• Qosimov Fayzullo Muhammedovich, BuxDU dotsenti Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi BuxDUPI 1- bosqich magistranti Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.06.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #265127
      1   2
    Bog'liq
    129-131




    129 
    практическая конференция. – 2022
    .
     
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI 
    O‘STIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6567569
     
    Qosimov Fayzullo Muhammedovich, 
    BuxDU dotsenti 
    Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi 
    BuxDUPI 1- bosqich magistranti 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini o‘stirishda 
    TIMSS xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. O‘quvchilarni mustaqil 
    o‘quv topshiriqlari tuzishga o‘rgatish asosida matematik savodxonlikni o‘stirishga xizmat qiladigan topshiriq 
    turlaridan namunalar keltirilgan. 
    Kalit so‘zlar: 
    xalqaro tadqiqotlar, kreativ fikrlash, mustaqil topshiriqlar, test, matematik savodxonlik
    individual, mulohaza, qo‘llash. 
    Matematika fanini yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada 
    muvaffaqiyatli ishlab keta oladi. 
    Shavkat Mirziyoyev 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat va 
    jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash 
    jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro baholash dasturlarida 
    muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Buning natijasida 
    o‘quvchilarning dastur materiallarini yodlash orqali o‘rganilgan bilimlarni baholashdan ularning 
    kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda o‘rganilgan bilimlarini real hayotda qo‘llay olishlari, ijodiy – 
    mantiqiy-kreativ fikrlashlarini baholashga o‘tish muhim maqsad qilib belgilandi. 
    Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlanib, unda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Xalqaro 
    baholash dasturlarining reytingi bo‘yicha 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishga erishish asosiy masala qilib 
    belgilandi. Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshiradi, jahon 
    yoshlari bilan raqobatlasha oladigan zamonaviy kadrlarni yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Matematika fanidan 
    o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini baholashda TIMSS(Trends in International mathematics and 
    science study) xalqaro baholash dasturi mavjud bo‘lib, bu tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu dastur 
    4-8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi. TIMSS 
    dasturi savollari zamirida jahon banki bilan hamkorlikda 150 ta maktabda tadqiqot ishlari olib borilib, 4051 nafar 
    o‘quvchilarning matematik savodxonliklari baholanadi. Ushbu dastur 1-tadqiqotini 1995-yilda boshlab, har to‘rt 
    yilda tashkil etib kelinmoqda. Kelgusi tadqiqot 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. TIMSS xalqaro 
    baholash dasturi o‘quvchilarning matematika hamda tabiiy fanlardan egallayotgan bilimlarini baholash bilan 
    birga bilimlarni egallashning eng yuqori ko‘rsatkichini ko‘rsatib beradi. Bu bilan o‘quvchi o‘z ustida ishlashga, 
    rivojlanishga harakat qila boradi. O‘quvchi-o‘rganilayotgan bilim va real hayot o‘rtasida 3 ta bosqich mavjud. 
    Agar o‘quvchi bu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, baholash dasturi ko‘zda tutgan natijaga erishadi. Bular: 
    1.
    Bilish va anglash. 
    2.
    Turli vaziyatlarda qo‘llash. 
    3.
    Fikr-mulohaza yurita olish. 
    Bilish va anglashda berilgan nazariy bilimlarni puxta egallash, ularni boshqa bilimlardan farqlagan 
    holda o‘rganish tushuniladi. Masalan, geometrik tushunchalar xususidagi bilimlar turli jihatlari bilan o‘rganiladi. 
    Ularning masalalar yechishdagi xususiyatlari ochib beriladi. 
    Qo‘llashda o‘rganilgan bilimlarga oid test yoki topshiriqlar bajarishda hayotiy vaziyatlarni o‘zida aks 
    ettiradigan ilmiy masalalar, jadvallar, diagramma va grafiklarni talqin qilishda tajriba sifatida qo‘llaydi. 
    Fikr-mulohaza yuritishda aynan bir masalaning turli usullarda yechish mumkinligini ko‘ra olish; tizimli 
    , mantiqiy va kreativ fikrlash malakalari shakllanadi. 
    Matematika darslarida har bir yangi bilim mana shu 5 bosqich asosida egallanishi juda katta samara beradi. 
    Chunki berilgan topshiriqlarni yecha olish bilan birga o‘quvchi undagi mazmunni keng mushohada qilib, 
    kerakli vaziyatlarda qo‘llay olishi ta’lim sohamizga kiritilayotgan tadqiqotlarning maqsadi hisoblanadi. 
    Buning natijasida esa matematik savodxon, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlay- digan, zamonaviy avlod 


    130 
    shakllanib boradi. 
    Shuning uchun matematika darslarida qo‘llanilayotgan har bir topshiriqqa o‘qituvchi ham o‘quvchi ham 
    integratsion va albatta kreativ yondashish kerak, nazarimda. Quyidagi test-topshiriqlardan foydalanish 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini o‘stirishga xizmat qiladi: 
    1-
    topshiriq. Bo‘sh o‘rinni to‘ldirib, to‘g‘ri tenglik hosil qiling: 17+39= _ -40 a)84 
    b)94 
    c)99
    d)96 
    2-
    topshiriq. Qolganlaridan farq qiladigan kasrni toping. a)1/9b)3/27 c)3/9 
    d)9/81 
    3-
    topshiriq. Quyidagi qaysi sonda 7 raqami yuzlikni ifodalagan? a)18747 
    b)77177
    c)17470 
    d)20377 
    4-
    topshiriq. Ravshan 2 litrli 5 ta bankaga suv to‘ldirdi. Ukasi 4 litr suvni to‘kib qo‘ydi. Ravshan 
    to‘ldirgan suvning necha qismi qoldi? 
    Javob: 
    5-
    topshiriq. Suhrob dastlab yo‘lning 9,8 km ini mashinada va 6,4 km ini avtobusda bosib o‘tdi. 
    Suhrob qancha yo‘l yurdi? 
    a)12,2 
    b)14,2 
    c)16,2 
    d)15,2 
    6-
    topshiriq. Futbol o‘yini uchun 3 mingta chipta 1 dan 3000 gacha raqamlangan. Chipta raqamlari 112 
    bilan tugaydigan odamlarga sovrin qo‘yilgan. Sovringa ega bo‘ladigan raqamli chiptalarni yozing. 
    Javob: 
    7-
    topshiriq. 18 ning bo‘luvchisi bo‘lgan har bir sonni belgilang: 

    Yoki 
    -


    8-topshiriq. 
    200 3 50 4 100 
    Matematik amallarni shunday joylashtiringki, ifodaning natijasi 300 chiqsin. Uning turli usullarini 
    ko‘ring. 
    9-
    topshiriq 
    Berilgan shaklda nechta uchburchak mavjud? Javob: 
    10-
    topshiriq. Rasm darsida oʻqituvchi katta qog‘oz varaqlarini 4 bo‘lakka bo‘lib, 23 nafar o‘quvchiga 
    tarqatdi. Barcha o‘quvchilar qog‘oz bo‘lagi olishlari uchun o‘qituvchi nechta katta qog‘oz ishlatadi? 
    Javobingizni rasmda ifodalang. 
    Matematika darslarida o‘quvchilarga topshiriqlar berish bilan birga ularni mustaqil topshiriqlar 
    tuzishga o‘rgatish ularning aqliy faoliyatini o‘stirishga, mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga, kreativ 
    yondasha olishga, o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliy jarayonlarda qo‘llay olish bilan birga matematik 
    savodxonliklarining oshishiga xizmat qiladi. Masalan: Berilgan masalaga teskari masala 
    tuzing, yigʻindi berilganda ayirmasi ushbu yigʻindiga teng ifoda tuzing, sonlarni oʻsish tartibida joylashtiring, 
    mos amallarni qoʻyib ifoda tuzing, shaklda nechta uchburchak bor, geometrik shakllardan manzara hosil 
    qiling, shakllarning teskari tomonlaridan yangi shakl hosil qiling, berilgan sonning boʻluvchilarini 
    qatnashtirib murakkab ifoda tuzing. Ushbu topshiriqlardan dars davomida, guruh bilan yoki individual tarzda 
    qo‘llash darsning samaradorligini oshiradi. Bu bilan zamonaviylik kasb etgan darslar orqali zamonaviy 
    o‘quvchilarni zamonaviy qarashlarda jahon ta’lim sistemasiga mos tarzda tarbiyalay olamiz. 

    Download 0,84 Mb.
      1   2




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish