10
1-MAVZU:
Atom tarkibidagi elektronlarning pog‘ona va pog‘onachalarga
joylashishi. Elektron (s, p, d elementlar misolida)
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy:
8-9-sinflarda kimyoviy elementlarning atom tuzilishi bo‘yicha olingan
bilimlarni umumlashtirish. S,p,d-elementlar atom tuzilishidagi o‘xshashlik va
farqlarni tahlil qilish. Elementlarning turli valentliklar namoyish etish hodisasini
electron ko‘chish hodisasi orqali izohlash.
IXK1- Kimyoviy tushuncha va
atamalarni
tushinish-
Anorganik
kimyo
kursining
asosiy
qonuniyatlari,
nazariyalari va element atomlarining tuzilishi va xossalariga oid bilimlarni biladi,
tushunadi va tushuntira oladi;
b) Tarbiyaviy:
Olingan bilimlarni takrorlash orqali xotirani chiniqtirish. Elektron
konfiguratsiyalarni tartib bilan yozishga o‘rgatish orqali estetik tarbiya berish.
TK2-
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi-
media manbalardan zarur
ma’lumotlarni izlab topa olish. Axborot xavfsizliiga e’tibor berishga o‘rgatish.
o‘rganilgan bilimlar asosida hisoblashlarni bilish.
c) Rivojlantiruvchi:
Atom tuzilishi yuzasidan bilimlarni rivojlantirish.
TK3-
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi-
kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil
ravishda oshirib borish.
Dars turi:
yangi bilim beruvchi
Dars uslubi:
suhbat, munozara, test, elektron videorolik namoyishi