Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy vositalarining




Download 498,75 Kb.
bet31/32
Sana20.06.2024
Hajmi498,75 Kb.
#264765
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org

3. Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy vositalarining

tutgan o’rni
Bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish, davrida savod o’rgatish darslarini to’g’ri tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Analitik-sintetiktovush metodida o’qish va yozish darslari bir vaqtda, parallel olib boriladi. Bir soatda tovush-harf o’rganilsa, keyingi darsda o’sha tovushni ifodalovchi harfning yozilishi o’rgatiladi,; har ikki turdagi darsni to’g’ri tahlil qilish uchun quydagilarga e’tibor beriladi;
1.Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berilib, uni so’nggi yutuqlar bilan to’ldirib borish.
2. O’quvchilarni yosh va fizialogik jihatlariga e’tibor berish.
3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish ishlarini keng qo’llash.
4. O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor birish.
5.Alifbo va unga qo’shimcha materillardan unimli foydalanish.
Savod o’rgatish jarayoni o’qituvchi uchun ham, oquvchi uchun ham g’oyat ma’suliyatli davr bo’lib ulardan kuch, g’ayratni, bilmni talab etadi.
Bu davrdagi darslar qanchalik qiziqarli va ta’sirli tashkil qilinsa bolaning savodini chiqarish shunchalik oson kechadi, ularning o’qishni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Buning uchun mualimlar bolada motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. Motiv kishini biror ish harakatga undovchi, da’vat, turtki,. Motiv boladabilim olish ishtiyoqini va qiziqish uyg’otadi. O’qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan holi bo’lmaydi.
Motiv hosil qilishga ta’limiy o’yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 6-7 yoshlibolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib bolalar jiddiy sinov turadi. Bola yangi jamoa-maktab jamoasiga kirib boradi, endi shu jamoaning asosi ekaninni his etishga intizomga yangi sharoitiga moslashishiga majbur bo’ladi.
Bola kichkina bo’lishga qaramay uni bajaradigan ishlari ko’p. Bular maktab, o’qis, uy vazifalarini bajarish, murakkab vazifalarnibajarish va boshqalar.
Muhimi o’yindan maktabga, kundalik majburiy va uzoq mehnatga o’tish bola hayotida tub burilishdir. Buning o’zi bo’lmaydi; hatti maktabgacha tarbiya muassasalaridan bolalarga ham bu oson emas. Uydan maktabga kelgan bolalar uvhun yana ham qiyindir. Ayniqsa 40-45 minutlik darsda o’tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi bola o’qishida maktabdan sovushi mumkin.
Shuning uchun ham o’qituvchilarbola faoliyatini qiziqarli tashkil etishga intilishlari motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim.
Motiv o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Uni bolalar yoshica psixalocik xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositalariga nazariy bo’limlar oson egallanadi; o’quvchilarning bilim olishda qiziqishlari ortadi.
Ta’limiy o’yinlarni savod o’rgatish davrida maqsadga muvofiq ravishda va uyishtirish endigina o’qishni, yozishni o’rganayotgan bolalarga diqqatlarini asosiy maqsaqga qaratgan holda qiziqarli ish bilan band bo’lishillarini ta’minlaydi. Shunng uchun ham savod o’rgatish jarayonida ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir.
O’yinlar oddiy jismoniy harakatdangina iborat bo’lmay ma’lum ohang,ritm, badiiy so’z, sujed, kompozitsiyalarga ega bo’lgan bolalarning moddiy mashg’ulotidir-“dir”
Bolalar yoshligidan o’yinlarga ko’nikma hosil qiladilar va mundane o’zlariga estetik zavq oladilar, uni yordamida aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Bu borada xalq og’zaki ijodi, salmoqli hissa qo’shadi. Bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, haraktiri, noetikasi, ishtirokchilarning hatti-haraklari shu xalqning mehnat va milliy tradissiyalai bilan, turmush kechirish sharoitlari, geografik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablardan rivojlanadi. Sinchiklfb qaralsa, bola o’yinida kattalarning xulqi odatlari, mehnat qilish usullari, turmushda ko’zda tutgan maqsadlarning harakteri belgilari ko’rinib turadi. Cho’pon bolsining o’yinlari ma’lum ma’noda cho’ponning kasbini eslatadi desak, xato bo’lmaydi. Qizlar esa aksariyat onalarning uydagi mashg’ulotlarini takrorlaydilar.
Bugungi bolaning orzusi;
Injener bo’lish, ospono’par binolar, havo kemalari qurish, dengiz-okeanlarning sirini bilish, ularning ixtiyorida turli hil kitoblar, konstruktorlik o’yinchoqlari, o’yinlar gimnastika, futbol, hokkey, tennis,boks,shahmat-shashka,turist bo’lib
tog’larga, vodiylarga, uzoq shaharlarga boorish va shunga o’xshaganlari, bularning hammasi bolaning ertangi taqdirida, tanlaydigan kasb va hunarida ijobiy iz qoldirishiturgan gap.
O’zbeklar va ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy o’yinlari haqidagi dastlaki ma’lumotlar bizgacha 11-asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnagrafik Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atu turk “ kitobi orqali yetib keldi. Devon muallifi O’rta osiyo hudidida yashaydigan qabila va xalqlarning milliy tillariga, ayrim so’zlariga izoh berish orqali kishilarning mashg’ulotlarini va hatto bolalarining o’yinlarigacha tilga olgan, ularning qoidalariga ta’rif beradi.
Devondan bir misol keltiraman; Mo’ko’z-mo’ko’z bir xil bolalar o’yini shunday”bolalar tiz cho’kib,dengiz labida o’tiradilar. Sonlari orasida ho’l qush solib to’ldiradilar. Ulardan biri ona boshisi moko’z-moko’z deydi. Qolganlari namoko’z nimaning mo’ngusi (shoxi) deb so’raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. So’ng onaboshi shu nomlar orasidan tuya, eshak kabi shoxi yo’q hayvonlar ismini aytib chalg’itadi.
Bolalarning o’yin tanlashdagi didi o’zgarmoqda. Endi bolalarimiz jamoa bo’lib, ahillik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, bilan g’alabani qo’lga kiritib bo’ladigan chaqqonlik, dovyuraklikni talab qiladigan o’yinlarni o’ynashmoqda. O’yinlarda vatanparvarlik ruhi yaqqol ko’rina boshladi. O’yin shartlarida boshlash, tomomlash, jazo, mukofot ham o’zgarishiga uchradi. Bu o’zgarishlari bilan, bolalar o’yin terminalogiyasi, milliy so’zlar hisobiga boyimoqda.
O’yinlar xalq bilim va tajribasining bitmas-tuganmas xazinasidir. Bu xazinani saqlovchilari esa xalqi bolalar o’yinlari materiallarini asosida shu o’yinlaridagi folklor elementlarini tutgan o’rnini aniqlash muhimdir, jumladan, o’yinlar savod o’rgatish davri o’qish darslarida amalga oshirishda muhim ta’limiy ahmiyatga ega savod o’rgatish o’qish darslarida amalgam ashirish bolani ortiqcha jismoniy zo’riqishdan saqlaydi, ulardan o’z kuchiga ishonch tuyg’usiniuyg’otadi. Savod
o’rgatishda bajariladigan analitik va sintetik mashqlarni ham o’yin tarzida amalgam oshorishlozim. Bu ning zarur o’quv materiallari bor ularning ayrimlarini o’qituvchining o’zi ota onalar bilan birgalikda tayyorlaydi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutq tovushlari,harflar bilan am’aliy tanishibgina qolmay bo’g’inlardan so’z tuzish, so’z va qisqa gaplarni o’qish hamda yozishni o’rganadilar.O’quv chilrda birinchi sinfdayoq unli va undosh tovushlarni bir-biridan ajratish, o’xshash undoshlar va ularning harfiy aniqlash yondoshgan unlilarni shuningdek, tovush va bo’g’in tahlili gap tuzish bilan aloqador bo’lgan lug’at imloga doir ishlar, talaffuzdan tushib qoladigan undoshlar, qator keladigan unli va undoshoid imlo ko’ni
ko’nikmalarini o’stirib boriladi. O’quvchilarning nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz etishga, so’zni o’rinli va to’g’ri ishlatishga gap va bog’lanishli nutqqa to’g’ri tuzishga, ular orasida erishish uchun oqituvchi dars davomida qiziqarli o’yinlarining xilma-xil usullaridan foydalanish zarur.
Savod o’rgatish davrida asosiy metod analitik-sintetik metodidir. Qiziqarli o’yinlar shu metodga asoslangan bo’lishi lozim. Qiziqarla o’yinlar 3-5 minut davom etishi munkin. 1- o’yin bu bo’g’in ko’chirishga doir. Bunda o’qituvchi tomonidan tuzilgan “Bo’g’in jadvali” dan hohlagan bo’g’in ko’rsatiladi.O’quvchilar shu bo’g’inni kesma bo’gindan tuzadilar. Ikkinchi bo’g'inni tuzadilar.
Masalan: Lo-la, Sho-kir, Sho-di . Bu o’yin o’quvchilarning bo’g’indan so’zlar tuzish va bo’g’in ko’chirish qoidalarini o’zlashtirishga yordam beradi. 2-o’yin O’qituvchi istalgan unli harfni ko’rsatadi. O’quvchilar shu unli tovushga bog’lanadigan tovush topib og’zaki ravishda so’z yasaydilar.O’qituvchi o’quvchilar tuzgan so’zlarni doskaga yozib beradi.
Masalan:

yin shik


tin tik

O’ qi E lak


tir kin
Bu o’yinlar o’quvchilarning so’zni to’g’ri yozish talaffuz qilishlariga yordam beradi. 3-o’yin, O’qituvchi narsa rasmlaridan 3-4 tasini doskaga ilib, birinchi bo’g’inni o’zi aytad. Ikkinchi bo’g’inni hohlagan o’quvchilardan so’raydi.
Masalan: sab-zi ; qo-shiq ; qa-lam, doskaga istalgan so’zini yozadi, o’quvchilar o’qiydilar. O’quvchilarga ko’zlarini yumub turushlarini buyuriladi. O’qituvchi esa so’zdagi bir harfni almashtirib, so’ning ma’nosini o’zgartiradi.Qo’l ko’targan o’quvchiga o’qitiladi. Bu hol bir necha bor takrorlanadi.
5-o’yin, O’quvchilarga tanish bo’lgan narsa rasmlardan o’qituvchi o’quvchilarga bir donadan beradi. O’quvchilar shu narsa nomini bildirgan so’zni bo’g’inga bo’lib, daftarlariga yozadilar. Masalan:
Olma.

O’qituvchi so’ni bo’g’inga to’g’ri ajratgan o’quvchilarni rag’batlantiradi.


6-o’yin, O’qituvchi har bir qator partadan bittadan o’quvchini doska oldiga chiqarib, kesma harflardan bittadan harf beradi. Harf olgan o’quvchilarning qaysi biri so’z boshida shu harf keladigan 3 ta so’z topib doskaga chiroyli qilib yozsa, shu-shu o’quvchi g’olib chiqadi.
“A” “B” “S’
Ali bolta Soli
A’zam Baxtiyor Sobir
Adham baliq Soat



Download 498,75 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 498,75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Savod o’rgatish jarayonida ta’limiy vositalarining

Download 498,75 Kb.