Boshqarmasi




Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/182
Sana13.01.2024
Hajmi4,97 Mb.
#136263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
1674214624 11-sinf Kimyo (o\'qituvchilar uchun qo\'llanma)

Shavkat Mirziyoyev 
Kirish 
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga muvofiq har 
bir ta’lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar zimmasiga ta’lim-
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini 
amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-
hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida 
o‘z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barkamol shaxsni 
tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini 
singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu 
vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim 
texnologiyalardan foydalanish bilan uzviy ravishda bog‘liq. Ushbu qo‘llanmada 
fan dasturiga muvofiq kimyoni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, ularning 
mazmuni, qo‘llanilishi va o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish mazmuniga 
alohida e’tibor qaratilgan. Qo‘llanma kimyo o‘qituvchilarining kasbiy 
tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda kimyoni 
o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan 
metodik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida 
kimyodan ta’lim mazmunini loyihalashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirishga 
yordam beradi.
Qo‘llanma 11-sinf darsligi asosida tuzilgan bo‘lib, mavzular o‘quvchilarga 
qiziqarli bo‘lishi va mavzular o‘quvchilar tomonidan oson o‘zlashtirilishi uchun 



zamonaviy 
metodlardan 
foydalanilgan. 
Qo‘llanma 
o‘rta maktablarning 
o‘qituvchilari, kimyo faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek 
qo‘llanmada masalalar yechishning oson usullari berilgan bo‘lib undan iqtidorli 
o‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish tavsiya etiladi. 
Qo‘llanmadagi topshiriqlar o‘quvchilarni mantiqiy, tanqidiy va tahliliy fikrlashga 
undaydi. Qo‘llanmaga kiritilgan masalalar oddiydan murakkabga tomon 
yo‘naltirilgan holda joylashtirilgan, o‘xshash masalalarning namunalari yechimlari 
bilan berilgan. Ushbu qo‘llanmada maktab bitiruvchilarida shakllanishi lozim 
bo‘lgan tayanch va fanga oid kompetensiyalar ko‘rsatib o‘tilganligi, o‘quvchilarni 
olgan bilimlarini kundalik turmushda qo‘llashiga imkon yaratadi. 

Download 4,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish