Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi




Download 62.49 Kb.
bet6/7
Sana22.12.2022
Hajmi62.49 Kb.
#36570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishini yuzi
15-Hafta Bayonnomasi №12, davlat tilida ish yuritish fanidan test, 13-HAFTA AXBOROT SOATI MATERALLARI, lesson plan
II BOB BO’YICHA XULOSA
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi. Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.

XULOSA
Mantiqiy tafakkurni shakllantirish boshlang`ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o`quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko`rgazmalilikning keng yo`lga qo`yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga o`rgatish bo`lish usullarining o`rganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi o`xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni echishni tahlil qilish asosida o`rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi. Boshlang`ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushuncha o`qitilishini arifmetik amallar natijalar va komponetlari orasidagi bog`lanishning ahamiyatini hisobga olib, matematika o`qituvchilarining boshlang`ich ta‘lim matematika kursini o`qitishda o`quvchilarda fikrlash ko`nikmalari, mashqlar echishda mantiqiy asoslash va fikrlashni talab etadigan biz ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanishlari ularning umuman matematik tayyorgarligi, qiziqish va qobiliyatlari rivojining oshishiga xizmat qiladi.
Kelgusida bu soha bo`yicha boshlang`ich sinflar matematika darslarida bo`lish tushunchasini o`qitishning har bir sinf bo`yicha konkret uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilsa, o`quvchilarda hisoblash malakalarini o`stirish orqali tenglama va tengsizliklar, matnli masalalar echishdagi qo`llanilishi usullarini sistemali va ketma-ketlilik asosida o`qitilishiga va bunda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadida mashqlar to`plamlari, multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yo`lga qo`yilsa boshlanqich matematik matematik ta‘lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz.
Masalalarni tinglashni o`rganish va uni mustaqil o`qib o`zlashtirishdan boshlanadi. Masala shartini yaxshiroq o`zlashtirish maqsadida har bir o`quvchi masala matnini mustaqil o`qib chiqishi zarui bo`lishi uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o`qishini so`ngra esa tovush chiqarib ifodali o`qishni taklif qilish kerak.Masalani ifodali o`qishda sonni ma‘lumotli va masalani echish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan elementlari tovush bilan ajratib olishlari uchun fikr yuritishlari o`rgatiladi. O`quvchi masalani echish mobaynida ko`p matematika fikrlash son, arifmetik amallar, amaliarni bajarish tartibi haqida fikr yuritadilar, o`quvchilar masalalar echish orqali o`quvchilar bilan va tarbiya sohasida muhim bo`lgan fikrlar bilan tanishadilar. Ko`p masalalarning mazmunida bolalarni va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo`jaligi mexanika fan va madaniyatida erishgan yutuqlari haqida fikr yuritadilar.
Masalalar echish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko`rsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sentez, taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. O`quvchi istalgan masalani echayotganda analiz qiladi savolini masala shartida fikr yuritadi. O`quovchilar masala echish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini aniqlash uchun fikr yuritadilar. Masalalar echish mobaynida o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan belgilar sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir o`quvchilarni avval bir turdagi masalalarni echishga so`ngra boshqa turdagi masalalarni echishga fikr yutita olib negaki masalalar echish jarayonida berilgan sonlar va nomalum son orasidagi bog’lanishni aniqlash buning aloxida arifmetik masalalarni tanlashni o`rganadilar. YA‘ni masalada arfimetik amalni tanlashga o`tish uchun fikr mulohaza yuritiladi. Masala echish og’zaki yoki yozma ravishda bo`lishi haqida fikr mulohaza yuritadilar og’zaki echishda tegishli arfimetik amallar va tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda echiladigan masalalarni deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerakligi haqida mulohaza qiladilar. Masalalar echish o`quvchilarda masala mazmuniga chuqurroq qarash haqida berilgan sonlar va izlanayotgan va orasidagi bog’lanishni har tomonlama fikrlash qobiliyati rivojlantiradi. O`quvchilarni mustaqil masalalar echishiga o`rgatishning bir qancha bosqichini ko`rsatamiz.
1-bosqich masala o`quvchining yo`naltiruvchi savollar buyicha echiladi va bu echish doskada va daftarga bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich masala shartini o`qituvchi rahbarligida analiz qiladi va echish rejasini tuziladi. Echishni o`z doirasiga yozilmaydi og’zaki aytilmaydi ham.O`quvchilar esa uni mustaqil fikr yuritib boradilar.
3-bosqich o`qituvchi raxbarligida masala faqat analiz qiladi. Echish rejasi va echishning o`zini o`quvchilar mustaqil bog’laydi.
4-bosqich masalani o`quvchining hech bir yordamisiz mustaqil echish uchun fikr yuritadilar.O`quvchilarga masalalar echish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega bo`ladi

Download 62.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 62.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi

Download 62.49 Kb.