O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT TA’LIM YO’NALISHI
IQTISODIY TAHLIL FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Bekmurodov Elbek.
Toshkent 2023-yil
Reja:
1. Iqtisodiy tahlil shakllari va ularning mazmuni.
2. Iqtisodiy tahlilning axborot bazasi
3. Korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Haqiqatda
|
Farqi (+;-)
|
Korxona sof foydasi, ming so’m
|
235000
|
258000
|
?
|
Foyda solig’i stavkasi, foizda
|
15
|
12
|
?
|
Foyda solig’i summasi, ming so’m
|
?
|
?
|
?
|
Talab etiladi. Jadvalni to’ldiring, korxonada foyda solig’i summasining o’zgarishiga omillar ta’sirini indeks usuli yordamida aniqlang, jadvalni to’ldiring va tegishlicha xulosa yozing.
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega. Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Iqtisodiy tahlilning turi deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, sirtqi qiyofasi, bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, usullari tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ularning ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldigan qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ular bir-biridan ma’lum belgilari, shakli va mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qatiy nazar ularda bir-biriga juda yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qo‘llanilishi mumkin. Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u glabal, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bularning hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarning majmuasidan kelib chiqiladi. Masalan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQT da qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda qo‘llanilmasligi mumkin va hokazo. Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Bu masala turli darslik va adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Ko‘p adabiyotlarda 2-3 ta, ba’zilarida 6-7 ta, ba’zilarida 8 ta belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Ta’kidlanganidek, ko‘pgina adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turi bilan shakli farqlanmagan holda berilgan. Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi. Bularga: mazmuni bo‘yicha tasniflash; makon nuqtai nazaridan qarash bo‘yicha; tahlil qiluvchilar subekti bo‘yicha; tarmoq tamoyili bo‘yicha; zamon nuqtai nazaridan tasniflash bo‘yicha; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha; kengaytirilgan taror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha; kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha tasniflash kabi belgilari kiradi. Bu quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma).
|