• 2.1. Boshlang’ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo`yilaigan talablar.
  • Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi




    Download 62.49 Kb.
    bet4/7
    Sana22.12.2022
    Hajmi62.49 Kb.
    #36570
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kurs ishini yuzi
    15-Hafta Bayonnomasi №12, davlat tilida ish yuritish fanidan test, 13-HAFTA AXBOROT SOATI MATERALLARI, lesson plan
    I Bob bo’yicha xulosalar
    Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi.
    Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.

    II Bob. O‘QITISH JARAYONIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANIB MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    2.1. Boshlang’ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati va ularga qo`yilaigan talablar.


    Matematik masalalar echish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham etib bo`lmaydi. Matematikada masalalar echishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo`lidir. Masalalar echishning boshlang’ich sinflarda o`rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o`zlashtirish jarayonida muhim rolni va o`quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o`stiradi muhim ro`l o`ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi.Bu degan so`z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo`llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi.
    Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o`quvchilarda murakkab masalalarni echish uchun zarur, bo`ladigan bilimlar malakalar va ko`nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib odatda o`z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala echuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o`qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Masalalarni echishda predmetga bo`lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.O`quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni kengaytirishga yordam beradi. Masalalar ustida ishla ekan sistemali ravishda va rejali asosda o`quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishga olib keladi. Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi.O`quvchilar hali o`qish malakasiga ega bo`lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o`qituvchi o`qib beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o`rganish kerak shundan keyin masala shartini yaxshiroq o`zlashtirish maqsadida, har bir o`quvchi masala matniini tinglashga va masalani mustaqil o`qib chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o`qishni so`ngra esa tovush chiqarib ifodali o`qishni taklif qilish kerak.
    Boshlang’ich sinflarda masalalarni o`rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni echishdan murakkablarni echishga o`tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lishga doir har xil sodda masalalar ya‘ni bir xil qo`shiluvchilarning yig’indisini topishga karrali va teng bo`laklarga bo`lishlarga doir sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar sonlarni taqqoslashga amallarning noma‘lum konponentlarni topishga doir sodda masalalar shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan keltirib echiladigan masalalar, ikki ko`paytuvchining yig’indisini topishga doir va unga teskari masalalar yig’indisini so`ngra ko`paytirish bo`lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko`rib chiqamiz.
    Agar berilgan masala o`zining murakkabligi bilan sinfda echilgan masalalarga mos yoki o`xshasa u holda o`quvchilar taklif qilingan masalaning echilishi yo`lini mustaqil topishga o`rgatish kerak. SHu maqsadda o`quvchilar masalalar echishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim.
    O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib olishlari, echish yo`llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki rasm bilan" tasvirlay olishlari kerak. O`quvchilar echilayotgan masalada nima ma‘lum nima noma‘lumligini masala shartidan nima kelib chiqishini qanday arfimetik amallar yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish mumkinligini aniq va ravshan tushuntirishga o`rganishlari kerak. O`quvchilar har bir amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo`yicha ifoda yoki tenglama tuzib olishlari uni echa olishlari, savolga javob berib, echimning to`g’riligini tekshirib olishlari lozim. O`n ichida bajariladigan sodda masalalar echishini o`qitish metodikasi bo`yicha mashq qildirish sodda masalalarni echishda ko`rgazmali qo`llanmalarni qo`llashda ba‘zi o`quv va malakalarini egalashadi. 2-sinfda masalalar ustida ishlash asosiy o`rinni egallaydi. Bu erda qo`shish va ayirishdan tashqari ko`paytirishga va bo`lishga bir xil qo`shiluvchilarni yig’indisini topishga teng bo`laklarga bo`lishga, sonni bir necha martta orttirish va kamaytirishga sonlarni qisqa taqqoslashga amallarning noma‘lum konpanentini topishga doir har xil sodda masalalar shuningdek har xil ko`rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli bilan echiladigan masalalar ikkita ko`paytmaning yig’indisini topishga doir va bunga teskari masalalar yig’indisini songa ko`paytirish va bo`lishga keltiriladigan masalalar ko`rib chiqiladi.
    Har xil turdagi masalalar echishini amallar ma‘nosini ochib berish, u yoki bu tushuncha u yoki bu munosabatlarning shakillanishidan tashqari o`quvchilar bilim doiralarining kengayishiga ba‘zi kattaliklar va ular orasidagi bog’lanishlar bilan chuqurroq tanishtirishga hizmat qiladi. O`quvchilar masalani echishiga zarur malakalarni egallashlari uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar orasidagi ma‘lum bog’lanishlarni tushungan holda topishga o`rgatish kerak. SHunday qilib masalalar echishni ustida ishlaganda o`quvchi faqat u yoki bir xil masalani haqidagini o`ylamasdan balki masala echish malakasini shakllantiruvchi xususiy malakalarni rejali va muntazam ravishda ishlab chiqilishi borasida g’amxo`rlik qilishi kerak.CHunki masala echishning umumiy murakkab malakasi shu xususuy malakalardan tashkil topadi.
    Masala ustida ishlash uning mazmunini o`zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o`quvchilarni har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o`qib chiqishlari ham kerak.Agar masala sharti bosh qotiradigan bo`lsa o`quvchilarga masala mazmunini mustaqil o`yiab ko`rishlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Masala matni ustida ishlaganda o`quvchilarning diqqat e‘tiborini awalo masala matnidagi har bir so`z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o`tkazish va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida ifodalash kerak. O`quvchilarda ikkinchi sinfda birinchi sinfdagi kabi yangi masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni echishda to`la pridmet ko`rsatmalikda sekin -asta to`liq bo`lmagan ko`rsatmalikka o`tiladi. Masala sharti murakkab berilganlar orasidagi bog’lanishlarni tahlil qilish qiyin bo`lganda shunigdek yangi tipdagi masalalarni echishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani echishda amal tanlash masalasiga to`xtalib o`tamiz. Bu malaka 1-sinfda shakllantirib boriladi, o`quvchilarning 2-yilda shakllantirish yana davom ettiriladi. Sodda masalalarni arifmetik, arifmetik ham algebrik usul bilan echish mumkin.Sodda masala arifmetik usul bilan echilganda ifoda tuzib uning qiymati topiladi. Masalan: Ahmad bir kuni kitobning 15 betini o`qidi, 2-kuni esa birinchi kuniga qaraganda ikki marta ko`p o`qidi. Ahmad ikkinchi kuni kitobning necha betini o`qidi. Masalani echilishini bunday yozish mumkin: 15-2=30 (bet).
    Javob:Ahmad ikkinchi kuni 30 bet kitob o`qigan. Masala echimini tekshirish to`g’ri yoki notug’riligini aniqlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda tekshirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi.Masalalarning shartlari bilan topilgan javoblar orasida moslik o`rnatish.Bu usul bilan o`quvchilarni birinchi sinfdan boshlab tanishtiriladi, shu usul 2-sinfda davom ettiriladi. Masalan: Vali 12 ta baliq Ahmad esa unga qaraganda 2 marta kam baliq tutdi: ikkalasi birgalikda qancha baliq tutishgan. Echish: 12+12:2=12+6=18 ta (baliq).
    Tekshirish: masalaning shartiga ko`ra Vali Ahmadga qaraganda 2 marta ko`p baliq tutgan.

    Download 62.49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 62.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi

    Download 62.49 Kb.