|
Interfaol usullardan foydaJanib dars o'tishda
|
bet | 30/32 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 498,75 Kb. | | #264765 |
Bog'liq Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.orgInterfaol usullardan foydaJanib dars o'tishda:
O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
Guruhlarga bo'lishda o'quvchilarga "tazyiq" ko'rsatmang.
Har qanday sharoitda ham guruhlar bilan iliq munosabatda bo'ling. guruh a'zolarini kuzating.
Jamoa bo'lib o'rganish yoki muhokama vaqtidagi shovqinga ko'nikish uchun tayyorgarlik ko'ring. Baholash va mukofotlash tizimingiz guruhlar ishlariga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida o'ylab ko'ring. Muvaffaqiyatli guruh ish uchun guruhga mukofat tayyorlang (imkon darajasida). Guruhlar uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. boshqa guruhlarda nisbatan vazifasini ertaroq bergan guruhni band qilish yo'llarini o'ylab ko'rig. Mustaqil fikr va g'oyni olqishlang.
Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi: o'quvchilarda hozirjavoblik, hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga «Asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan iboratdir. Hozirda keng qo'llanib kelayotgan, metodlardan biri bu "Klaster" metodi ham o'quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoyt yaratishga yordam beradi. Bunda o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Masalan doskaga O’zbekiston so’zi yoziladi va doira ichiga olinadi. Bolala turli fikrlar bildiradi va doira atrofiga yozishadi
O’zbek
12 ta viloyat
Vatan
Prezident
O’zbekiston
Mustaqil
Gerb
Poytaxt Toshkent
Bayroq
Madhiya
“Kim – qayerda?” usuli
Kim – qayerda usuli barcha fanlarda qo’llanilishi mumkin. Bunda o’quvchilar 30 – 40 nafarni tashkil etsa – o’tirgan joylarida 20 – 25 nafarni tashkil qilsa doska oldida doira shaklida turib olib bajarsa ham bo’ladi. Buning uchun hamma o’quvchilar ko’zlarini yumib turadilar, o’qituvchi o’quvchilarning har birini orqasiga ma’lum bir yozuvlarni yopishtirib qo’yadi. Ushbu yozuvlarni umumlashtiruvchi so’zlar xona devorlariga ilib qo’yiladi. Ko’zlarini ochishga ruhsat berilgandan so’ng, gapirish ta’qiqlanadi. Ana endi o’quvchilar gapirmasdan, o’zlarining orqalariga qanday yozuv ilinganligini bilmasdan xonaning qaysidir tomonidan o’ziga joy topishi kerak bo’ladi. O’quvchilar gapirmasdan bir – biriga yordam berib joylarini topishadi.
Men o'z tajribamdan darslarda qo'llagan usullar haqida so'zlab bermoqchiman
1 sinf ona-tili darslarida alifbo mavzusini quyidagicha o'tkazaman: Buning uchun alifbodagi xarflar aloxida qilib kesib olinadi va konvertga solib xar bir guruhg$ beriladi. Guruh qatnashchilari Convert ichidagi xarflarni partaga yoyib, so'ng bir chekkadan tartib bilan yig'ishlari kerak. Boshqa guruhlarga nisbatan ishni oldinroq yakunlagan guruhga quyidagi qo'shimcha vazifalarni berish mumkin.
Qo'shimcha topshiriqlar:
1. Unli tovushlarni aloxida yig'ing.
2. Undosh tovushlarni aloxida yig'ing.
3. Ismingizni yig'ishga xarakat qiling.
4. Yig'ilgan so'zlarni bo'g'inga ajrating.
Berilgan barcha topshiriqlar daftarga yozilishi kerak. Hamma vazifalar bajarib bo'linganidan so'ng guruhlar nima ish bilan shug'ullanganliklari va nimalarni bilib olganliklari so'raladi va umumlashtiriladi.
So'ng uyga vazifa beraman. Xarf yozilgan varaqlarni o'quvchilarga tarqataman. Uyga shu xarfga so'zlar yozib kelishadi, keyingi darsda esa bu varaqlar doskada alifbo tartibida yopishtiriladi, muxokama qilinadi.
|
| |