6-amaliy. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini
baholash.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf
oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish
darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va
tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy
taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda
maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni,
oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar
salohiyati,
oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi. Tadqiqotda,
Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga
nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori?
Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila
tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday
hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy
fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va tabiiy
fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar
bor boʻlsa u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy
fanlarni oʻqitish boʻyicha oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar
oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi?
kabi asosiy masalalar
oʻrganiladi va tadqiq etiladi. Bu savollarga javobni O’zbekistonda o’tkazilayotgan
xalqaro baholash dasturlari natijasi asosida bilib olish mumkin. Albatta, har bir
yosh avlodning aniq va tabiiy fanlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishi ta’lim
ko’rsatkichimizni o’zgaritirishiga sabab bo’ladi. Tadqiqotning har toʻrt yillik
davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz taʼlim
tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar
Oʻzbekiston
Respublikasi
milliy
baholash
tizimini
takomillashtirish,
kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga
xizmat qiladi.
TIMSS tadqiqotlari TIMSS tadqiqotining 24 yillik tarixi davomida o‘tkazilgan har
bir baholashda matematika va tabiiy fanlardan yangilangan baholash qamrov
doiralariga muvofiq amalga oshiriladi. Qamrov doiralarida ikkita o‘lchov
keltiriladi: baholanadigan mavzuni ko‘rsatadigan mazmun sohasi o‘lchovi va
o‘quvchilar mazmun bilan ishlaganda baholanishi kerak bo‘lgan
fikrlash
jarayonlarini belgilaydigan kognitiv o‘lchov.TIMSS 2019 tadqiqotida to‘rtinchi va
sakkizinchi sinflarda baholashlarni o‘tkazishning odatdagi tajribasiga amal
qilinadi. Ushbu baholashlar uchun TIMSS 2019 baholash qamrov doiralari quyida
qisqacha bayon qilingan: Matematika mazmun sohalari •To‘rtinchi sinf: sonlar,
o‘lchashlar va geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash •Sakkizinchi sinf: sonlar,
algebra, geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash, statistika va ehtimollik Tabiiy
fanlarning mazmun sohalari •To‘rtinchi sinf:
hayot haqidagi fan, fizika, Yer
haqidagi fan •Sakkizinchi sinf: biologiya fani, kimyo fani, fizika fani, Yer haqidagi
fan
Shubhasiz, aniq va tabiiy fanlar bo’yicha o’tkaziladigan tajribalar, izlanishlar,
ixtirolar hammasi bu respublikamizning boshqa xorijiy davlatlar qatorida
bo’lishiga undaydi. Matematika, fizika, bilogiya qolaversa,
kimyo fanining ham
o’rni beqiyosdir. 4-sinf topshiriqlari 8-sinf topshiriqlariga qaraganda osonroq
bo’lishi mumkin, ammo o’quvchini ko’proq mulohaza yuritishga undaydi. TIMSS
o‘quvchilarga ta’lim olish imkoniyatlari qanday taqdim etilgani va o‘quvchilarning
ushbu imkoniyatlardan foydalanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rib chiqishda
o‘quv dasturlaridan asosiy tashkiliy tamoyil sifatida keng ko‘lamda foydalanadi.
TIMSS o‘quv dasturi modeli uchta jihatga ega: rejalashtiriladigan o‘quv dasturi,
amalga oshiriladigan o‘quv dasturi va natijaga erishiladigan o‘quv dasturi. O‘z
navbatida, ularda mamlakatlarning o‘quv dasturlarida belgilab qo‘yilganidek,
o‘quvchilar matematika va tabiiy fanlardan ta’lim olishlari kerakligi; shuningdek,
ushbu ta’lim olish jarayonini osonlashtirish uchun ta’lim tizimini qanday tashkil
etish zarurligi; aslida sinfxonalarda nima o‘qitilayotgani, uni o‘qitayotganlarning
tavsifi hamda qanday o‘qitilayotgani; vanihoyat, o‘quvchilar
nimani
o‘rganganliklari va ular ushbu fanlarni o‘rganish haqida nima deb o'ylashlari ifoda
etiladi Shuningdek, TIMSS tadqiqotida o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki
vasiylari, o‘qituvchilari, maktab direktorlaridan ularning uydagi va maktabdagi
faoliyati hamda matematika va tabiiy fanlarni o‘rganishdagi shartsharoitlar
haqidagi so‘rovnomalarni to‘ldirishlari so‘raladi. So‘rovnomalar puxta ishlab
chiqilgan qamrov doirasiga
muvofiq holda tuziladi, TIMSS milliy tadqiqot
koordinatorlari va TIMSS so‘rovnoma savollarini ko‘rib chiqish qo‘mitasining
xalqaro ekspertlari tomonidan takroriy ko‘rib chiqishlar orqali har bir baholashda
yangilanadi. Ushbu so‘rovnomalardan olingan ma’lumotlar ta’limni yaxshilash
yo‘llarini taklif eta oladigan va muhim masalalarni ko‘tara oladigan ta’lim siyosati
va amaliyotlarining amalga oshirilishi haqida tasavvur hosil qiladi Maktabda ta’lim
olishning to‘rtinchi yiliga kelib, ko‘plab bolalar asosiy arifmetikani tugatib,
matematikaning kengroq sohalari va tushunchalarini o‘rganmoqdalar.
Biroq turli
sabablarga ko‘ra, to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligida asosiy hisoblash
ko‘nikmalarini hali ham rivojlantirayotgan mamlakatlar bor. Shunday qilib, IEA
to‘rtinchi sinfda matematikadan nisbatan qiyin bo‘lmagan baholashni taklif etish
yo’llarini aytgan edi va buni amalda qo’llab kelmoqda.