Молиявий қарорларни қабул қилиш босқичлари




Download 19.53 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.53 Kb.
#73092
Bog'liq
BIZNES MOLIYASI (2)
Lazer nurining spektral xossasi, Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, moliya b, diskret tuzilmalar 1 mustaqil, Iqtisodiyotda qo\'llaniladigan amaliy dasturiy mahsulotlar-fayllar.org (1), 3-4 2020 KENGURU, БОШ ЖУРНАЛ, CamScanner 2023-11-15 06.39, Mahmudov Erkinjon, 5-Qatlamga ta\'sir qilish qo\'llaniladigan ishlash tizimlari NKIvaI, AES SHIFRLASH ALGORTIMLAR, 1-seminar ishlanma, 1701505572, Isitish inshootlarini avtomatlashtirish Reja-fayllar.org

МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИК ВА УНИ МОЛИЯВИЙ ҚАРОРЛАРНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШДАГИ ЎРНИ
Молиявий қарорларни қабул қилиш босқичлари

  • 1-bosqich: Maqsadni shakllantirish.

  • 2-bosqich: Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini aniqlash.

  • 3-bosqich: Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlarni to‘plash.

  • 4-bosqich: Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish.

  • 5-bosqich: Qabul qilingan qarorni amalga oshirish.

  • 6-bosqich: Qarorlar qabul qilish natijalari monitoringi.

1-bosqich: Maqsadni shakllantirish.
Qaror qabul qilayotgan shaxs aynan qanday natijaga erishmoqchi
ekanligini aniq tasavvur qilishi kerak.
Qaror qabul qilayotgan shaxs qayerga borishni bilmasa, u qaysi
tomonga burilish to‘g‘risida ongli ravishda qaror qabul qilolmaydi.
Kompaniyalarning ehtimoliy maqsadlari quyida ko‘rib chiqiladi.
2-BOSQICH: EHTIMOLIY HARAKATLAR YO‘NALISHLARINI ANIQLASH
Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini tushunib olish kerak.
bunda qonun tomonidan yoki qaror qabul qilayotgan shaxs
nazorati ostida bo‘lmagan boshqa kuchlar tomonidan
belgilanadigan harakatlar erkinligining barcha cheklanishlari
hisobga olinishi kerak.

3-bosqich: Qarorlar qabul qilinishiga tegishlima’lumotlarni to‘plash.


Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlaridan har biriniko‘rib chiqish va unga tegishli axborotnianiqlash kerak. muayyan harakat usulito‘g‘risidagi ma’lumotlarning hammasi hammuhim emas.
4-BOSQICH: MA’LUMOTLARNI BAHOLASH VA QARORLAR ISHLAB CHIQISH.
Mazkur bosqichda muhim ma’lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda foydalanilgan holda mavjud imkoniyatlar solishtiriladi. Ushbu kitobning katta qismi moliyaviy qarorlarni qabul qilishga tegishli ma’lumotlarni baholash usullariga bag‘ishlanadi.
5-BOSQICH: QABUL QILINGAN QARORNI AMALGA OSHIRISH.
Agar qabul qilingan qarorning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha harakat qilinmasa, samarali qaror qabul qilish uchun vaqt sarflash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishning foydasi yo‘q.
6-BOSQICH: QARORLAR QABUL QILISH NATIJALARI MONITORINGI.
Amaliyotda moliyaviy qarorlarni monitoring qilish jarayonining katta qismi buxgalteriya hisobi tizimi yordamida, shu jumladan byudjet nazoratining kundalik tartibotlari orqali amalga oshiriladi.
BIZNESNING MAQSADLARI

  • Foydani maksimallashtirish

  • Ishlatiladi-gan kapitaldan daromadni maksimallashtirish

  • Faoliyatni saqlab qolish

  • Uzoq muddatlibarqarorlik va O‘sish

  • Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish

FOYDANI MAKSIMALLASHTIRISH
Foydani ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga oshirish mumkin. Agar foydani oshirish faqat qo‘shimcha jalb qilingan tashqi mablag‘lar ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu aksiya uchun haqiqiy foyda pasayishini va aksiyadorlar ahvoli yomonlashishini anglatadi.
Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, odatda, yangi mahsulotlarni rivojlantirish va testdan o‘tkazish uchun ulkan mablag‘lar sarflaydilar. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yangi dori-darmon vositasini bozorga chiqarish uchun bemalol 10 yil talab qilinishi mumkin. Tadqiq qilish va rivojlantirish uchun mablag‘lar sarflashni to‘xtatgan kompaniyada joriy daromad ko‘payadi, chunki chiqimlar qisqartiriladi, oldingi yillar amalga oshirilgan rivojlantirishga investitsiyalardan daromadlar esa avvalgidek kelib tushishda davom etadi. Shunday qilib, rivojlantirish uchun xarajatlarni rad etgan kompaniyaning joriy daromadi yuqorilab boradi, biroq uni noxush kelajak kutmoqda, chunki unda eskilarini almashtirish uchun yangi dori-darmon vositalari bo‘lmaydi
ISHLATILADIGAN KAPITALDAN DAROMADNI MAKSIMALLASHTIRISH
EHTIMOL, USHBU MAQSAD DAROMADNI MAKSIMALLASHTIRISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN VARIANTI HISOBLANADI, CHUNKI FOYDANI KOMPANIYA HAJMI BILAN BOG‘LAYDI. SHUNGA QARAMAY, DAROMADNI MAKSIMALLASHTIRISH BILAN BOG‘LIQ HOLATDAGI KABI FAOLIYAT TAVAKKALCHILIGI VA UZOQ MUDDATLI BARQARORLIGI HISOBGA OLINMAYDI.
FAOLIYATNI SAQLAB QOLISH
SHUBHASIZ, KO‘PCHILIK KOMPANIYALAR FAOLIYATNI SAQLAB QOLISHNI ZARUR, BIROQ YETARLICHA BO‘LMAGAN MAQSAD SIFATIDA QABUL QILADI. FAQAT FAOLIYATNI SAQLAB QOLISHDAN TASHQARI BOSHQA MAQSADLARI BO‘LMAGAN INVESTORLAR KOMPANIYANING AKSIYADORLARI BO‘LISHLARI MUSHKUL. IQTISODIY TURG‘UNLIK VA BOSHQA QIYINCHILIKLAR DAVRIDA KO‘PLAB KOMPANIYALAR FAOLIYATNI SAQLAB QOLISHNI O‘ZINING QISQA MUDDATLI MAQSADI SIFATIDA QABUL QILADI. BIROQ UZOQ MUDDATLI ISTIQBOLDA ULAR MUQARRAR RAVISHDA KATTAROQ MAQSADNI MO‘LJALLAYDILAR.
UZOQ MUDDATLI BARQARORLIK O‘SISH
USHBU MAQSAD FAOLIYATNI SAQLAB QOLISHGA O‘XSHASH VA XUDDI SHUNDAY UZOQ MUDDATLI YO‘NALISH SIFATIDA NOREAL VA ULKAN EMAS. UMUMAN OLGANDA, O‘SISH – MAQSADNING YETARLICHA ANIQ TAVSIFI EMAS, CHUNKI (BIZ BUNGACHA KO‘RGANIMIZDEK) U FAQAT YANGI MABLAG‘LARNI JALB QILISH HISOBIGA TA’MINLANISHI MUMKIN.
AKSIYADORLAR FAROVONLIGINI MAKSIMALLASHTIRISH
Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish biznesning odatdagi moliyaviy maqsadlarini har doim ham aniq aks ettirmaydi. shunga qaramay, u moliyaviy qarorlar qabul qilishning asoslangan, ish uchun yaroqli negizini ifodalaydi. Aslida, kompaniyalar har doim o‘z aksiyadorlari boyligini kamaytiradigan qarorlar qabul qilolmaydi, chunki bu mazkur biznes qimmatining doimiy pasayishiga olib keladi. Har bir kompaniya faqat cheklangan boylik miqdoriga ega bo‘lib, shu tufayli ertami-kech uning kamayishi natijasida u biznesdan siqib chiqariladi.
Download 19.53 Kb.




Download 19.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Молиявий қарорларни қабул қилиш босқичлари

Download 19.53 Kb.