|
-chizma. Iqtisodiy tahlil turlarini tasniflashda qo‘llaniladigan belgilar
|
bet | 2/5 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 349,08 Kb. | | #157948 |
Bog'liq Iqtisodiy tahlil1-chizma. Iqtisodiy tahlil turlarini tasniflashda qo‘llaniladigan belgilar
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu mavzu bo‘yicha turli takliflar mavjud. Ularni o‘rganib va umumlashtirib hamda bu soha bo‘yicha uzoq yilik tajribadan kelib chiqib ushbu holatga to‘xtaldik. Bu bizning fikrimizcha iqtisodiy tahlilning turlariga bo‘lgan nazariy va amaliy jihatdan qo‘yiladigan talabni ma’lum darajada qondiradi deb o‘ylaymiz. Iqtisodiy tahlil mazmuni bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: glabal, lokal va temmatik. Glabal tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini atroflicha to‘liq yaxlit holda o‘rganish tushiniladi. Lokal tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining alohida bir tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi. Misol tariqasida aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik faoliyatini olish mumkin. Uning tarkibiga bosh korxona va oltita sho‘ba korxonalari kiradi deb faraz qilamiz. Hammasining holatini yaxlit holda bir hisobot davri mobaynida erishilgan natijalari bo‘yicha tahlil qilish global tahlilga misol bo‘lishi mumkin. Uning alohida bo‘linmalarini tahlil qilish lokal tahlilga misol bo‘lsa, shu bo‘linma ichida alohida bir mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan tahlil tematik tahlilga misol bo‘lishi mumkin.
Demak, tematik tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini alohida mavzusi bo‘yicha tahlil qilish tushiniladi. Bunga aksiyadorlik jamiyatining bozor faolligini, ish faolligini, moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili kabilarni misol keltirish mumkin. Bular o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi chizmada keltirilgan (2-chizma). Iqtisodiy taxlilning to‘rlari va shakllarini tasniflashda uning alohida xillari shartli ravishda olingan. Bunda tasniflash belgilari va ularga kirituvchi iqtisodiy tahlil turlari mualliflar nuqtai nazaridan tahlilning nazariy va amaliy jihatlarini hisobga olgan holda yondoshilgan. Vaqt - betakror boylik. Agar u yo‘qotilsa qayta tiklanmaydi. SHu tufayli vaqtni yo‘qotmaslik lozim. Vaqtning o‘tishi bilan ishlab chiqarish jarayoni davom etadi. Ma’lum bir davrda natija hisob-kitob qilinadi, chamalanadi, tegishli kamchiliklar va yutuqlar aniqlanadi. SHu tufayli har bir vaqtda sodir bo‘lgan jarayonni uzluksiz ravishda tahlil qilib turish lozim. SHu jihatdan iqtisodiy tahlil uchga bo‘linadi: tezkor tahlil, joriy tahlil, istiqbol tahlili. Tezkor tahlil deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o‘tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri bir chorak deydigan bo‘lsak, uning tomom bo‘lishini kutish uchun uch oy kerak. Ammo shu muddatda qanday natijaga erishish mumkinligini aniqlash uchun shu davr ichida tezkor tarzda har kuni, har haftada, har o‘n kunlikda, har oyda tahlil qilib borish lozim. Bu aynan shu hisobot davrida (chorak ichida) amalga oshiriladi. SHu tufayli ushbu tahlil tezkor tahlil hisoblanadi. Joriy tahlil deganda hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobot ma’lumotlari va boshqa axborot manbalariga asosan o‘tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri chorak bo‘lsa, u tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobotlar tuziladi. Hamda ular tegishli tashkilotlarga (soliq idorasiga, moliya, statistik bo‘linmalarga) topshiriladi. asl nusxasi shu xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qoladi. Ana shu hisobot ma’lumotlariga asosan ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati joriy tahlil qilinadi.
|
| |