|
-chizma. Iqtisodiy tahlilning mazmunini qamrab olish bo‘yicha tasnifi
|
bet | 3/5 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 349,08 Kb. | | #157948 |
Bog'liq Iqtisodiy tahlil2-chizma. Iqtisodiy tahlilning mazmunini qamrab olish bo‘yicha tasnifi
Joriy tahlilning qo‘layligi shundaki, u ma’lum bir davr o‘tgach barcha natijalar jamlangan, xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonuniylashgan bo‘ladi. Ammo shu bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklar o‘tgan davrga tegishli bo‘ladi. uni bartaraf qilish uchun vaqt o‘tgan bo‘ladi. Lekin shu kamchiliklarga endilikda yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli chora tadbirlar qo‘llaniladi. Makroiqtisodiy tahlilda makro darajadagi ko‘rsatkichlarning holati bilan birga ularning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar ham o‘rganiladi. Bu faqat makroiqtisodiy tahlilning vazifasi, maqsadi va ob’ektiga kiradi. shu tufayli makroiqtisodiy tahlilning metodologik va nazariy asosi yaratilishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati odatda batafsil tahlil qilinadi. Ammo ba’zi hollarda uni batafsil o‘rganishga hojat bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda xo‘jalik faoliyatining bir qismini tanlab tahlil qilish mumkin. Masalan, auditorlar uchun xo‘jalik faoliyatini batafsil tahlil qilib o‘tirishiga hojat yo‘q. Ular faqat ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha auditorlik tahlilini o‘tkazsa etardi. Yoki marketing tahlilini olish mumkin. Bunda ham xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarni tahlil qilishga xojat yo‘q. Faqat bozor faolligi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tanlab olingan holda tahlil qilinsa yetarli. Iqtisodiy tahlilning shakllari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularning har biri ma’lum darajada mustaqil usullarga va tushunchalarga ega. Shu jihatdan uning turlari ma’lum bir belgilari bo‘yicha tasniflansa, shakli esa o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy tahlilning turlarida, asosan, tahlilda qo‘llaniladigan barcha usullardan foydalanilsa, usullarida esa o‘ziga xos turlaridangina foydalaniladi. Yuqoridagi jadvalda iqtisodiy tahlilning shakllari keltirilgan. Masalaning qo‘yilishi, ma’lum bir maqsadga erishish uchun bu tahlil shakllaridan ayrim sub’ektlar alohida foydalanishlari ham mumkin. Ushbu tahlil shakllarining o‘ziga xosligi to‘g‘risida ma’lum bir tushuncha berish uchun ularning ayrimlariga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik.
|
| |