• “Metodik-tur”
  • Ilmiy-metodik kengashida har chorakda bir marta
  • Boshlang;ich ta’lim




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/31
    Sana21.02.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #160071
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
    Bog'liq
    BOSHLANG\'ICH TA\'LIM METODBIRLASHMA HUJJATI 2023-2024

    “Ustozlar milliy forumi” orqali o‘qituvchilarning o‘tgan o‘quv yili yakunlari va yangi o‘quv yili oldidan ta’lim 
    dasturlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklarni keng ommaga tushuntirish ishlarini olib boradi
    ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablarga manzilli metodik yordam berib borish bo‘yicha “Metodik-tur” tartibi 
    ishlab chiqiladi va yangi tizimi yaratiladi; 


    metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan Respublika ta’lim markazining maxsus dasturi, shuningdek, ishlab 
    chiqilgan yangi maktab darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari 
    uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi; 
    Respublika ta’lim markazida o‘qituvchilarni yangi metodikalar, xalqaro tajribalar asosida dars o‘tishga o‘rgatish 
    bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va fan metodistlari uchun 
    maxsus onlayn kurslar tashkil qiladi; 
    metodik xizmat ko‘rsatish ishlari samaradorligini oshirish va pedagog xodimlarga yangi metodikalarni o‘rgatib 
    borish maqsadida Respublika ta’lim markazining Ilmiy-metodik kengashida har chorakda bir marta onlayn yoki 
    oflayn tarzda respublika miqyosida Metodik kengash yig‘ilishlarini o‘tkazib boradi. 
    14. 
    Fan o‘qituvchilari mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalari (“Khan Academy O‘zbek -Onlayn 
    ta’lim platformasi”, online-maktab.uz, rtm.uz, ommalashtirish.uz va boshqalar)dan foydalanadi. 
    Fan o‘qituvchilari tomonidan mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalaridan foydalanish darajasi va uning 
    samaradorligi har chorakda bir marta metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi. 
    3-bob. Yakuniy qoidalar 
    15. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishda faol ishtirok 
    etgan, tashabbus ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan tizim xodimlari Xalq ta’limi vazirligining tarmoq 
    mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etilishi mumkin. 
    16. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi Xalq ta’limi 
    vazirligining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etiladi va tugatiladi. 



    Download 1,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




    Download 1,75 Mb.
    Pdf ko'rish