Boshlang’ich ta’lim




Download 14.46 Kb.
Sana17.05.2023
Hajmi14.46 Kb.
#61068
Bog'liq
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Lazer nurining spektral xossasi, moliya b, BIZNES MOLIYASI (2), diskret tuzilmalar 1 mustaqil, Iqtisodiyotda qo\'llaniladigan amaliy dasturiy mahsulotlar-fayllar.org (1), 3-4 2020 KENGURU, БОШ ЖУРНАЛ, CamScanner 2023-11-15 06.39, Mahmudov Erkinjon, 5-Qatlamga ta\'sir qilish qo\'llaniladigan ishlash tizimlari NKIvaI, AES SHIFRLASH ALGORTIMLAR, 1-seminar ishlanma, 1701505572, Isitish inshootlarini avtomatlashtirish Reja-fayllar.org

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim ” yo’nalishi
3-kurs 720-guruh talabasi Ashurova Zuhraning malakaviy amaliyot boʻyicha
BIR HAFTALIK HISOBOTI
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 3-kurs 720-guruh talabasi Ashurova Zuxraning 2023-yil 13-fevral kunidan 17-fevralgacha boʻlgan amaliyot kunlaridan batafsil maʼlumot.
Termiz shahridagi 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo’yicha (1-hafta) 13-17-fevral HISOBOT 2023-yilning 13-fevral kuni Termiz shahridagi 16-umumiy o’rta ta’lim maktabidaga Amaliyot Rahbarimiz D.Kadirova bilan birga Termiz shahridagi 16-maktabga Amaliyot o’tagani bordim. Darsini kuzatib Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari bilan muntazam ish olib boryapman va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim, o’rgandim va yana o’rganayapman. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo’lanishini shu bilan birga, noan’anviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rganadim. Dars jadvallari bilan tanishib chiqdik, darslarni kuzatib, tahlil daftarga va kundalik daftarga yozib o’rganib har kuni 12|:30ga qadar maktabga borib, amaliyot rahbarimizga ko’rsatib ro’yxatdan o’tamiz. Keyin esa biz biriktirilgan sinfning darsiga kirib kuzatdim, o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishi yuqori. Darslarni o’z vaqtida qilib ustozining gapiga diqqat bilan quloq solib tartibli bo’lib ustozini kuzatishadi. Uyga berilgan vazifalarni ertasi kuni bajarib kelib ustozidan, yulduzchali baho olib juda ham xursand bo’lishadi. Sinfda o’quvchilar soni 22ta bo’lib 9 tasi o’g’il bola 13ta qiz bola sinfda darsni Pardayeva Gulbahor ustoz o’quvchilarga tushunarli qilib o’tadi, dars o’tish jarayonida turli xil ko’rgazmali qurollar bilan o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi. O’qituvchi o’quvchilarni navbat bilan doskaga chiqarib o’qishini kuzatdik, o’quvchilar yaxshi o’qishdi. Boshlang’ich sinf rahbarlari bilan birga darslar uchun mustaqil ravishda darsni to’g’ri tashkillashtirishni, mavzuga mos bo’lgan materiallardan, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, rag’batlantirishni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni ularga ko’maklashishni o’zlashtirishni o’rganyapman. Bunda menga sinf rahbarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Biz 1-"D" sinf bilan birgalikda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tadbir o'tkazdik. Tadbirni 1-"D" sinf rahbari Pardayeva Gulbahor ustoz ochib berdi va o'quvchilar Bobur g'azallaridan, aytishib sahnaviy ko'rinishlar ham qilishdi .Bayram juda ajoyib o'tdi .
Download 14.46 Kb.




Download 14.46 Kb.