Boshlang`ich sinf o`quvchilariga savod o`rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish




Download 498,75 Kb.
bet27/32
Sana20.06.2024
Hajmi498,75 Kb.
#264765
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org

27.Boshlang`ich sinf o`quvchilariga savod o`rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish.

O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o’zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.


Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o’z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo’lga kiritishga urinmoqdalar.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishiga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o’ta ma’suliyatli munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi» Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bog’liq edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi» degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir.
O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari,
elеktrondarsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Prеzidеntimiz I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdin mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz»,3 - dеgan edi. Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar «Barkamol avlod yili» Davlat dasturuda ham bеlgilab bеrildi.
Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo’yilgan muhum vazifalardir.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko’rsatiladiю Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko’rsatiladi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo’yilgan talablardan biridir. Chunki pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson va qiziqib o’rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va mеxanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o‘zgartirish, rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, tеxnika va tеxnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbеkitson taraqqiyotining muhim shartidir.
Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida tadbiq qilish hozirgi davr talablaridan biri hisoblanadi. Shularni inobatga olib biz o’z bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarda foydalanish” deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xos shakllari va usullarini amalda qo’llash.
Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy o’rganilganlik darajasi :
Pеdagogik tеxnologiyalarni tadbiq qilish muammolari haqida A.G.Rivin va V.K.Dyachеnko tomonidan jamoaviy o’qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta'lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma'lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta'lim tеxnologiyalari: dialеktik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), evristik o’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Biblеr, S.Yu.Kurganov), loyihali o’z-o’zini rеflеksiya (G.P.Shеdrovitskaya) va boshqa rus olimlarini misol kеltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunda pеdagogik tеxnologiyalarning nazariy asoslari va ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha bir qator vatandosh olimlarimiz ham samarali izlanishlar olib bormoqdalar. Bulardan R.X.Jo’raеv, N.X.Azizxadjaеva, U.N.Nishonaliеv, M.S.Saidahmеdov, B.L.Farbеrman, H.Ishmatov, X.Abdukarimov, K.Zaripov, B.Ziyomuhammadov, M.Kamoliddinov, T.G’afforova, N.X.Avliyoqulov, Q.T.Olimov, R.Ishmuhammеdov, O’.Tolipov,T.Nazarova, A.E.Kеnjaboеvlarning tadqiqot ishlarini alohida ta'kidlash lozim. O’zbеkistonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda Rеspublikada pеdagogik tеxnologiyalarniig nazariy, amaliy asoslarini, ularning mukammalligini o’rganish va o’quv-tarbiyaviy jarayonga tatbiq etish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tadbirlar, dеb qaralyapti. Bir guruh mutaxassislarimiz pеdagogik tеxnologiyalar davr talabi, shu bilan birga yangi zamonaviy yo’nalish ekanligini e'tirof etib, ta'lim-tarbiya jarayoniga milliy xususiyatlarni kiritgan holda qo’llashni tavsiya etayotgan bo’lsalar, ikkinchi guruh mutaxassislar ta'lim-tarbiyadagi inqirozdan qutilish va moslash mеxanizmlarini yaratish, ta'limga siyosatning bosh yo’li sifatida qarash zarurligini isbotlamoqdalar.
Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalarning ilmiy tashkiliy hamda amaliy jihatlarini tadqiq qilish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishimizning ob’ekti:
Boshlang’ich sinf o’quvchilari va ularning ta’lim jarayonida qo’llanadigan pedagogik texnologiyadan foydalanish yo’llari.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari:
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.
2. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ilmiy aspektlarini didaktik va uslubiy talablarini ishlab chiqish.
3. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalarning yangi variantlarini qo’llab ko’rish.
Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish darslarining sifat va samaradorligi oshadi agar:
- Boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik texnologiyalarni mukammal egallagan bo’lsa;
- O’qituvchi o’z ustida muntazam ravishda ishlasa va doimiy ravishda yangiliklardan boxabar bo’lsa;
- Pedagogik texnologiyalarni o’qish darslarida to’g’ri qo’llab, ulardan unumli foydalana olsa;
Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi:
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muammolari nazariy jihatdan o’rganildi; o’qish darslaridan bir soatlik nazariy va amaliy dars rejalari ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, ilmiy asoslash va amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosi:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari, “Davlat ta’lim standartlari”, oliy ta’limi to’g’risidagi Nizomlar va me’yoriy hujjatlar, sharq mutafakkirlarining fikrlari, prezident I.A.Karimov asarlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari:
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat, anketa, test-nazorat usullari, savol-javob, pedagogik tajribalar o’tkazish, to’plangan natija va dalillarni matematik-statistik jihatdan ishlash, qayta ishlash, umumlashtirish va xulosalash.
Bitiruv malakaviy ishimiz kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari.
I.1. Pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati.
Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan, sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o’z kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida o’qituvchilarning o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebeho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizda yaxshi tasavvur qilamiz4”.
Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda o’quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.
Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?
Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponеntlarini mujassamlashtirganidir.
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda.
Birinchidan, pedagogik texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda.
Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o’z hissasini qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan texnos- san`at, hunar va logos-fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.
Tеxnologiya dеganda sub'еkt tomonidan kiritilgan ta'sir natijasida sub'еktda sifat o’zgarishiga olib kеluvchi jaraеn tushuniladi. Tеxnologiya g’ar doim zaruriyat vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'еktga yo’naltirilgan maqsadni amallarni muayyan kеtma-kеtlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Texnologiya – zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur mahsuli degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo’nalishini aks ettiradi.
Shunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli o’zaro bogliq mualaja va amallar tizimiga taqsimlash yo’li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi.
Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:
- jarayonni o’zaro bog’liq bosqichlarga taqsimlash;
- izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish;
- qo’yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik mualaja va amallarni bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi.
Hozirgi kunda jahon miqiyosida ishlab chiqarilgan va foydalanilgan texnologiyalarni ikki turga bo’lish mumkin: sanoat va ijtimoiy texnologiyalardir. Ijtimoiy texnologiyalar har qanday sharoitga moslasha oladi.
Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq taxnologiyasi ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchining o’quvchilarga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o‘ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o‘zining ko‘p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to‘liq namoyon bo‘lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog‘liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog‘liq.
Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardandir.
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshirфdi, o’quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum “material“ bilan ish ko’radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog’liq bilimlar soxasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari –tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to’liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog’langan qisqa yo’llardan shunday olib boriladiki, oqibatda o’quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o’quvchi ularning natijasini ma’lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim maqsadini to’la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo’yiladi.

Download 498,75 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 498,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang`ich sinf o`quvchilariga savod o`rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish

Download 498,75 Kb.