|
BoshqarmasiBog'liq Dars ishlanma Buriboyev Rustam Darsning maqsadlari .
Ta’limiy : O’quvchilarga frontal dimetriya proyeksiyalarini nafaqat qog’ozga balki
3d grafik dasturlarda ham yasashni o’rgatish
FK1: Frontal dimetriyaga oid terminlarni mustahkamlash
Tarbiyaviy : O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
TK2: Mavjud kompyuter uskunalarda unumli foydalanish
Rivojlantiruvchi : O’quvchilarning mustaqil fikrlash va hozirjavoblik malakasini
oshirish
FK2: Uchta proyeksiya yordamida detalning frontal dimetriyasini bosqichma-bosqich
chizishni o`rgatish.
Minimal talablar – O’quvchilar geometrik jismlarning proyeksiyalarini tekisliklarda
hosil qilish yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim .
Dars turi( tipi) : Yangi bilimlar o’zlashtirish .
Dars metodi : Guruhlarda ishlash , test , venn diagrammasi , ta’limiy o’yinlar,
mustaqil ish ,.
Dars jihozi : Kompyuter , proyektor ekran , ko’rgazmalar , modellar , darslik .
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar.
◼
Frontal dimetriya.
◼
Geometrik jismlar.
◼
Proyeksiya tekisliklari.
◼
Koordinata o`qlari.
◼
Frontal proyeksiya.
◼
Parallel proyeksiyalash.
◼
Tekis chizmalar
Dars rejasi .
1. Tashkiliy qism ( 5 daqiqa
2. Uyga vazifani so’rash ( 5 daqiqa )
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash ( 5 daqiqa )
4. Yangi mavzuni bayoni ( 15 daqiqa )
5. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 10 daqiqa )
6. O’quvchilarni rag’batlantirish , baholash ( 3 daqiqa )
7. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa )
Darsning borishi .
I .Tashkiliy qism :
1. Salomlashish .
2. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish .
3. O`quvchilaga bugungi kunda bo`layotgan voqeani yetkazish
Darsning kirish qismida yangilik, motivatsion so’zlar yoki faktlar bilan boshlaymiz
Bozor iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatlardan biri Amerika Qo’shma Shtatidagi
frilanser kasbini ahamiyati ko’rib chiqamiz. 2022-yil yakuni bo’yicha AQShda umumiy
ishchilarning 36% ya’ni 70.4 million kishi frilanser bo’lib ishlaydi.
1
1-rasm. AQSHda eng zamonaviy kasblar raqamlarda.
2-rasm. Frilanserning ma’lumot darajasi 3-rasm. Chizmachilik frilanser kasbida yetakchi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni frilanser va chizmachilik fani bir-biri bilan bog’liq ekanligi
ko’rsatilgan. Bu ma’lumot kelajak kasbi bo’lgan frilanser kasbining o’quvchilarda
qiziqish uyg’otish uchun beriladi. Chunki hozirda maktablarda kasbga yo’naltirish
dolzarb bo’lmoqda.
1
https://www.zippia.com/advice/how-many-freelancers-in-the-us/
|
| |