|
Respublika ta’lim markazining metodistlariBog'liq BOSHLANG\'ICH TA\'LIM METODBIRLASHMA HUJJATI 2023-2024Respublika ta’lim markazining metodistlari fan o‘qituvchilariga quyidagi metodik xizmatlarni
ko‘rsatadi:
fan o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va ulardagi yangi mavzularni o‘qitish usullari yuzasidan tavsiya beradi;
fan yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu reja ishlab chiqadi;
fan yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil qiladi;
variativ o‘quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
o‘quvchilarning tegishli fan bo‘yicha bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA -15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, PIRLS -boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni
o‘qish va tushuntirish darajasini baholash, TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) tayyorlash uchun o‘qituvchilarni qo‘shimcha materiallar
bilan ta’minlaydi;
o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “onlayn metodik yordam”
tashkil etadi;
Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik
qo‘llanmalarning yagona maketlarini yaratadi;
yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazadi, ularni ta’lim tizimida
qo‘llash bo‘yicha xulosa beradi;
o‘quv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni tajriba-sinovdan
o‘tkazish ishlariga rahbarlik qiladi;
mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchilarning tegishli ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari
uchun o‘quvlar tashkil qilib boradi;
fanlarni o‘qitish metodikasi va o‘quvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi,
shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qiladi va
bu boradagi ijobiy tajribani umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ommalashtiradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlarni, ayniqsa, birinchi bosqichda matematika, informatika,
kimyo, biologiya va o‘zbek tili (ona tili va davlat tili sifatida) fanlari uchun o‘quv-metodik ta’minotni yaxshilash
hamda darsliklarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
o‘quv-tarbiya jarayoniga “STEAM” fanlarini (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering
— texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics
— matematika) o‘qitish bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar va boshqa maqbul metodikalarni joriy etadi;
fan o‘qituvchilariga xalqaro va milliy sertifikat olishlari uchun tegishli metodik yordamlarni ko‘rsatib boradi;
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida Pedagoglarni yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari fan metodistlari faoliyatining
samaradorligini tahlil qiladi va ularning reytingini shakllantirib boradi;
fan metodistlarining asosiy ish faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlanishini ta’minlaydi;
metodistlar uchun natijadorlikka qarab ishlaydigan tizim yaratish, bunda, “metodik xizmat xaritasi”ni ishlab
chiqish va yangi platformaga joylashtirish orqali metodistlarning ish samaradorligini oshirib borish choralarini
ko‘radi;
o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan metodikalarini ommalashtirish tartibini
maxsus platforma orqali amalga oshiradi;
xalqaro ta’lim dasturlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joriy etilishini ta’minlaydi;
|
| |