sadi, yoqib tutatilsa, tutunidan kasallik
tarqatuvchi mikroblar nobud bo‘ladi. Isiriqdan tayyorlangan damlama bod,
bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash kabi kasalliklarga davo bo‘ladi
20. Kashnich Kashnich ko‘kati vitaminlarga boydir. Kashnich urug‘idan
tayyorlangan damlama yo‘talni to‘xtatadi.Og‘izdagi yoqimsiz hidni ketkazishda,
ichak kasalliklarini davolashda ham shunday damlama ichiladi.
21.Ushbu kompozitsiya nimadan yasalgan? J: Rangli ipdan
22. Amaliy ishlarni bajarishda umumiy qoidalar nechta? J:10ta
1. Ishni faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlang.
2. O‘qituvchi sizga murojaat qilganda, ishni to‘xtatib turing.
Ishlayotganingizda chalg‘imang.
3. Ishlatish qoidalarini bilmagan vositalardan foydalanmang.
4.asboblardan faqat maqsadga muvogiq foydalaning.
5. Noto‘g‘ri va o‘tkir vositalar bilan ishlamang.
6. Ishlayotganda asbobni faqat o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushlab ishlating.
7. Asboblar va jihozlarni belgilangan joyda saqlang.
8. Ish joyingizni toza va ozoda tuting.
9. Asbob va jihozlarni o‘qituvchi tomonidan belgilangan tartibda joylashtiring.
10. Ishlayotganda gaplashmang, tashqi narsalar bilan chalg‘imang.
23. Qaychi bilan ishlash qoidalari nechta? J:8ta
1. Uchlari dumaloq bo‘lgan qaychidan foydalaning.
2. Qaychini ko‘rsatilgan joyda g‘ilofga solingan holda saqlang.
3. Qaychi bilan o‘ynamang, qaychini yuzingizga yaqin olib kelmang.
4. Ishlayotganda kesish yo‘nalishini diqqat bilan kuzatib boring.
5. Qaychini ochiq qoldirmang.
6. Kesish paytida do‘stingizga yaqinlashmang.
7. Qaychini do‘stingizga yopiq holda dastasi tomoni bilan bering.
8. Kesish paytida materialni chap qo‘lingiz bilan ushlab qirqing.
24. Yelim bilan ishlash qoidalari nechta? J: 5ta
1. Yelim bilan ishlaganda mo‘yqalamdan foydalaning.
2. Ishni bajarish uchun yelimni zarur bo‘lgan miqdorda oling.
3. Qog‘ozni yelim bilan yopishtirganda uning qurishini biroz kutishingiz kerak, aks holda, qog‘ozga tekis yopish-may qoladi.
4. Ortiqcha yelimni yumshoq mato bilan olib tashlang, matoni ehtiyotkorlik bilan bosing.
5. Ishdan keyin mo‘yqalam va qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuving
25. Igna bilan ishlash qoidalari nechta? J: 7ta
1. Ignani har qayerga tashlamang. Uni kiyimingizga qadamang.
2. Ignani og‘zingizga solmang va igna bilan o‘ynamang.
3. Ish paytida ignalarni maxsus yostiqchaga qadang.
Yostiqchani qutida saqlang.
4. Ish joyida ignani ipsiz qoldirmang.
5. Igna bilan ipni bitta joyda saqlang.
6. Igna bilan ishlayotganda chalg‘imang
7. Ishdan oldin va keyin ignalar sonini tekshiring.
26. Sirkuldan foydalanish qoidalari nechta? J:5ta
1. Sirkulni g‘ilofda saqlang.
2. Sirkulning oyoqlarini yuqoriga qaratib qo‘ymang.
3. Sirkul bilan ishlashda qog‘oz ostiga karton qo‘ying.
4. Sirkulni do‘stingizga yopiq holda bering.
5. Ishdan so‘ng sirkulni g‘ilofga soling
27. Kanselyariya pichoqchasi bilan ishlash qoidalari nechta ? J: 4ta
1.Qirqishda kanselyariya pichoqchasidan foydalaning.
2.Pichoqni ishlatib bolgach , pichoq uchiniichkariga surib qoying
3.Qogoz, kartonni pichoq bilan kesayotganda qatlam chizigidan foydalaning.
4.Ish paytida kanselyariya pichoqchasining ustidan sirgalib ketmasligi uchun uni mahkam ushlang.
28. Andazani to‘g‘ri belgilashnecha bosqichdan iborat? J:3bosqich
1. surilib ketmasligi uchun uni qo‘lingiz bilan qattiq bosib turing.
2. Andazaning surilib ketmasligiga ishonch hosil qiling.
3. Andaza materialga tejamkorlik bilan joylashtiring.
29. Mahsulotlarni dizayn jihatidan tahlil qilish usullari nechta ? J:7ta
1. Mahsulot nomi va uning maqsadini aniqlang.
2. Mahsulot nechta qismdan iborat?
3. Mahsulotning qismlari, shakli, ularning miqdori va ula-nish turini aniqlang.
4. Bir xil qismlari bormi? Qaysi qismni yaratish uchun eng ko‘p vaqt talab qilinadi?
5. Qismlarning shakli qanday?
6. Mahsulotning qismlarini qanday qilib yig‘ish mumkin?
7. Mahsulot qanday xomashyodan tayyorlangan? Mah-sulotni boshqa xomashyodan tayyorlash mumkinmi? Nima uchun? Rang tanlashda biron bir xususiyat mavjudmi?
30. Texnologik operatsiyalar va ularni amalga oshirish usullari nechta?J: 5ta Tayyorlanadigan mahsulotni quyidagicha belgilash mum-kin: ko‘z bilan chamalab, chizg‘ich va uchburchakli chizg‘ich yordamida, andaza asosida, nusxa ko‘chirish orqali, sirkul yor-damida va boshqalar.
31.Bilmasvoy Quyosh shahrida Varaqjon bilan to‘qnashib ketib, jahl ustida uni nimaga aylantirib qo‘yadi? J; eshakka
32. Keldi bahor - gulbahor, Erib bitdi oppoq qor. Uchib keldi qushlarjon, Daraxtlar taqdi marjon.Bu parcha qaysi sherdan olingan?J:Bahor keldi
33. Oddiygina hojat qog‘ozi tayyorlash uchun kuniga qancha daraxt kesiladi? J: 20 mingdan ortiq
34. Yerga tashlangan plastik chiqindilar necha yilda chirib, yo‘q bo‘lib ketadi ? J: 500 yildagina
35. Dunyodagi ilk kompyuterning og‘irligi qancha bo‘lgan? J; 27 tonna
36. U o‘zbek tilidagi “qora” va “tosh” so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan . Gap nima haqida ketyapti? J:Karandash yani rangli qalamlar
37. Hozirda qalam ishlab chiqarishda qanday toshdan foydalaniladi? J: grafit degan toshdan 38.
“Alisher devorda o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi”. Ushbu maxluq- cha nima edi? J: Gripp 39. Nima uchun Alisher maxluqchani idishga qamab qo'ydi? J:Uni jazolash uchun
40. Maxluqcha kimni kasal qilmoqchi aytdi? J:Alisherni
41. Hammasi bo‘lib nechta raqam bor? J:10ta 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.
42. Boshlang‘ich matematika kursida arifmetik materialning konsentrik joylashuvi qaysilar? J: o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar
43. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari qaysilar? J:umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi
44. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarini bir nechta guruhlarga bo‘lib klassifikasiya qilish mumkin ular qaysilar? J: O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha II. O‘quvchilar fikrining yo‘nalishi bo‘yicha III. Pedagogik ta’sir, boshqarishning darajasi, o‘quvchi-larning o‘qishda mustaqilliklar darajasi
bo‘yicha IV. O‘quvchilarning mustaqil faolliklari darajasi bo‘yicha
45. O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha qaysi metodlarni oz ichiga oladi? J:Og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlar (tushuntirish, suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash va h.k).
46. O‘quvchilar fikrining yo‘nalishi bo‘yicha qaysi metodlarni oz ichiga oladi?J:Induksiya, deduksiya va analogiya
47. Pedagogik ta’sir, boshqarishning darajasi, o‘quvchi-larning o‘qishda mustaqilliklar darajasi bo‘yicha qaysi metodlarni oz ichiga oladi?
J:O‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishi metodi; O‘quvchilarning mustaqil ishlari metodi
48. O‘quvchilarning mustaqil faolliklari darajasi bo‘yicha qaysi metodlarni o`z ichiga oladi? J: Izohli-illyustrativ metod; Reproduktiv metod: bilimlarni muammoli bayon qilish metodi; qisman izlanish va tadqiq qilish metodi
49.Shunday savollar tizimi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar, ta’riflarni oddiygina qayta eslatishni talab etadi.Bu qanday suhbat? J: Katexezik suhbat
50. Bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi.Qaysi metod? J: Induksiya metodi
1. 1-sinf o'quvchilari tinish belgilarini qaysi vaqtda organadilar? J: savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi
2. Metodikada imloga oid mashqlarga nimalar kiradi? J::1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi.
3. Diktant bu_? J: eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir.
4. Diktantlar maqsadiga ko'ra necha xil bo'ladi: J:1. Ta'limiy diktantlar. 2. Tekshiruv diktantlari
5. Ta’limiy diktantlar uchun darsning qancha vaqti ajratiladi? J: ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi
6. Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra qaysi turlarga
bo'linadi? J:1. Ta’kidiy diktant. 2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 3. Izohli
diktant. 4. Saylanma diktant. 5. Erkin diktant. 6. Rasm diktant.7. Lug'at diktant.8. Ijodiy diktant.
7. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida necha marta otkaziladi? J;5-6 marta o'tkaziladi.
8. Lug'at ustida ishlashda qaysi metodik usullardan foydalaniladi: J: 1. So'z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. 2. So'zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o'rgatish
3. So'zlarni belgilariga ko'ra guruhlash usuli.
9. Nutq nima? J: kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap)
asosida tafakkurni ishga solishdir.
10.Nutq o'stirishda nechta yo'nalish aniq ajratiladi? J: 1) so'z ustida ishlash; 2)
so'z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash...
11. Maymunjon Maymunjon ariq bo‘ylarida, tog‘ yonbag‘irlarida daraxt va
butalarga chirmashib o‘sadi. Maymunjon mevasi isitmani tushiradi, ich ketishini
to‘xtatadi. Uni muntazam iste’mol qilgan odam shamollamaydi
12. Na’matak Na’matak ko‘proq tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Mevasi vitaminlarga
juda boy. Uning damlamasi isitma tushirishga, og‘iz bo‘shlig‘i yaralariga davo
bo‘ladi. Na’matak mevasidan tayyorlangan damlama yurakni quvvatlantiradi
13. Tut daraxti, bargi va mevasi Tut daraxtining mevasi boshqa mevalarga nisbatan erta pishadi. «Balxi tut» deb ataladigan navining mevasi yirik va mazali bo‘ladi. Viloyatlarda tut daraxti alohida maydonlarga ekilib, tutzorlar barpo qilingan. Mart oyi oxirida tut daraxtining kurtaklari ochilib, barg yoza boshlaydi.
O‘zbekistonda bu daraxtning barglari bilan ipak qurti boqiladi. Aprel oyi boshidan yosh barglari terib olinib, ipak qurti boqila boshlanadiNovdalari kesib olingan tut daraxtidan may oyidan boshlab yangi novdalar chiqa boshlaydi. Bu novdalari kuzda pishib yetiladi. Kuz oxirlarida barglari sarg‘ayib to‘kiladi
14. Ipak qurti, asosan, xonadonlarda boqiladi. Aprel oyi boshlarida ipak qurti tuxumlari ochilib qurtlar chiqadi. Tuxumidan chiqqan qurtlar xonadonlarga tarqatiladiQurt boqilayotgan xona harorati muntazam +28°C dan +30°C gacha bo‘lishi kerak 5-6 kundan keyin barglar butunligicha solinadi
15. Yovvoyi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar Sher eng kuchli yirtqich hayvonlardan biridir.Sherlar o‘t va butalar bilan qoplangan issiq o‘lkalarda hayot kechiradi. Kiyik, zebra kabi yirik o‘txo‘r hayvonlarni ovlab yeydi Erkak sher boshi, bo‘yni va ko‘kragini qoplab olgan yoli bilan urg‘ochisidan farq qiladi. Urg‘ochi sher 2 tadan
5 tagacha bolalaydi. Bolalari 6 oygacha onasining suti bilan oziqlanadi va ular birgalikda 2 yil yashaydi
16. Yo‘lbars sherdan farqli ravishda ko‘p vaqt yakka o‘zi hayot kechiradi Yo‘lbarslar, asosan, o‘rmon va butazorlarda, tog‘ yonbag‘irlarida yashaydi Urg‘ochi yo‘lbars 2 tadan 6 tagacha bolalaydi. Bolalarini 2 oygacha sut bilan boqadi. Bolalari 2-3 yoshgacha onasi bilan yashaydi.
17. Ayiqlarning oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, qora ayiq kabi turlari mavjud. Oq ayiq shimoliy qutbiy o‘lkalarda yashaydi. Uning tanasi 2 metrdan ham uzun, og‘irligi esa 1000 kilogrammgacha bo‘ladi. Oq ayiq, asosan, baliq, tulen kabi suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Qo‘ng‘ir ayiq tog‘ va o‘rmonlarda yashaydi. O‘simliklarning bargi, mevasi va ildizi, baliq kabilar bilan oziqlanadi. Asalni xush ko‘radi. Daraxt kovaklaridagi asalari inidan asalni topib yeydi. Ayrim paytlarda bug‘u va kiyik kabi yirik o‘txo‘r hayvonlarni tutib oziqlanadi
18. Bo‘ri tog‘, o‘rmon, adir va cho‘llarda hayot kechiradi. Bo‘ri kechalari ovga chiqib, uchragan turli o‘txo‘r hayvonlarni ovlaydi. Bo‘rilar to‘da bo‘lib o‘ljasiga hujum qiladi. To‘dada 20 tagacha bo‘ri bo‘lib, ulardan eng kuchlisi to‘daga boshchilik qiladi Bo‘ri 4 tadan 13 tagacha bolalaydi. Bolalari 35-45 kun onasini emadi. Ovqatni erkagi keltirib beradi. 2 yoshga yetgan bo‘ri bolalari to‘dalarga qo‘shilib, mustaqil hayot kechiradi
19. Fil - Yer yuzi quruqligidagi eng katta hayvon bo‘lib, o‘g‘irligi 6 tonnaga, balandligi esa 4 metrga yetadi. Uning burni - xartumi hid bilish a’zosi bo‘libgina qolmay, ovqatlanish, karnay kabi ovoz chiqarish, yuk ko‘tarish vazifalarini ham bajaradi Fil 1ta yoki 2ta bolalaydi. Bolasi 2 yilgacha ona suti bilan oziqlanadi.
Urg‘ochi fillar va filchalar to‘dada yashasa, erkak fillar yakka holda hayot kechiradi
20. Jirafa Yer yuzidagi eng baland hayvon bo‘lib, uning bo‘yi 6 metrga yetadi.
Uning oldingi oyog‘i orqa oyog‘iga qaraganda uzun bo‘lib, har bir qadamining
uzunligi 4 - 5 metrga teng Urg‘ochisi 1ta bola tug‘adi. Bolasi ertasiyoq oyoqqa
turib, onasining ortidan yugurib yuradi. Jirafalar va ularning yosh bolalari
tuyaqush, zebra yoki kiyiklar to‘dasi bilan birga yuradi.
21.Dizayn nima? J: - estetik xususiyatlarga ega bo‘lgan narsalar, sanoat buyumlarini loyihalash, joylashtirish, jihozlash, badiiy jihatdan loyihalash, tashkil qilish.
22.Dizayner kim? J: - narsa va obyektlarni bezatish, ularga rasm chizish, tasvir tushirish, dizayn bilan shug‘ullanuvch shaxs, dizayn bo‘yicha mutaxasis.
23.Interyer nima? J: - turar joylar, jamoat, sanoat binolari, inshootlarning me’moriy va badiiy jihatdan bezatilgan ichkari qismi.
24.Kvilling-uzunchoq ensiz qogozni eshish bilan bejirim va nafis buyumlar yasash usuli.
25.Maket nima? J: - buyumning faqat tashqi ko‘rinishini takrorlaydigan kichraytirilgan nusxasi.
26.Muhandis kim? J: - texnikaning biror sohasi bo‘yicha oliy ma’lu-motga ega bo‘lgan mutaxassis.
27.Origami nima? J: - qog‘ozni buklash yo‘li bilan shakl yasash usuli.
28.Pape-mashe nima? J: - qog‘ozni parchalab yopishtirish yo‘li bilan narsa-buyumlar yasash usuli.
29.Texnologiya nima?J: - ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarimfabrikant va shular kabilarga ishlov be-rish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar majmui.
30. Eskiz nima? J: - bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan chizma.
31. Qaysi qushni “o‘rmon shifokori” deb atashadi? J:Qizilishtonni
32.Qaysin qushning oyoq panja barmoqlarining ikkitasi orqaga, ikkitasi esa oldinga qaragan boladi? J:Qizilishtonning
33.Qizilishton bir o‘tirishda daraxt tanasidan qancha hasharotni terib yeyishi mumkin ? J: 1000 tagacha
34.Sobirjon fermer matnida Sobirjonning g'oyasini birinchi bo'lib kim qo'llabquvvatladi? J: Onasi
35. Sobirjonga tovuqxona eshigini yasashni qanday , kimdan o'rgandi? J: Togasidan
36. Mushukning bolasi nima deyiladi? J: “xumpar”
37.Cho'chqaning bolasi nima deyiladi? J: “jish”, yovvoyisi - “to'ng'iz”
38.Eshakning bolasi nima deyiladi? J: “qudung” va “xo'tik”
39.Otning bolasi nima deyiladi? J: “qulun”, yoshiga qarab “toychoq”, “g'o'non”, “do'non”, “pishti” deb ataladi
40.Kiyikning bolasi nima deyiladi? J: “momoloq”
41.Ohuning bolasi nima deyiladi? J: “quralay”
42.Sigirning bolasi nima deyiladi? J: ayrim joylarda “gosala”
43. Umrini keraksiz o‘yin-kulgiga sarflaganlar afsus qilib qolganini ko‘rdim. Biroq hamma ham buni o‘z vaqtida tushunib yetmaydi.Ushbu parcha qaysi matndan olingan? J:Donishmand soat
44. Biz hozir yax deb ataydigan mevali muz qachon paydo bolgan? J: 117 yil oldin
45. Yax deb ataydigan mevali muzni kim ixtiro qilgan? J: Frenk
46. Ketrinning “Bilakqop”ni ixtiro qilishiga nima sabab bo'ldi?J: Qish
kunlari sovuqdan bilaklari qattiq ogrir edi
3-sinf oqish kitobi M. UMAROVA, X.XAMRAKULOVA, R. TOJIBOYEVA
47.Yurtim jamoli sherida nechta shahar tilga olingan? J:13ta
48.Yurtim jamoli sherida qaysi viloyatni “Ilm uyi” deb tariflagan? J: Buxoro
49. Yangi uy hikoyasidagi Bunyodbek amaki kimning otasi? J:Xurshidbekning
50. . U Qoraqum va Qizilqum cho‘llarini ikkiga ajratib turarkan. O‘zbekiston orqali turkman eliga o‘tib, suv tashir, qaytib kelib, Orol dengiziga quyilarkan.Gap qaysi daryo haqida ketyapti? J: Amudaryo
1. Nutq turlari qaysilar?: J:1. ichki nutq 2. Tashqi nutq
2. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq qanday boladi? J; og‘zaki va yozma bo'ladi
3. „O'zbek tilining izohli lug'ati" da qancha soz va soz birikmasi berilgan?
J: 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir
4. Ona tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o ‘z lug'atiga har kuni
8-10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida nechta sozni qoshishi
mumkin? J: 4-6 so'zni qo'shishi, ya’ni shu so'zlar ma’nosini o'zlashtirishi lozim
5. Metodikada so'zlarni tushuntirishning qaysi usullaridan foydalaniladi? J:1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. 2. So'z ma’nosini lug‘atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntiris h3. So'z ma’nosini shu so'zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish4. Tanish bo'lmagan
so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. 5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha - boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish 6. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlaming ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
6. Talaffuzi, yozilishi har xil bo'lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so ‘zlar qanday sozlar hisoblanadi? J: M a ’nodosh so'zlar (sinonimlar) 7.Zid manoli sozlar deb nimaga aytiladi? J: Qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so'zlar zid ma’noli so'zlar (antonimlar) deyiladi
8. O'quvchilaming mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko'ra gap ustida ishlash mashqlari nechiga bo'linadi?: J:1. namuna asosidagi mashqlar; 2) konstruktiv mashqlar; 3) ijodiy mashqlar
9. Bog`lanishli nutq deb nimaga aytiladi? J:Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan ma’noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi
10. Metodik an’anaga ko'ra matnli mashqlar qaysilar? J: tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo'linadi.
11. Zararkunanda hasharotlarga nimalar kiradi? J: kolorado qongizi, karam kapalagi, chigirtka, Karadrina qurti, Mart qo‘ng‘izi
12. Karadrina qurti g‘o‘za barglari bilan oziqlanadi.Ko‘sak qurti esa g‘o‘za ko‘saklarini kemirib hayot kechiradi, so‘ngra kapalakka aylanadi
13. Mart qo‘ng‘izi va uning qurti o‘simliklarga juda katta zarar yetkazadi . Mart qo‘ng‘izi 10-15 sm chuqurlikda tuproqqa tuxum qo‘yadi Bu qo‘ng‘iz mart oyida yer yuzasiga chiqqani uchun mart qo‘ng‘izi deyiladi. Mart qo‘ng‘izining tuxumlaridan oq qurtlar -buzoqboshilar chiqadi.Buzoqboshi daraxtlar va boshqa
o‘simliklarning ildizlari bilan oziqlanadi. Buzoqboshi g‘umbakka, keyin qo‘ng‘izga aylanadi va yer yuziga chiqadi
14. Foydali hasharotlarga nimalar kiradi? J: Asalari, Xonqizi qo‘ng‘izi, O‘rgimchak, chumoli.
15. Hasharotxo‘r qushlarga qaysi qushlar kiradi? J: Chittak, Jiblajibon, .Chug‘urchiq, Kakkuqush. So‘fito‘rg‘ay,
16. Chittak bir kunda o‘z og‘irligiga teng miqdordagi hasharotlarni yeyishi mumkin
17. Jiblajibon ekinlar orasida turli zararkunanda hasharotlarni topib yeydi
18.Chug‘urchiq bir kunda taxminan 200 g chigirtkani yeydi Sassiqpopishak daraxtlarning po‘stlog‘i, devorlarning yoriqlari orasidagi hasharotlarni tutib yeydi.
19. Kakkuqush boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda yeb tugatadi.
20.Tovuqning og‘irligi 2 kg dan 4 kg gacha bo‘ladi. Tovuqlar tuproqni oyoqlari bilan titkilab, o‘simliklarning urug‘larini, chuvalchang va hasharotlarni topib yeydi. Ona tovuq 10-15 tagacha tuxumni 20-25 kun bosib yotib, jo‘jalar ochadi. Jo‘jalar 3- 4 oyda voyaga yetadi.
21. Xonaki o‘rdaklar yovvoyi o‘rdaklardan kelib chiqqan. Yovvoyi o‘rdaklar ucha oladi. Ularning og‘irligi 2 kg gacha bo‘ladi. Xonaki o‘rdakning og‘irligi esa 3 kg va undan ortiq bo‘ladi. O‘rdak har 2-3 kunda bittadan tuxum qo‘yadi. Uning tuxumi tovuq tuxumiga qaraganda yirik bo‘ladi
22. G‘oz ko‘rinishidan o‘rdakka o‘xshab ketadi. Lekin uning gavdasi o‘rdakdan katta, bo‘yni esa uzun, og‘irligi 5 kg dan ortiq bo‘ladi. Bir mavsumda 30-50 tadan ko‘p tuxum qiladi. G‘oz ham o‘rdak kabi suvni yaxshi ko‘radi. Ular suv bor joyda boqiladi. G‘ozlar mayda baliqlar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanadi
23. Kurka dumini yelpig‘ichga o‘xshatib ko‘tarib ham yuradi. Boshi va bo‘ynining yuqori qismi patsiz, terisi g‘uddali bo‘ladi. Ularning og‘irligi 10 kg va undan ortiq bo‘ladi. Kurka bir yilda 70-90 ta tuxum qo‘yadi
24. Texnologiya qanday sozdan olingan , qanday manoni bildiradi? J: (yunoncha: „tecno“ – hunar, usta va „logos“ – fan, ta’lim) – ilmiy amaliyot asosida xomashyoni tayyor mahsulotga aylantish usullari.
25.Ushbu samolyotimiz qanday mahsulotlardan tayyorlangan? J:polimer
26 . Chilangarlik asboblarini belgilang? J:drel, ombur, zubila, egov;
27. Rassom, haykaltarosh, me’mor, san’atshunos kim? J: Interyer dizayner
28. Belgilangan dastur asosida harakatlantiruvchi, turli ope ratsiyalarni bajaruvchi avtomatik qurilma qanday nomlanadi? J:Robot
29. . Izonit amaliy dekorativ san’atining vatani qayer? J: Angliya.
30 Izonit texnikasi bilan tasvir yaratish uchun nimadan foydalaniladi?
J: karton, baxmal qog‘oz, jun, ipak, mulina ip;
31. Model yaratish, qurish, tartibga solish, elementlarni biriktirish qaysi so‘z ma’nosini anglatadi? J: konstruktor
32. „Lego“ konstruktorining vatani va yaratilgan yi I i n Ii belgilang. J: Daniyada, 1932-yil;
33. . Insonga o‘xshash robotlar nima deb ataladi? J:androidlar
34.Birlikda Baraka bor maqoli qaysi ertak so`ngida berilgan? J:Opa-singil daryolar
50. Arzir seni.Faxrlanib maqtasam, Keng quchog‘ing Saroylarday muhtasham. Ishkomlarda.Uzumlarning chamani, Quvontirar „Oq oltin“zor hammani. Ushbu parcha qaysi she`rdan olingan?
J:Oltin kuzim


Toshkent shahriga tushgan savollar
Asar qahramonlarini tahlil qilish (Metodika)
2.Yarim izlanish metodi(Met)2-nomi muammoli o'qitish metodi ham deyiladi
Izlanish metodi-asardagi voqea va tafsilotlar asosida o'quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda , qahramonlarga baho berishda keng qo'llanadigan usuldir
3.Qor odamning sovg'asidan savol
Chayla orqasida qor odam yasaymiz degan so'zlari bor(shu jumlalariadan bilib olasiz vu matn Qor odamning sovg'asi ekanligini)
4. Xaridor 20 foiz chegirma bilan narsa sotib oldi va va 96ming so'm berdi.Buyumning asl narxi qancha bo'lgan?
Yechish:100x96000/80=120 000 so'm bo'lgan asl narxi
tekshirib ko'ramiz: 120000:100x20=1200x20=24000
120000-24000=96000 so'm ekan
5.Bo'yi 600 m .Eni undan 345ga kam bo'lan to'g'ri to'rtburchakning perimetrini toping.
Yechish:
1) 600-345=255
2) (600+255)x2=855x2=1710 m
6.Yorug'lik nimlardan yaxshi qaytadi?
J:Silliq vq yaltiroq narsalardan
7.Harakat qanday yuzaga keladi?
J:Tortish va itarish natijasida
8.4-sinf o'qish Pahlavon va shoir mavzusidan Pahlavon Mahmud 200 ta asirni ozod qilib o'zi bilan qayerga olib ketadi deyilgan?
J:Xorzamga
9.Bolaning 2ta cho'ntagida 400 so'm puli bor edi.U 1- cho'ntagidan 70 so'm olib 2-siga soldi va 2-sidan 20 so'm olib , 1-cho'ntagiga soldi va ikkala cho'ntagidagi pul miqdori teng bo'ldi.Boshida bolaning 1- cho'ntagida necha so'm pul bo'lgan?
Yechish:
400:2=200
Tenglama qilamiz
X+70-20=200
X+70=200+20
X+70=220
x=220-70
X=150 so'm (2-cho'ntakdagi pul)
400-150=250 so'm( 1- cho'ntakdagi pul)
10."Eshikni yop" matni muallifi kim?
J: Samuil Marshak
11.Bir xurmacha shavla ertagida nima uchun kampir qizchaga xurmachani berdi?
J:Maymunjonidan kampirga bergani uchun
12.Mittivoy va Karlsonni kim yozgan? J:Astrid Lindred
13. 3- sinfda "Unitilmas bayram" matnida bolalar nimadan xursand bo'ldilar?
J: nogiron qizcha oyoqqa turganidan
14.Kamalak ranglari ketma-ketligini topish
(Formulasi:Qimmat Zumradning sandig'ini yashiriib hovliga kirib baqirdi) QZSYHKB
15.Kometa dumini yer sayyorasi ham kesib o'tsa undagi chang va gaz yerga talofat yetkazadimi? (Yo'q .Yer sharini o'rab turgan havoda yo'q bo'lib ketadi)
16.Hunarmandchiligimiz so'zida nechta qo'shimcha bor?J:Hunar+mand+chilik+imiz 3ta
17.Qaysi biri metalga kirmaydi?
A) Oltin B) kumush C) torf (yonuvchi) D) mis
18.Vaqting ketdi, naqding ketdi matnida kim kompyuter xonasini ochdi?J:Foydaxo'r
18.Matematika metodikasi haqida 1-bo;ib yozgan olim kim? J:Pestalosi
19. 550 ming oylik olardi, 4 %ga oshirilsa necha so'm oladi? nechaga teng? J: 550000:100x4=22000 550000=22000=572 ming bo'ldi
20.Chilangarlik asboblari(metallga ishlov berish) drel, bolg'a, ombir, zubila, egov
21. Duradgorlik asboblari:( yog'ochga ishlov berish) arra, randa bolg'a, iskana
22.O'lchash-belgilash asboblari: shtangensirkul, nutrometr, mikrometr, taxlama metr, chizg'ich
23.Qurilish asboblari: Iskana katta bolg'a, perfarator, iskana, elektrparma
24.ot+ot qolipida yasalgan otni toping: qo'y-qo'zi...
25.Zog'ora non kimning laqabi? J:Jepetto
26.Nima uchun Jepettoga Zog'ora non laqabini qo'yishgan?
J:Boshidagi parigi sap-sariq zog'ora nonga o'xshagani uchun
27.Nima uchun Antonioga Usta olcha laqabini qo'yishgan?
J: Burnining uchi g'arq pishgan olchaga o'xshagani uchun
28.Model nima?
J: Model-bu buyumning qurilmasi va ishlash prinsipini namoyish qilish uchun mo'ljallangan uning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan nusxasi.Modellar harakatlanuvchi va harakatsiz bo'lishi mumkin.
29.G'ulom so'zining ma'nosi J: xizmatkor
30.Kofur so'zning ma'nosi? J: oq va xushbo'y modda
31.Botmon o'lchov birligi qancha? J: 163 kg 800 gr
32.Oz komplektli maktablarda o'qitishda mutaqil ish vaqtlarida o'qituvchi nima qiladi?
J: Mustaqil ish savod o'rganish jarayonida o'qituvchining rahbarlik qoilishini talab etadi.
33.Quyosh nurlari yerga qancha vaqtda yetib keladi?
J: 8minutda , yoki 480 sekudda yetib keladi.
34.Kungaboqar va To'lqinjon she'rida To'lqinjon kim bo'lmoqchi edi? J: Usta
35.Bir gapim bor ukajon...deb boshlangan she'r qaysi?
J:Mardlik va aql yorug'ligi MIraziz A'zam
36.Pioninaning oq klavshlari qancha qismini tashkil etadi? oq-52 qora-36 ta jami 88ta
A)1/5 B) 5/3 C) 4/1 D) 4/2
37.Bo'yi 600 m , eni 345ga kam bo'lgan to'g'ri to'rtburchak perimetrini toping
Yechish: 1)600- 345=255
2) (600+ 255)x2=855x2=1740 m
38.Tana a'zolari rasmi berilgan, topish kerak (3 tabiat)
39."Firdavs so'zining ma'nosi? J: Jannat bog'i
40."Jiyron"hikoyasida dadasiga ot rasmini chizdirgan bola kim?
J:Sobirjon Sobit G'afurov yozgan.
41.Baliqning mozaika usulida yasalish bosqichi nechta? J:4ta
42."Jimjiloq"ni kim yozgan? J:Ch. Aytmatov
43."Bolalar gurungi " ertagi muallifi kim? J: Xans Kristian Andersen
44.200dan ortiq g'oz va jo'jani yegan odam kim? J:Gulliver
45.Shtangensirkul nima?
J: nemischa, detallarning tashqi va ichki chiziqli o'lchamlari diametri va chuqurliklarini o'lchash uchun mo'ljallangan asbob
46.Dunyoda shunday sharafli kasb egalari borki, ular tufayli biz oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratamiz.
faqat jarangli tovushlar va unlilar ishtirok etgan so'zlar nechta?
J:Dunyuda, egalari, ular, biz, yomondan-5ta ekan
47.4ta sazan 5ta laqqa baliqdan og'ir.5ta sazan 6ta laqqa baliqdan yengilmi? Ha Yo'q
48.Bola yerni 4, 5 soatda, do'sti 5 soatda chopadi.Ikkisi birgalikda necha soatda chopadi?
(4, 5x5):(4, 5+5)=22, 5:5, 5=5 soatda
49.Tortni akasi 10 daqiqada, ukasi 30 daqiqada yeydi.Ikkisi birgalikda nech adaqiqada yeydi?
J: (30x10):(30+10)=7, 5 daqiqada
50.Rasul chizgan rasmni kim O'zbekiston deb nomladi?
J: Akasi o'ylab topguncha nomini o'zi topdi
51.Bo'ri podadan bir qo'yni yedi.Kechki ovqatga go'shtning bir qismini olib qo'ydi.Sichqon buni bilib qoldi...Mulohazasi
52.So'zning morfemik tarkibi necha bosqichda o'rganiladi? J: 4 bosqichda
53.Shkala so'zining ma'nosi nima? Zinapoya, narvon
54.Asalari 1sekundda 190 marta qanotlarini harakatlantiradi.3 minutdachi?
J:60x190=11400 11400x3=34200
55.Yer sharining markazidan o'tuvchi o'q nomi nima? J:Aylanish o'qi
56."Olim bo'lmoqchiman "hikoyasida 1-bo'lib bola qaysi kasbni egallamoqchi bo'ladi?
J:O'qituvchilikni
57.Xarita matnidan 10dan ortiq savol tushdi, qayta-qayta o'qinglar.
58.4 -sinf o'qishni oxiridagi lug'atdan ham ko'p savol tushdi.
59.Ma'rifat gazetasidagi"Kundaligimdagi"2" matnidan ham savol tushdi
60.Tire va ikki nuqta bilan necha sinfda amaliy tanishtiriladi? J:1-sinfdan
61.Morfologik tahlil nechanchi sinfdan o'tkaziladi? J:3-sinfdan
62.Shtrix so'zining ma'nosi nima? J:chiziqcha, chiziq
63.Ishchi yil oxirigacha Matiz va 2600$ olishga korxona bilan kelishdi .Lekin u 8oy ishlab , Matiz va 1000$ oldi.Matizning narxini toping.
Yechish:
Ishchi oyligi- x so'm
Matiz- y so'm
12xX=y+1600
Bir yilda 12 oy bor uchun 12ga ko'paytirdik x ni
8xX=y+1000
Endi sistemalar sistemasi qilib ayirdik:
(12ni pastidagi 8ni)
4xX=1600
x=400
endi x ning o'rniga 400ni qo'yamiz
8x400=y+1600
y=3200-1600
y=1600
Demak, Matiz narxi 1600$ ekan
64.Ona tili o'qitish metodikasi qanday fan? J:Pedagogik fan
65. "O'n tilla mukofot" muallifi kim? J:A.Obidjon
66.2022 yil telefonning bir oylik to'lovi 53ming so'm bo'lgan.2023 -yilga kelib 4 foizga oshdi.Endi telefon qancha bo'ldi:
J:53000:100x4=530x4=2120 so'm oshdi.
oldin 53ming edi, endi 2120 so'm oshdi: 53000+2120=55120 so'm bo'ldi.
67.Kompas o'z o'rniga kelishi uchun necha gradusga aylanadi? J:360 gradus
68.So'zlar orasiga harf qo'shib talaffuz qilish qanday mashq? J: sintez
69.Katakchalarda uchburchakchalar berilgan.Yuzalari 1ga teng nechta kvadartcha bor? J: 5 ta to'g'ri javob
70.Tex-yadan qog'oz turlari:
J: gazeta, yozuv, chizmachilik, rasm, rangli va jiloli, yelimlangan, rangli jild, shagren naqshdor qog'ozi.
71.8ta 8dan 1000 hosil qilish mumkinmi? J: 888-88+88:8=1000
72.Toshkentdan qaysi rangli metal qazib olinmaydi? J:kumush
73.Ko'k va qizil ranglar hosilasidan qanday rang hosil bo'ladi? J:siyohrang
74.12+21+...80= Yig'indini toping J: (12+80)x59):2=2714
75.6ta ketma -ket joylashgan kesmalarda nechta kesma bor? J: 7x6:2=21 ta
76. 10ta ketma -ket joylashgan kesmalarda nechta kesma bor? J: 11x10:2=55 ta
77. 4ta kostyumni 3juft tufli bilan nech usulda kiyish mumkin?
1 2 3 4
1 2 3 J: 4x3=12
78.Ifodali o'qishning eng yuqori bosqichi qanday o'qish? J: Badiiy o'qish
79.150.Qaysi o’qish asosiy o’qish hisoblanadi? C)Ongli o’qish.
80.To’g’ri o’qish qaysi o’qishga xizmat qiladi.
A)Bo’ginlab o’qish. B)Ongli o’qish. C)Tez o’qish.
81.Metodist T.G.Yegorov o’qish malakasini 3 bosqichga bo’ladi, bular;
A)Analalitik sintetik avtomatlashgan.
146.Boshlang’ich sinflarda badiiy asar ustida ishlashning bosqichlari va nomlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)1-bosqich (sintez), 2-bosqich(analiz)

Download 85.44 Kb.
  1   2




Download 85.44 Kb.